mumkin.
Lazer yordamida payvandlash. Bu usulda payvandlashda issiqlik manbai sifatida
energiya zichligi yuqori (10
7
-10
8
Vt/sm
2
gacha) bo‟lgan issiqlik manbai bo‟lgan lazer nuridan
foydalaniladi. Lazer nuri bilan yorug‟lik o‟tkazadigan istalgan muhitda (havoda, vakumda,
unert gazlarda) materiallarga ishlov berish mumkin. Lazer nuridan asbobsozlikda qalinligi
millimetrning undan bir ulishiga teng kichik gabaritli detallrni payvandlashda foalaniladi.
Diffuzion usulda payvandlash. Bu usulda oddiy payvandlash usullari bilan biriktirish
qiyin bo‟lgan yoki umuman mumkin bo‟lmagan holda, masalan, po‟latni niobiy, tutan, cho‟yan,
volfram, metal-keramika bilan, oltinni bronza bilan, metallarni shisha, grafit bilan biriktirishda
foydalaniladi. Payvandlash jarayonida qattiq holda bo‟lgan va suyuqlanish haroratidan pastroq
haroratgacha qizdirilgan materiallarning bir-biriga tegib turgan sirtlarida atomlarning o‟zaro
diffuziyanlanish ruy beradi. Sirtlarning bir-biriga tegib turgan haqiqiy yuzalari sathini
kattalashtirish uchun kerakli bosim mexanik, pnevmatik va boshqa qurilmalar bilan hosil
qiliniladi. Ko‟pincha diffuzion usulda payvandlash vakuumda bajariladi.
Ultratovush bilan payvandlash. Payvandlanadigan sirtlar yog‟sizlantiriladi,
payvandlanadigan joylari o‟zaro qisiladi, so‟ngra maxsus asbob yordamida tebranish chastotasi
15-70 kGk bo‟lgan ultratovish beriladi. Bitta sirtning ikkinchi sirtga ishqalanishi natijasida
kontakt yuzasi bo‟ylab issiqlik ajralib chiqadi, metall plastik diffuziyanlanadi, yuzalar
atomlararo kuch ta‟sir qiladigan oraliqda yaqinlashtirilsa, mustahkam bog‟lanish yuzaga keladi.
Payvandlash maxsus qurilmalarda 1-3 s davomida bajariladi.