Kesish kuchi asbobning yuzalaridan biri bo‟ylab va kesish kuchlanishi hosil qiladi, bunda ham
qirindi hosil bo‟lmaydi.
Qirindi ajratish
.
Bunda kesish jarayoni har xil kesuvchi asboblar yordamida
zagatovka sirtida materialning ma„lum qatlamini qirindi tarzida ajratib olishdan iborat (39-
rasm).
2. Keskich, uning qismlari va elementlari
Keskich metall ishlash sanoatida eng ko‟p tarqalgan asbobdir. Keskichlar bajariladigan ish
turiga qarab, xilma-xil stanoklarda detallar ishlashga foydalaniladi.
Nazariya va tajribalarga asoslanib, keskich tig‟i burchaklarining optimal qiymatlari va tig‟ning
shakli topilgan. Keskich kallak va tana qismlardan iborat (40- rasm) bo‟lib, kallak
qismining elementlari 40 - rasmda ko‟rsatilagn.
40-rasm. Kesish jarayoni har xil kesuvchi asboblar yordamida zagatovka sirtida materialning
ma„lum qatlamini qirindi tarzida ajratib olish.
41-rasm. Keskich yuzalari.
Surish yo‟nalishiga ko‟ra keskichlar o‟naqay va chapaqay turlarga bo‟linadi.
Keskichning planda va yon tomondan ko‟rinishida uning o‟qi to‟g‟ri chiziq bo‟lsa, bunday
keskich
to‟g‟ri keskich
deyiladi. Planda o‟qi egri chiziq bo‟lgan keskichlar
qayirma keskichlar
deb ataladi. Yon ko‟rinishida o‟qi egri chiziqdan iborat bo‟lgan keskichlar egri chiziqlar
deyiladi. Kallagi tanasidan egik bo‟lgan keskichlar
cho‟ziq kallakli keskichlar
deb ataladi.
Ishlanayotgan yuzadan keskich kirindi yo‟nayotganda bu zagatovkada quyidagi yuzalar bo‟ladi
(41-rasm):
Ishalanayotgan yuza
- qirindi yo’nilayotgan yuza;
Dostları ilə paylaş: