Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q
5-Mavzu: Legirlangan po’latlar Reja: 1 . Legirlovchi elementlarning pо‟lat strukturasiga va xossalariga ta„siri;
2. Legirlangan pо‟latlarning turlanishi va markalanishi;
3. Legirlangan konstruktsion pо‟latlar;
4. Legirlangan asbobsozlik pо‟latlari
. Tayanch iboralar: legirlangan pо‟latlar; austenitli, ferrit-austenitli va ferritli pо‟latlar;
xromli, marganesli, xrom-marganesli. Xrom nikelli konstruktsion legirlangan pо‟latlar; alohida
xossali asbobsozlik pо‟latlari: korroziyabardosh, olovbardosh va issiqbardosh pо‟latlar.
Legirlovchi elementlarning pо’lat strukturasiga va xossalariga ta‘siri Agar po‟lat tarkibida ugleroddan tashqari boshqa elementlar ham mavjud bo‟lsa, Fe-
Fe
3
C digrammasidagi faza o‟zgarish chiziqlari o‟zgaradi. Ferrit, austenit, sementit fazalaridagi
uglerodning erishi va ularning muvozanat harorati turlicha bo‟ladi. Demak, qotishmaga o‟zga
qo‟shimchalar qo‟shib, struktura o‟zgarishlariga erishish orqali po‟lat xossalarini boshqarish
mumkin. Bunday maqsadda qo‟shiladigan qo‟shimchalarni
legirlovchi elementlar ,
qotishmalarni esa
legirlangan po’latlar deyiladi. Po‟lat ishlab chiqarish amaliyotida legirlovchi
elementlar sifatida Cr, Mo, Co, Ni, V, Ti, W, Zr, Nb, Mn va Si kabi elementlar qo‟llaniladi, ular
po‟latning fizik, mexanik va texnologik xossalarini yaxshilaydi.
Legirlovchi elementlar po‟lat polimorfizmiga ham ta‟sir qiladi. Polimorf o‟zgarish
harorati temirda erigan elementlarning xususiyati va miqdoriga bog‟liq bo‟ladi.
Legirlangan po‟lat uglerodli po‟latda yo‟q xossalarga ega, uglerodli po‟latdagi
kamchiliklar legirlangan po‟latda bo‟lmaydi. Legirlangan po‟latlardan foydalanish metall
sarfini kamaytiradi, buyumning puxtaligi va uzoq muddat ishlashini ta‟minlaydi.
Quyida legirlovchi elementlarning po‟lat xossalariga qanday ta‟sir etishi ko‟rsatilgan:
1.
Xrom – po‟latning qattiqligi, mustahkamligini oshiradi, plastikligini esa ozgina
kamaytiradi. Xrom miqdori 13% dan ortiq bo‟lsa, po‟lat korroziyabardosh bo‟ladfi;
2.
Nikel – po‟latning mustahkamligi, plastikligi, korroziyabardoshligi va zarbga qarshiligini
oshiradi;
3.
Volfram – po‟latning qattiqligi va qizdirilgan holatdagi chidamliligini keskin oshiradi;
4.
Vanadiy – zichligini, mustahkamligini, mayda donli bo‟lishini, zarb ta‟siriga, ishqalanib
yeyilishga, uzilishga qarshiligini oshiradi;
5.
Kobalt – issiqbardoshligini, magnit singdiruvchanligini oshiradi;
6.
Molibden – qizdirilgan holatdagi chidamliligini, elastikligini, yuqori haroratlarda
oksidlanishga qarshiligini oshiradi;
7.
Kremniy - miqdori 1% dan kam bo‟lganda po‟latning plastikligini kamaytirmagan holda
mustahkamligi, egiluvchanligi, kislotabardoshligi va magnit singdiruvchanligini oshiradi;
8.
Marganes – uning 1% va undan ortiq miqdori po‟latning plastikligini kamaytirmagan
holda yeyilishga chidamliligini oshiradi;
9.
Alyuminiy – po‟latning kuyindi hosil bo‟lishga bardoshliligini oshiradi;
10.
Titan – mustahkamligini oshiradi, kristallararo korroziyalanishini kamaytiradi;
11.
Niobiy – korroziyaga qarshiligini va kislotabardoshligini ko‟paytiradi;
12.
Seriy – mustahkamligi va plastikligini oshiradi;
13.
Sirkoniy – mustahkamlik beradi, donalarining mayda bo‟lishiga yordam beradi;
14.
Mis – korroziyalanishini kamaytiradi.