О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Metallarnii kavsharlash
Metall buyumlarni kavshar deb ataluvchi oraliq metall bilan ajralmaydgan qilib 
biriktirish 
jarayoni 
kavsharlash
deb ataladi. 
Kavsharlarning suyuqlanish harorati 
kavsharlanuvchi metall haroratidan ancha past bo‟ladi. Chok puxtaligi kavsharlanuvchi asosiy 
metall bilan kavsharning o‟zaro diffuziuyanlashiga bog‟liq. 
Sifatli choklar olish uchun kavsharlanuvchi yuzalar egov, shaber yoki jilvir qog‟oz bilan 
yaxshilab tozalanadi. Keyin ular bir-biriga moslab olinadi-da, ular oralig‟iga kavshar o‟tishi 
uchun 0,05-0,15 mm chamasida zazor (tirqish) qoldiriladi. Biriktiriladigan joylarni 
oksidlanishdan saqlash maqsadida bu yuzalar flyus bilan qoplanadi. Keyin esa kavshar 
suyuqlanish haroratigacha qizdirilganda u suyuqlnib kavsharlanuvchi buyum bo‟shliqlarni 
to‟ldiradi, qotgandan keyin ajralmaydigan birikma hosil qiladi. 


Kavsharlar xossalariga ko‟ra yumshoq va qattiq kavsharlarga bo‟linadi: 
a)
Yumshoq kavsharlar
. Yumshoq kavsharlar (qalay, qurg‟oshin, vismut, kadmiy) ning 
suyuqlanish harorati 400-500

C dan ortmaydi. Bu kavsharlardan, odatda, turli idishlar, baklar, 
rezarvuarlar, radielektrotexnikada turli simlarni ulashda foydalaniladi. Bunda hosil bo‟ladigan 
chok u qadar puxta bo‟lmaydi, chokning cho‟zilishga puxtaligi 5-7 kG/mm
2
. 200
0
C dan ortiq 
qizdirilmaydigan uzellardagina kavsharlashdan foydalanish mumkin. 
b)
Qattiq kavsharlar.
Qattiq kavsharlar (mis, kumush) ning suyuqlanish haroratlari 450-
500
0
C dan ortiq bo‟ladi. Bu kavsharlardan odatda, keskich asboblarining qattiq qotishma 
plastinkalarini, truboprovodlarni, velosiped ramalarini kavsharlashda foydalaniladi. Bu usulda 
olingan chokning cho‟zilishiga puxtaligi 50 kg/mm
2
gacha yetadi. 
Kavsharlashda ishlatiladigan asosiy asbob payalnik (kovya) bo‟lib, uning o‟lchami va shakli 
kavsharlanadigan detal o‟lchamiga bog‟liq . 
Yumshoq kavsharlashda elektr payarlniklardan foydalanilsa, qattiq kavsharlar bilan 
kavsharlashda benzin, gaz alangasida qizdiriluvchi turli konstruksiyadagi poyalniklardan 
foydalaniladi. Ba'zida kavsharlash joylarini qizdirish va kovsharni suyuqlantirish uchun elektrik 
alangali pechlardan ham foydalaniladi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin