materiallarni kesib ishlash jarayoni o‟rganila boshlandi. Bu borada rus olimlaridan
I.A.Timening ishlari alohida o‟rin tutadi. U, 1870 yilda nashr etilgan asarida («Soprativlenie
metallov i dereva rezaniyu») materiallarni kesib ishlashda qirindining ajralish qonuniyatini
tushuntirdi. 1893 yilda K.A.Zvorikin kesish kuchini o‟lchovchi gidravlik dinamometr yaratdi.
Buyuk sarkardalardan A.Temur va Z.M.Bobur davrida ham to‟p otuvchi
zambaraklar tayyorlashda kesish usullaridan foydalanishgan.
1912 yilda Ya.G.Usachev kesish jarayonida keskichning turli joylardagi haroratini termopara
yordamida o‟lchadi va strukturalarini o‟rgandi.
Hozirda mustaqil O‟zbekistonimizning mashinasozlik zavodlarida (Navoiy shahrida)
har xil stanoklar ilg‟or texnologiya bo‟yicha tuzilgan dastur asosida boshqariladigan, yarim
avtomatikaviy va avtomatik ishlaydigan turli xil stanoklarni ishlab chiqarish yo‟lga qo‟yildi.
Kesish jarayonidagi elektorofizik, fizik-kimyoviy va mexanik jarayonlarni o‟rganish natijasida
elektroerrozion, elektr – kimyoviy, ultratovush yordamida va boshqa ishlov berish usullari
yaratildi va natijada juda qattiq materiallarni tegishli darajada ishlashga erishildi.
2. Kesish jarayoning turlari
Kesish jarayonining asosiy uchta turi bor.
Kesib ajratish
.
Kesish jarayonining bu turi pona shaklidagi asbob bilan bajariladi,
bunda material ikki bo‟lakka bo‟linadi (37-rasm).
Ta„sir ettiriladigan kuch kesuvchi asbob tanasidan o‟tib, o‟tkirlik burchagi β ni teng
ikkiga bo‟ladi.
37-rasm. Kesish jarayonini pona shaklidagi asbob bilan ikki bo‟lakka bo‟lish.
38-rasm. Kesish jarayonini ikkita kesish asbobi yordamida ikkita bo‟lakka bo‟lish.
Dostları ilə paylaş: