О‘zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyоt instituti


Legirlangan po’latlarning turlari va markalanishi



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/142
tarix07.01.2024
ölçüsü5,01 Kb.
#207067
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142
Αzbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi q

Legirlangan po’latlarning turlari va markalanishi 
Legirlangan pо‟latlar kimyoviy tarkibi, mikrostrukturasi va ishlatilish sohasiga kо‟ra
turlarga bо‟linadi. 
Legirlangan pо‟latlar kimyoviy tarkibidagi legirlovchi elementlar soniga qarab xromli, 
molibdenli, kremniyli, xrom-nikelli, xrom-nikel- molibdenli va h.k. turlarda bо‟linadi. 
Legirlovchi elementlarning miqdoriga kо‟ra kam legirlangan (2,5 % gacha LE), о‟rtacha 
legirlangan (2,5...10 % LE) va kо‟p legirlangan (10 % dan kо‟p LE) pо‟latlar guruhlariga 
bо‟linadi. 
Legirlangan pо‟latlar muvozanat (yumshatilgan) holatidagi va havoda sovitilgandan 
keyingi (normallangan) holatdagi strukturasiga kо‟ra turlanadi. 
Нavoda sovitilgandan keyin hosil bо‟ladigan strukturasiga kо‟ra legirlangan pо‟latlar 
uchta asosiy sinfga (Giye klassifikatsiyasi): perlit, martensit va austenit sinflariga bо‟linadi. 
Muvozanat holatidagi strukturasiga kо‟ra legirlangan pо‟latlar evtektoidgacha bо‟lgan 
(ferrit kо‟proq), evtektoid (perlit) va evtektoiddan keyingi (karbidlar kо‟proq) pо‟lat sinflariga 
bо‟linadi. 
Legirlangan pо‟latlar qanday maqsadlarda ishlatilishiga qarab 
konstruksion 
(mashinasozlik), asbobsozlik
pо‟latlari va 
alohida xossali 
pо‟latlar sinflariga bо‟linadi. 
Кonstruktsion pо‟latlar mashina detallari tayyorlash uchun, asbobsozlik pо‟latlari esa 
kesuvchi, о‟lchov asboblari va shtamp asboblari tayyorlash uchun ishlatiladi. 
Legirlangan po‟latlar tegishli harflar va raqamlar bilan markalanadi. Legirlangan po‟lat 
markasidagi harflar legirlovchi elementlarni, raqamlar esa ularning % hisobidagi miqdorini 
bildiradi. Po‟lat markasida oldin turgan raqamlar shu po‟latning tarkibidagi uglerod miqdorini 
foizning yuzdan bir ulushlari hisobida ifodalaydi, harflardan keyin turgan raqamlar esa shu 
harflar bilan ko‟rsatilgan elementlarning foiz hisobidagi o‟rtacha miqdorini bildiradi. Masalan, 
15X18H22B6M2L markali legirlangan po‟lat 0,15%C; 18%Cr; 22%Ni; 6%W; 2%Mo bo‟lgan 
quymakorlik po‟latidir. Legirlovchi elementning miqdori 1% dan kam bo‟lsa, raqam 
yozilmaydi. Po‟lat tarkibidagi fosfor miqdori 0,03% dan, oltingugurt miqdori ham 0,03% dan 
kamligini, shuningdek, po‟latning yuqori sifatli ekanligini ko‟rsatish uchun shu po‟lat 
markasining oxiriga A harfi yoziladi. 
Ba‟zi hollarda markadagi belgilar sonini kamaytirish uchun GOST dan bir qadar chetga 
chiqiladi. Masalan, tarkibida 1% dan ortiq uglerod bo‟lgan po‟latning markasida shu uglerod 
miqdorini ko‟rsatuvchi raqamlar yozilmaydi. Masalan, X12M – bu po‟lat tarkibida uglerod 
miqdori 1,45 

1,70 %. 
Agar po‟lat markasining oldida ikkita raqam bo‟lsa, uglerodning miqdori foizning 
yuzdan bir ulushi hisobida, bitta raqam bo‟lsa o‟ndan bir ulushi hisobida ekanligini bildiradi. 
Masalan, 9XC – markali legirlangan asbobsozlik po‟latlarida o‟rta hisobda 0,9% uglerod bor. 
Legirlangan po‟lat tarkibidagi uglerod miqdori 0,04% gacha bo‟lsa, po‟lat markasi oldiga ikkita 
nol, 0,04 

0,08% gacha bo‟lganda esa bitta nol yoziladi. Masalan, 00X18H10 markali po‟latda 
uglerod miqdori 0,04% dan kam. 
Legirlangan po‟latni markalashda legirlovchi elementlar quyidagi harflar bilan 
belgilanadi: X – xrom; H – nikel; A – azot; B – volfram; Ф – vanadiy; Г – marganes; П – 
fosfor; Д – mis; Ю – alyuminiy; Ц – sirkoniy; Б – niobiy; E – selen. Bu belgilardan tashqari 
po‟latlarning butun boshli guruhini xarakterlovchi harflar ham qabul qilingan: Ш – sharikli 
podshipnikbop, Е – magnitlanadigan va Э – elektrotexnik.


Standatga kirmagan po‟latlar ЭИ va ЭП harflari va undan keyin qo‟yiladigan 
tartib raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, ЭИ 154, ЭП 398 (bu yerda, Э – zavod nomini, И – 
po‟latning tadqiqiyligini, П – po‟latning sinaluvchan ekanligini bildiradi). 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   142




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin