O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


AutoPlayda qo‘llaniladigan obyektlar



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə14/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

AutoPlayda qo‘llaniladigan obyektlar


AutoPlayda har bir loyiha uchun bir yoki bir nechta sahifalar to‘plami taqdim etiladiki, bu sahifalar bilan ishlaganda bir nechta obyektlardan foydalanish mumkin. Bu obyektlarning har biri uchun alohida funksiya mavjud bo‘lib, ular or- qali dasturni boshqarishda foydalanuvchi uchun muloqot interfeysini yaratish alohida ahamiyat kasb etadi [17, 19].

Obyektlar va ularning funksiyalari

Obyekt Funksiyalari



  1. Button Buyruq tugmasi. Bir nechta rangdagi turli variantlari mavjud. Asosan boshqaruv funksiyasini bajaradigan buyruqlar bu tugmaga biriktiriladi.

  2. Label Yozuv maydonchasi. Ishchi sohadagi yozuvlar shu obyekt bilan beriladi. Yozuv gorizontal va vertikal ko‘rinishlarda bo‘lishi mumkin.

  3. Paragraph Bir nechta satrdan iborat matnni o‘z ichiga oladigan yozuv maydonchasi. Ko‘rinish sohasiga sig‘may qol- gan pastdagi yozuvlar uning o‘ng tomonidagi lift yu- gurdagi orqali o‘qilishi mumkin, .txt va .quiz-kengayt- mali matn fayllarini yuklab olib o‘qitish ham mumkin.

  4. Image Turli formatdagi ikonkalar va rasmlarni ishchi sohada joylashtirish uchun ishlatiladi.

  5. RichText WordPad, Блокнот, MS Word kabi matn muharrir- larida tayyorlangan .txt va .rtf fayllarni yuklash va uni samarali o‘qish imkonini beradigan yozuv maydoni.

  6. Hotspot Shaffof holatdagi to‘g‘rito‘rtburchak ko‘rinishdagi fa- ollashtiruvchi obyekt. U orqali sahifada bo‘sh turgan sohani biror funksiyani bajaruvchi faol sohaga aylanti- rish mumkin.

  7. Video Videofayllarni (.avi, .mpg, .wmv, mp4, …) ishchi sohaga joylashtirish va turli o‘lchamlarda ko‘rish uchun foydalaniladigan obyekt.

  8. Flash Macromedia Flashda tayyorlangan .swf-fayllarni ishchi sohaga joylashtirish va unda foydalanish imkonini beradigan obyekt.

  9. Web Bu obyekt orqali .htm, .mht kengaytmali fayllarni ishchi sohaga Web-sahifa orqali joylashtirish va ko‘rish mumkin.

  10. SlideShow Bir nechta grafik fayllarni bu obyekt orqali yuklab olish va ma’lum vaqt oralig‘ida ketma-ket slayd ko‘rinishida namoyish etish mumkin.

  11. Input Dasturga parol qo‘yish yoki klaviaturadan kiritiluvchi biror ma’lumotga ehtiyoj sezilganda mazkur obyektdan samarali foydalaish mumkin.

  12. CheckBox Bu obyekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan bir nechtasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.

  13. RadioButton Bu obyekt orqali ishchi sohada e’lon qilingan bir nechta variantli ma’lumotlardan faqat bittasini tanlash va jarayonni davom ettirish mumkin.

  14. ListBox Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obyekt.

  15. ComboBox Ishchi sohaga ro‘yxat shaklidagi ma’lumotlarni “yashirin” tarzda joylashtirish va ulardan birini tanlash orqali jarayonni davom ettirish imkonini beradigan obyekt.

  16. Tree Ma’lumotlarni daraxt ko‘rinishida ishchi sohada tasvirlash imkonini beradigan obyekt.

  17. Progress Vaqtga bog‘liq jarayonni vizual tarzda ishchi sohada aks ettiruvchi obyekt. Xususan, ko‘p o‘lchamli fayllar- ni nusxalashda, o‘chirishda, xotiradan katta joy egal- lovchi dasturni ishga tushirishda jarayonning kechishi- ni bu obyekt orqali vizual tarzda kuzatib turish mum- kin.

Bu obyektlar sichqoncha yordamida dastur galeriyasidagi tayyor to‘plamdan olib qo‘yiladi. Multimedia hujjatlarini tayyorlash, uning dasturlanuvchi qismlari uchun scriptlar yozish, tayyorlanayotgan amaliy dasturni boshqarish interfeysini yaratishda bu obyektlar dasturchiga imtiyozli yordam ko‘rsatadi. AutoPlayning ajoyib xususiyatlaridan yana biri shundaki, bu obyektlar xossalarini tanlash uchun maxsus xossalar panelini ham dasturchiga taqdim etadi va u orqali bir qiymatli xossalar qiymatidan samarali foydalanish mumkin [17].

Har bir obyektning o‘z xossalari mavjud bo‘lib, ular turli parametrlari guruh- lanadi. Quyida buyruq tugmasi (Button) uchun uning xossalari va guruhlanishi keltirlgan:


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin