O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə18/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

ssenariy:


a=10

MyVar=a Dialog.Message("Tekshirish", MyVar)

Bunda a o‘zgaruvchiga 10 qiymati berilyapti, o‘z navbatida a ning qiymati MyVar ga o‘zlashtirilyapti. “Tekshirish” sarlavhali muloqot panelida esa MyVar ning qiymati akslantirlmoqda.

Endi xuddi shu mazmunga ekvivalent bo‘lgan yana ikkita ssenariyni qaraymiz.


  1. ssenariy:


a=10; MyVar=a;

  1. ssenariy:


a=10;

MyVar=a;


Xuddi ssenariylar singari o‘zgaruvchilar ham global yoki lokal bo‘lishi mumkin. O‘zgaruvchilarga nom berishda boshqa dasturlash tizimlaridagi kabi maxsus qoidalarga e’tibor berish lozim.

Nomlari to‘g‘ri qo‘yilgan o‘zgaruvchilar:


a strName

_My_Variable data1 data_1_23 index

bReset nCount.

Nomlari noto‘g‘ri qo‘yilgan o‘zgaruvchilar:


1

1data


%MyValue%

$strData for local

_FirstName+LastName_ User Name.

Ssenariy yozishda zahiraviy kalit solar ham qo‘llaniladi. Quyidagi so‘zlar funksiya nomi va o‘zgaruvchilar uchun ssenariy tarkibida eng ko‘p qo‘llaniladigan zahiraviy kalit so‘zlar hisoblanadi:



and break do else elseif end false for function if in local nil not or repeat return table then true until while

Ssenariy boshida o‘zgaruvchilarni e’lon qilish ularning tiplarini ko‘rsatish shart emas. Chunki AutoPlay sscript tili dinamik xususiyatga ega. Siz o‘zgaruvchi- ni uning qiymati bilan birga e’lon qilishingiz bilan, u avtomatik ravishda bu o‘zga- ruvchining tipini aniqlab oladi. Ammo AutoPlayda umumiy miqyosda ma’lumotlar tipining quyidagi asosiy 6 ta turidan foydalaniladi: number (sonli), string (satrli), nill (nol),boolean (mantiqiy),function (funksional)vatable (jadvalli).

AutoPlayda sonlarni yozishda birmuncha qoidalar mavjud va ular quyida- gicha yozilishi mumkin:

4, 4., .4, 0.4, 4.57e-3, 0.3e12.

Satrli ma’lumotlar bilan ishlaganda o‘zgaruvchiga satriy qiymat berish uchun kerakli simvollar ketma-ketligi qo‘shtirnoq yoki tirnoq ichiga olib yoziladi:
Name = "Joe Blow";

Dialog.Message("Title", "Hello, how are you?"); LastName = 'Blow';


yoki
escaped = "She said \"Talk to the hand,\" and I was all like \"Dude!\"";
Shu holatdagi dastur matniga e’tibor qarataylik:

escaped = "She said \"Talk to the hand,\" and I was all like \"Dude!\"";

Dialog.Message("Title", escaped);
Ssenariy natijasi quyidagicha:


Ssenariyda ko‘rib turganingizdek. teskari og‘ma chiziq satrdagi simvollar ketma-ketligini boshqarishda ishlatiladi va u bir nechta parametrlar bilan birga beriladi, masalan:




\a

-

\b

-

\f

-

\n

-

\r

-

\t

-

\v

-

\\

-

\"

-

\'

-

\[

-

\]

-



bell (signal) backspace

form feed (bir sahifa pastga ko‘chirish) newline (satr oxiri)

carriage return (yangi satrga o‘tkazish) horizontal tab (gorizontal tabulyatsiya) vertical tab (vertikal tabulyatsiya) backslash (teskari og‘ma chiziq) quotation mark (kotirovka belgisi)

apostrophe (apostrof)

left square bracket (kvadrat qavs ochilishi) right square bracket (kvadrat qavs yopilishi)
Endi quyidagi misolni qaraylik:

Lines = "Line one.\nLine two.\nLine three"; Dialog.Message("Here is the String", Lines);


Dastur natijasi esa quyidagicha bo‘ladi:

AutoPlay ssenariysining yana bir ajoyib xususiyati shundaki, unda satriy kattalikni songa va aksincha, sonni satriy kattalikka aylantirish masalasi avtomatik ravishda hal etiladi, masalan:

a = "10" + 1; -- Natijasi: 11

b = "33" * 2; -- Natijasi: 66

yoki:

a = "10+1"; -- Natijasi: "10+1" satriy kattalik



b = "hello" + 1; -- XATO, "hello" songa aylantirilmadi
AutoPlay ssenariysida ishlatiladiga ifodalar va operatorlar ham o‘ziga xos ahamiyatga ega. Quyidagi ifodalarga e’tibor qarataylik:

a = 10;


a = (5 * 1) * 2;

a = 100 / 10;

a = 100 / (2 * 5);
Shuningdek, sonlar ustida matematik amallar ishlatilganda quyidagi arifmetik operatorlardan foydalaniladi:

+ (addition – qo‘shish)

- (subtraction – ayirish)

* (multiplication – ko‘paytirish)

/ (division – bo‘lish)

unary - (negation – ishorasini almashtirish)


Masalan:

a = 5 + 2;

b = a * 100; twentythreepercent = 23 / 100;

neg = -29; pos = -neg;

Shuningdek, sonlar ustida taqqoslash amallari ham bajariladi. Ular uchun quyidagi operatorlar ishlatiladi:

> (greater-than – katta)



< (less-than – kichik)

<= (less-than or equal to – kichik yoki teng)

>= (greater than or equal to – katta yoki teng)

~= (not equal to – teng emas)

== (equal – teng)

Mantiqiy ifodalar ustida mantiqiy amallar bajariladi va ularnng natijalari ham mantiqiy tipda bo‘ladi. Mantiqiy ifodalar ustida amallar bajarilishi uchun mantiqiy operatorlar ishlatiladi:

and (only true if both values are true – rost, agar ikkala qiymat ham rost bo‘lsa)

or (true if either value is true – rost, agar ikkala qiymatdan biri rost bo‘lsa)

not (returns the opposite of the value – inkor, ya’ni yolg‘on, agar berilgan qiymat rost bo‘lsa)

Satriy kattaliklar bilan ishlaganda har qanday ikkita satriy kattalikni birlashtirish uchun ularning konkatenatsiyasi sifatida gorizontal ikkita nuqta (..) ishlatiladi, masalan

name = "Joe".." Blow"; -- assigns "Joe Blow" to name

b=name .. " is number " .. 1; --assigns "Joe Blow is number 1" to b

AutoPlay ssenariy matnida tarmoqlanuvchi algoritm uchun if, takrorlanuv- chi algoritmlar uchun while, repeat va for kabi sikl operatorlaridan foydalanish mumkin.

Tarmoqlanuvchi algortimlar uchun if operatorining umumiy ko‘rinishdagi sintaksisi quyidagicha:

if A then

B

end


Bu yerda: A – shart, B esa shu shart rost qiymatga ega bo‘lganda bajariladi- gan ifoda matni. E’tibor berish kerakki, if so‘zi faqat kichik harf bilan yozilganda to‘g‘ri bo‘ladi. Bosh harf bilan yozilsa, xato hisoblanadi. Misol ko‘ramiz:

x = 50;


if x > 10 then

Dialog.Message("result", "x is greater than 10");

end

Yoki:


y = 3;

if ((35 * y) < 100) then

Dialog.Message("", "y times 35 is less than 100");

end
Bu algoritm faqat bitta shart uchun, ya’ni berilgan shart rost qiymatga ega bo‘lgan hol uchun bajariladi. Agar qo‘yilgan shart rost qiymatga ega bo‘lganda bajariladigan ifoda bilan yolg‘on qiymatga ega bo‘lganda bajarilishi kerak bo‘lgan shrt birga yozilishi kerak bo‘lsa, u holda ssenariy matni quyidagicha bo‘ladi:


x = 5;

if x > 10 then

Dialog.Message("", "x is greater than 10");


else

end


Dialog.Message("", "x is less than or equal to 10");

Agar tarmoqlanishlar soni ikkitadan ko‘p yoki bir nechta bo‘lsa, u holda yuqoridagi ssenariy matninni quyidagicha o‘zgartirish mumkin:




x = 5;




if x == 10 then

Dialog.Message("",

"x

is

exactly

10");

elseif x == 11 then













Dialog.Message("",

"x

is

exactly

11");

elseif x == 12 then













Dialog.Message("",

"x

is

exactly

12");

else













Dialog.Message("",

"x

is

not 10,

11 or 12");

end












Endi sikl operatorlari bilan ishlashga o‘tamiz. Dastlab While operatoridan qanday foydalanish masalasini ko‘ramiz. Umumiy holda While operatori quyidagi sintaksisga ega bo‘ladi:



while A do B

end
Bu yerda: A – shart, B – bajariluvchi ifoda. Ikkita misol ko‘ramiz:




Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin