O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti


Zamonaviy kompyuterlarda multimedia vositalari



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə9/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

Zamonaviy kompyuterlarda multimedia vositalari


Zamonaviy kompyuterdagi multimedia vositalari deganda, unga qo‘shimcha ravishda ulanadigan quyidagi texnik vositalar tushuniladi:

  1. Videokarta va videomontaj sistemasi;

  2. Tovush kartasi va kompyuter akustika sistemasi;

  3. Foto va videokameralar;

  4. TV-tyuner;

  5. Ko‘zoynak, shlemlar va joystik [11].

Videokartalar. Video bilan to‘laqonli ishlash uchun videoma’lumotlarni kompyuterga mos shaklga va asliga qaytaruvchi moslama – videokarta (Video Card) zarur. Unga videokamera, videomagnitofon va televizor kabi moslamalar ulanishi mumkin. Videokartalar kompyuterda tasvir ma’lumotlarni sifatli tasvir- lash, sifatli qayta ishlash uchun qo‘llaniladigan asosiy qurilma hisoblanadi.

Kompyuterlarda eng birinchi qo‘llanilgan videokarta MDA standartidagi videokartalardir. MDA (Monochrome Display Adapter) – faqat oq-qora rangli tas- virlar va 80 ta ustun hamda 25 ta satrga ega bo‘lgan matnli rejimdagi ekranda ma’lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan. Bunda har bir simvol 9×14 nuqtali matritsa ko‘rinishida tasvirlanadi [19].

Videokartalarning keyingi versiyasi CGA (Color Graphics Adapter) standar- tidagi videokartalar bo‘lib, ular rangli matn va grafikani qo‘llab-quvvatlovchi videokartalar sanaladi. Bunday tipdagi videokartalar faqatgina ikkita rangli tas- virda 640×200 pikselli rejimni qo‘llab-quvvatlaydi, 16 ta rangli palitradan 4 tasini

ifodalovchi rangli tasvirda esa 320×200 pikselli rejimni qo‘llab-quvvatlaydi. Matnli rejimda esa simvollar 8×8 nuqtali matritsa ko‘rinishida tasvirlanadi.

Videokartalarning keyingi versiyasi HGC (Hercules Graphic Card) standar- tidagi videokartalardir. Ular xuddi MDA tipidagi videokartalar singari monoxrom hisoblanib, matnli rejimda simvollar 9×14 matritsa o‘lchami bilan tasvirlanadi. Grafik rejimda esa bu videokartalar 720×300 o‘lchamdagi tasvirlarni ifodalaydi.



1.7-rasm. Videoadapterning ko‘rinishi

Haqiqiy ma’noda rangli rejimdagi tasvirlarni sifatli ifodalay oladigan video- kartalarning birinchi avlodi EGA (Enhanced Graphics Adapter) standartidagi videokartalardan boshlandi, desak, xato qilmaymiz. Bunday tipdagi videokartalar grafik rejimda 640×480, 640×400, 640×350, 720×350 va 320×200 pikseldagi tas- virli ma’lumotlarni ifodalash imkoniyatiga ega. Matnli rejimda esa matritsa o‘lcha- mi 9×14 ga teng bo‘lib, zarur bo‘lganda 8×8 matritsa o‘lchamini ham o‘rnatish mumkin bo‘ladi.

Hozirgi vaqtda VGA (Video Graphics Array) tipidagi videokartalar shaxsiy kompyuterlar uchun standart, bazaviy tipdagi videokartalardan biri bo‘lib qoldi. VGA-kartalar 16 ta rang va 640×480 pikseldagi standart videorejimni qo‘llab- quvvatlaydi.


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin