misol:
for x = 1, 10 do
Dialog.Message("Number", x);
end
misol:
for x = 10, 1, -1 do Dialog.Message("Number", x);
end
misol:
for x = 1, 10 do
Dialog.Message("Number", x); if x == 5 then
break;
end
end
Demak, birinchi misolda x o‘zgaruchining qiymati 1 dan 10 gacha +1 (plyus bir) qadam bilan o‘sib boradi. Qadam qiymati +1 ga teng bo‘lgani uchun u ssenariyda yozilmagan. Ikkinchi misolda esa x o‘zgaruvchining qiymati 10 dan 1 ga qarab –1 (minus bir) qadam bilan kamayib boradi. Uchinchi misolda x o‘zgaruvchining qiymati 1 dan 10 gacha o‘zgarishi mumkinligi ko‘rsatilgan, ammo 5 ga teng bo‘lganda sikl to‘xtaydi.
Shunday qilib, yuqorida keltirilgan barcha nazariy ma’lumotlar va mavjud amaliy tajribalarimiz asosida AutoPlay Media Studio 7.0 dasturida fizika fanidan bitta mavzuni o‘qitish bo‘yicha elektron darslik yaratishga oid amaliy ish jarayonini ko‘rib chiqamiz. Eslatib o‘tamizki, tatbiqiy doiralarda shu elektron darslikning o‘zi multimedia hujjati sifatida qabul qilinishi va foydalanilishi mimkin [9].
Dostları ilə paylaş: |