O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə12/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

Kompyuter akustika sistemasi. Akustik tizimlar (kolonkalar va mikrofon-

lar) multimedia tizimining tashkil еtuvchisidir, ularni ishlatganda tovushli axborot- ni qabul qilish birmuncha yaxshilanadi.

Kompyuterli akustik tizimlar, odatda, maxsus Hi-Fi tizimlaridan pastroqdir, lekin еshitib ko‘rish sifati ularda yetarlicha yaxshidir.

Akustik tizimlar passiv va aktiv bo‘ladi.

Passiv akustik tizimlar sozlangan kuchaytirgichga (odatda 4 vattli, har bir kanalga 2 vattdan) va yaxshi еshitilishli rostlagichga еga bo‘lgan tovush platalariga ulanishi mumkin.



Kolonkalar Mikrofon va naushnik 1.10-rasm. Kompyuter akustika sistemasi

Aktiv akustik tizimlar kuchaytirgich bilan jihozlangan va tovush platasining chiziqli chiqishiga ham, uning kuchaytirgichining chiqishiga ham ulanishi mum- kin. Kolonkaga sozlangan kuchaytirgich uchun tok manbai ichki akkumulyator yoki ta’minot bloki bo‘lishi mumkin, ular o‘z navbatida ham ichki, ham tashqi bo‘lishi mumkin.

Bulardan tashqari, TV-tyuner, raqamli fotokamera va videokamera, Web- kamera, nutqni qayta ishlash va sintezlash sistemalari, turli o‘yin dasturlari bilan ishlash uchun ko‘zoynak, joystik kabi bir qator multimedia vositalari ham mavjud.

Keyingi yillarda bunday multimedia vositalari bilan ishlash qulay bo‘lishi uchun kompyuterning boshqa texnik qismlari ham shunga moslab ishlab chiqaril- moqda. Masalan, birgina suyuq kristalli (LCD) monitorlarning turli modellarda ishlab chiqarilishi ham fikrimizning bir dalilidir. Chunki, LCD monitorlarning ijo- biy xususiyatlari anchagina: birinchidan, tejamli; ikkinchidan, nurlanish nisbatan kam; uchinchidan, an’anaviy CRT monitorlarga nisbatan hajmi kichik va yengil; to‘rtinchidan, ko‘rinish sohasi katta va tasvir sifati yaxshi.

Umuman, multimedia ilovalarini yaratish yoki undan foydalanish uchun yu- qorida qayd etib o‘tilgan texnik vositalarning faqat o‘zigina yetarli emas, albatta. Ular yordamida qabul qilingan multimedia ma’lumotlarini qayta ishlash va amaliy tatbiq etish uchun maxsus dasturiy ta’minotlarning ham bo‘lishi qat’iy talab etiladi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin