O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə8/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

.wma, .wmv, va .avi kengaytmali fayllar hosil qilinadi. Bu yerda, .wma – audio fayl, qolganlari esa video fayllardir.

Maskur standart dasturiy ta’minotdan foydalanish uchun avvalo Sound- Driver deb ataluvchi drayver kompyuterga o‘rnatilgan bo‘lishi zarur. Bu drayver operatsion sistema va tizimli plataga o‘rnatilgan tovush kartasi (Sound Card)ning o‘zaro muvofiq ishlashini ta’minlab beradi. Kompyuterga standart tovush kartasi qurilmasidan tashqari alohida tovush kartasi qurilmasini ham o‘rnatish mumkin. Ammo bunday alohida tovush kartalari o‘zining maxsus drayveri bilan birga sotiladi.

Bugungi kunda multimedia mahsulotlari o‘ta tezkorlik bilan ishlab chiqilib, o‘z iste’molchilariga yetkazilmoqda. Turli dizaynlarga boy, o‘ta sifatli multimedia hujjatlarini yaratish uchun Windowsning yuqorida nomlari keltirilgan standart dasturlari kifoya qilmaydi, albatta.

Funksional jihatdan bunday dasturlar turli toifalarga ajratiladi va ularning har biri o‘z vazifasini bajaradi.

Xuddi grafika singari, kompyuterda ifodalanadigan tovushlar ham turlicha bo‘ladi, masalan, raqamli tovush, “sintezlashgan” tovush, “trekerli” yoki “semplerli” tovush.

Raqamli tovush kompyuterda mikrofondan, kompakt diskdan va boshqa manbalardan yozib olingan tovush axborotlari asosida hosil bo‘ladi. Lekin bunday tovushli axborotlar kompyuter xotirasidan ko‘p joy egallaydi, xususan, yuqori sifat

bilan yozib olingan 1 minutlik raqamli tovush 10 megabaytga yaqin joyni xotira- dan egallashi mumkin.

Sintezlashgan tovush deganda MIDI-formatidagi musiqaviy tovushlar tushu- niladi. MIDI – bu inglizcha “Musical Instrument Digital Interface” so‘zlarning qis- qartma shakli bo‘lib, u “musiqaviy asboblarning raqamli interfeysi” degan ma’noni bildiradi [12].

Kompyuter o‘z-o‘zidan bizga kerakli melodiyani kuylayvermaydi, balki tovush kartasi yordamida uni sintezlaydi. Demak, MIDI-melodiya deganda, kerakli nota kodlarini tovush kartasi yordamida boshqaruvchi buyruqlar sistemasi tushuni- ladi.

Kompyuter tovushini hosil qiluvchi yana bir texnologiya – bu, uy sharoitida ishlashga mo‘ljalangan “trekerli” yolki “semplerli” texnologiya bo‘lib, uning yor- damida raqamli yoki sintezlashgan tovushning davriy takrorlanib keluvchi “bo‘lak- cha”laridan katta bir musiqaviy kompozitsiyani yaratish mumkin.

Yaratilayotgan multimedia-hujjatlarga kiritilayotgan tovush uning mazmun- mohiyatiga ko‘ra tanlanadi. Hujjatda biror obyekt asos qilib olinayotgan bo‘lsa, de- mak, shu obyekt xususiyatlarini ifodalaydigan tovushni mikrofon orqali Windows- ning standart multimedia-dasturiy ta’minotlaridan foydalanib kiritish mumkin (1.6- rasm):



1.6-rasm. Windows “Звукозапись” dasturining ko‘rinishi

Ammo, yuqorida aytganimizdek, bunda tovush faylining hajmi vaqt sarfiga qarab, juda katta bo‘lib ketishi, tabiiy. Bunday holda maxsus kompressor-dasturlar yordamida fayl hajmi qisqartiriladi va biror *.mp3, *.wav, *.wma kabi kengaytma- lar bilan xotirada saqlanadi. Endi uni biror hujjatga biriktirmoqchi bo‘lsak, bu muammoni istalgan dasturlash tizimidan foydalanib hal etsa bo‘ladi. Agar hujjatda

nechta bunday tovush effektli obyekt mavjud bo‘lsa, shuncha marta ushbu amal takrorlanadi.

Xulosa qilib aytganda, multimedia-hujjatlarni sifatli, rang-barang, mukam- mal va foydalanishda yengil hamda qulay tarzda yaratishda dasturlash tizimlari, tayyor dasturiy paketlar, qolaversa kompyuterning xususiy multimedia vositalarini birgalikda ishlatib samarali natijalarga erishish mumkin [11, 19].




    1. Yüklə 0,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin