O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə2/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

KIRISH


Zamonaviy informatsion va kommunikatsion texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanib borayotganligi sababli turli dasturiy texnologiyalar va dasturlashtirish tizimlari ham ularga bog‘liq ravishda mukammallashib, tobora yangilanib bormoqda.

Yurtboshimiz tomonidan 2001-yil 3-mayda e’lon qilingan farmon asosida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 23-mayda “2001- 2005-yillarda kompyuter va axborot texnologiyalarini rivojlantirish, “Internet”ning xalqaro axborot tizimlariga keng kirib borishini ta’minlash dasturini ishlab chiqishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorining qabul qilinganligi jamiyatimizda bu sohaning shiddat bilan rivojlanishida asosiy turtki bo‘ldi.

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2006-yil 7- iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzurida Multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari tug‘risida”gi 110-sonli qaroriga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi huzuridagi multimedia umumta’lim dasturlarini rivojlantirish markazi tashkil etildi.

Ushbu markaz o‘z faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmoni va qarori, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari va farmoyishlari, Xalq ta’limi vazirligining hay’at qarorlari, buyruqlar va mazkur Ustav asosida amalga oshirib kelmoqda [8].

Yurtimizda yetishib kelayotgan barkamol avlodni voyaga yetkazish eng avvalo maktablardagi ta’lim-tarbiya jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Maktablarda, akademik litsey va kasb-hunar kollejlarida, oliy ta’lim maskanlarida o‘qitishning samarali natijalariga erishish maqsadida ta’lim sohasiga ilg‘or pedagogik va zamonaviy axborot texnologiyalari keng ko‘lamda tatbiq qilinmoqda.

Multimedia texnologiyalariga asoslangan o‘qitishning yangi usuli pedagog- o‘qituvchilarimizdan bu sohada yangicha tajriba, bilim, mahorat va ko‘nikmalarni ham talab qiladi. Zamonaviy axborot texnologiyalari vositasida tayyorlangan

elektron ko‘rinshdagi metodik va didaktik adabiyotlardan foydalanishni keng ko‘lamda amalga oshirish davr taqozasi sanaladi.

Bu yerda, asosiy gap o‘zbek tiliga asoslangan elektron o‘quv-metodik adabiyotlarni ishlab chiqish haqida bormoqda. Xususan, ushbu bitiruv malakaviy ishda ham xuddi shunday muammolardan biri sifatida multimediaga asoslangan dastur-ilovalarni yaratishda tayyor dasturiy ta’minotlardan biri AutoPlay imkoniyatlaridan unumli foydalanish masalasi ko‘rib o‘tilgan.

Bundan tashqari, o‘quvchilar mustaqil ravishda o‘z ustida ishlari uchun ham ularga tayanch bo‘la oladigan, ular uchun metodik ko‘rsatma vazifasini o‘taydigan metodik va didaktik adabiyotlar xoh qog‘ozda bo‘lsin, xoh elektron ko‘rinishda bo‘lsin, imkon qadar ko‘proq bo‘lgani maqsadga muvofiqdir.

Shularni e’tiborga olib, ushbu bitiruv malakaviy ishida elementar fizika kursining bitta kichik bo‘limi hisoblangan “Elektrodinamika asoslari” mavzusini o‘qitishga doir amaliy yordam ko‘rsatuvchi dasturiy ta’minotni o‘zbek tilida yaratish asosiy maqsad qilib olindi.

Prezidentizimizning “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” nomli asarida shunday fikrlar keltirilgan: “Chindan ham, agarki hozirgi vaqtda dunyoviy ilm-fan va texnologiyalarni chuqur o‘zlashtirmasak, faqat tariximiz, olis ajdodlarimizning kashfiyotlari bilan maqtanib, ularga mahliyo bo‘lib yashaydigan bo‘lsak, ana shu noyob merosni asrab-avaylab, yanada boyitib, unga o‘z hissamizni qo‘shmasak, zamon bilan hamqadam bo‘lib yurmasak, bizning jahon maydonida munosib o‘rin egallashimiz qiyin bo‘ladi” [1].


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin