O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə6/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

Multimedia texnologiyalari


Multimedia deganda kompyuter uchun mo‘ljallangan tovush, video va turli animatsiya effektlari jamlanmasidan iborat texnik yoki dasturiy majmua tushuniladi.

Bu majmuani bir to‘plam sifatida olib qaraydigan bo‘lsak uning element- larini tovush, video va animatsiya effektlari tashkil etadi.

Ularni bir so‘z bilan “multimedia elementlari” deb atash mumkin [7].

Endi tabiiy savol tug‘iladi: “Bu multimedia elementlarining tatbiqiy doirasi qanaqa va qanday tatbiq etiladi?”.

Birinchidan, multimedia elementlarining tadbiqiy obyekti – bu hujjat, yani elektron ko‘rinishidagi hujjat. Qachonki elektron hujjatga multimedia elementlari biriktirilsagina u “multimedia hujjati” deb atalishi mumkin.

Ikkinchidan, muiltimedia hujjatlarini yaratish uchun kompyuterning turli texnik qurilmalari va maxsus dasturiy ta’minotlar ishlatiladi.

Mana shu texnik qurilmalarni biz “multimedianing texnik vositalari”, maxsus dasturiy ta’minotlarni esa “multimedianing dasturiy vositalari”, har ikkalasini birlashtirib, umumiy holda “multimedia vositalari” deb ataymiz.

Multimedia vositalari jumlasiga yana bir vosita – hujjat ta’minoti, boshqacha aytadigan bo‘lsak, tayyor multimedia hujjati ta’minotini ham kiritishimiz mumkin. Chunki, yangi multimedia hujjatini yaratish chog‘ida eski ya’ni oldindan bor bo‘lgan mavjud hujjat ta’minotidan ham foydalanish mumkin.

Shunday qilib, multimedia vositalari quyidagi uch guruhga bo‘linadi:


  1. texnik multimediavositalari;

  2. dasturiy multimedia vositalati;

d) mavjud multimedia hujjati ta’minoti;

Endi bu vositalardan foydalanish masalasi, aniqroq aytganda foydalana olish muammosi alohida ahamiyat kasb etadi. Chunki, har bir texnik qurilmadan foyda- lanishning ham o‘z qonun-qoidalari bor.

Har bir dasturiy ta’minotdan foydalanishning ham o‘ziga yarasha qonun- qoidalari bor. Ularni qayerda, qanday qo‘llash kerakligining o‘zi alohida metodikani talab etadi. Ana endi, biror multimedia hujjatini yangidan yaratish uchun multimedia vositalari bilan birgalikda ularning yoniga ularni qo‘llash bo‘yicha uslub ham qo‘shildi.

Demak, multimedia vositalari va ularni tatbiq etish bo‘yicha uslublar jam- lanmasi birgalikda “multimedia texnologiyalari”ni tashkil etadi (1.1-rasm).

Multimedia texnologiyalari axborotning ko‘pgina turlarini o‘zida integrat- siyalaydi. Masalan [13]:


  1. skanerdan olingan tasvirlar;

  2. yozib olingan ovoz, musiqaviy effektlar va musiqa;

  1. murakkab videoeffektli videolar;

  2. turli animatsiyalar.


1.1-rasm. Multimedia texnologiyalarining tarkibiy tuzilishi

Kompyuterlar va yangi informatsion texnologiyalarning jadal sur’atlar bilan rivojlanishi jamiyatning barcha bo‘g‘inlaridagi singari ta’lim tizimida ham “ilg‘or pedagogik texnologiyalar” degan tushunchaning paydo bo‘lishiga olib keldi.





1.2-rasm. Ilg‘or pedagogik texnologiyalarga bir misol

Ta’lim jarayonida zamonaviy informatsion hamda pedagogik texnologiya- larning qo‘llanilishi o‘quvchi yoki talabalarning eshitish, ko‘rish va shu asnoda mustaqil fikrlash imkoniyatining yuksalishiga asos yaratadi.

Masalan, fizikaga oid ko‘pgina hodisalarni o‘quv auditoriyasi yoki laborato- riya xonalarida namoyish qilish imkoni yo‘q. Tabiiyki, bunday holda talabalar ushbu mavzularni ko‘z oldilariga keltirishlari va o‘zlashtirishlarida ma’lum qiyinchiliklarga duch keladilar. Kompyuter va dasturiy texnologiyalar yordamida

esa bu hodisalarning modellarini yaratish, turli murakkab fizik jarayonlarning kechish sharoitlarini o‘zgartirish orqali mavzuni o‘zlashtirishniing optimal yechimiga ega bo‘lishi mumkin [10].

Bunday dasturiy ta’minotlar juda ham ko‘p bo‘lib, ularning har biri o‘z funksiyalariga ega, masalan, animatsion roliklar yaratish uchun Macromedia Flash MX, multimediali taqdimot ma’ruzalarini yaratishda MS PowerPoint va Macro- media Authorware, elektron o‘quv adabiyotlarni yaratish davomida keng foydala- niladigan tahrirlovchi dasturlar Adobe Photoshop, CorelDraw, tovush va videolarni tahrirlash uchun esa mos ravishda SoundForge va Adobe Premier kabi dasturlardan keng foydalanish mumkin.

Tovushli va grafik ma’lumotlarni birgalikda qayta ishlash imkoniyati paydo bo‘lgan davrdanoq multimedia cohasida inqilobiy voqealar ro‘y bera boshladi.

Dastlabki Sound Blaster qurilmasi kashf etilgunga qadar PC, XT va AT/286 rusumli kompyuterlarda tovushli signallarni hosil qilish uchun kompyuterning maxsus ichki dinamik vositasidan foydalanilgan.

Tovushni cintezlab beruvchi eng mashhur Sound Blaster va Covox kabi ap- parat vostalari yaratilgan. Dastlabki davrlarda dinamik signal chastotasi maksimal 8–10 KHz ga yetgan bo‘lsa, zamonaviy audiokartalar yordamida hosil qilingan tovush chastotasi 44 KHz va undan yuqori miqdorga erishdi.

Tovushli signallarni sintezlash metodi yordamida hosil qilingan bunday tovush har qanchalik sifatli bo‘lmasin, baribir tabiiy tovushni ifodalamas edi. Bu vaziyatdan chiqishning birdan-bir yo‘li raqamli tovushga o‘tish edi. Raqamli tovushlarni qayta ishlash imkoniyatining paydo bo‘lishi kompyuter audio olamida haqiqiy inqilobni boshlab berdi.

Bu inqilobning natijasi o‘laroq kompyuterga tovushni tatbiq etish sohasi kes- kin tarzda kengayib ketdi. Bunday tatbiqiy masalalar ichida eng qiziqarli shaxsiy kompyuterlarda inson nutqi bilan ishlash imkoniyatining paydo bo‘lishi bilan xarakterlanadi. Shu orada ovozni mikrofondan yozib olish, klaviaturadan kiritilgan buyruqlarni tovushli ma’lumotlar bilan almashtirish, turli musiqa asboblariga mos tovush generatorlarini ishlab chiqish ishlari qizg‘in rivojlanib ketdi. Multimedia

vositalarining texnik ta’minoti bilan bir vaqtda multemedia-dastur mahsulotlari ham yaratildi. Endi oddiy kompyuterlar o‘rnini MPC (Multimedia Personal Computer) lar egalladi.

Multimedia ilovalarini qayta ishlash maqsadida o‘sha paytda yaratilayotgan MPC kompyuterlariga va ularga mos dasturiy ta’minotlarga muayyan talablar qo‘yildi. Multimedia kompyuterlariga qo‘yilgan talablar quyidagilar [13, 19]:

-kompyuter eng kamida Pentum II mikroprotsessorga ega bo‘lishi;

-axborot sig‘imi 128 MB dan kichik bo‘lmagan RAM;

-sig‘imi 10 GBdan kichik bo‘lmagan qattiq disk;

-TrueColor rejimi va 1024x468 nuqta ruxsatini o‘z ichiga oluvchi SVGA tipli displey va adapter;

-kompakt disk yurituvchilari (CD ROM, DVD ROM);

-audiosistema;

-MIDI kiritish-chiqarish portlari.

Hozirgi vaqtda kompyuter texnologiyalari va multimedia vositalaridan foy- dalanib, o‘quv didaktik materiallarni tayyorlash keng miqyosda rivojlanib ketdi. Ayni paytda chet tilini o‘rgatish uchun istalgan yoshdagi kishilarga mo‘ljallangan maxsus o‘qituvchi dasturlar ko‘plab ishlab chiqarilgan.

Bu dasturlarga, masalan, nemis tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan “Talk Now Teacher Notes”, “Deutsche Phonetik” va shunga o‘xshashlarni misol keltirish mumkin. Xususan, Talk Now Teacher Notes dasturi birgina nemis tildan tashqari yana 14 ta tilni o‘rgatuvchi o‘yin ko‘rinishida tashkil etilgan materialni o‘zi ichiga oladi (1.3-расм).

Ushbu dasturda sonlarni, ranglar nomini va boshqalarni o‘rgatishda bolalar- ga tanish predmetlardan mohirona foydalanilgan. Har bir so‘z bunda tovush effekt- lari asosida o‘rgatiladi va bolalar bilimini sinash maxsus o‘yin shaklidagi test aso- sida amalga oshiriladi. To‘plangan ballar o‘yin oxirida e’lon qilinadi (1.4-rasm).

Kichik yoshdagi bolalarga nemis tilini o‘rgatishga mo‘ljallangan yana bir mashhur dasturlardan biri – bu “Deutsche Phonetik” dasturidir.



1.3-rasm. Talk Now Teacher Notes dasturi ishga tushirildi.





1.4-rasm. Sonlarning nemis tilidagi talaffuzi o‘rgatilmoqda.

Ushbu dastur nemis tiliga oid so‘zlarni talaffuz qilish ko‘nikmalarini yuksal- tirishga xizmat qilib, u o‘z tarkibiga quyidagilarni oladi:



  1. Talaffuzni o‘rgatishga mo‘ljallangan mashq;

  2. Mazkur mashqqa doir audio yozuvli eshittirish;

  3. Foydalanuvchi tovushini mikrofon orqali yozib olish va qayta eshittirish- ga mo‘ljallangan modulli qism (1.5-rasm).

Ushbu dastur bilan ishlashda bolalar o‘z ovozlarini mikrofon orqali yozib, so‘ng uni qayta eshitib ko‘radilar va shu orqali talaffuzlarida mavjud bo‘lgan fonetik xatoliklarni tuzatadilar.



1.5-rasm. “Deutsche Phonetik” dasturining ko‘rinishi.

Agar shunga o‘xshash multimedia texnologiyalariga asoslangan dasturlar o‘zbek tilida ko‘proq yaratilsa, oilada, maktabgacha ta’lim muassasalarida va bosh- qa ta’lim maskanlarida bolalarga chet tilini o‘rgatish bilan bog‘liq ta’lim jarayoni shuncha samarali kechadi.




    1. Yüklə 0,96 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin