O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti fizika-matematika fakulteti



Yüklə 0,96 Mb.
səhifə22/24
tarix02.01.2022
ölçüsü0,96 Mb.
#35482
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24
multimedia hujjatlarini yaratishda autoplay dasturi imkoniyatlaridan foydalanish

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Xulosa
2.7-rasm. Dastur menyusini shakllantirish


  1. Shunday qilib, menyu tayyor bo‘ldi ham deylik. Endi uning uchun ssenariy kodini yozish qoldi. Chunki menyuning istalgan bandi bosilganda ssenariyda kiritilgan kod bo‘yicha muayyan funksiyaning bajarilishi lozim bo‘ladi. Menyu bo‘yicha ssenariy kodi shartlari loyihaga kiritilgan sahifalar va obyektlar soni bilan bog‘liq.

Shuning uchun barcha sahifalarni va kerakli obyektflarni joylashtirib olgach, ssenariy yozishga o‘tsa bo‘ladi. Xususan, bizning misolda menyu uchun yozilgan ssenariy kod matni quyidagicha:
if e_ID==101 then Page.Navigate(PAGE_FIRST); elseif e_ID==102 then Page.Navigate(PAGE_PREVIOUS); elseif e_ID==103 then

Page.Navigate(PAGE_NEXT); elseif e_ID==104 then Application.Exit(); elseif e_ID==205 then Page.Jump("PgWebCnt"); elseif e_ID==211 then Page.Jump("PgWebMavzu1"); elseif e_ID==212 then Page.Jump("PgWebTest"); elseif e_ID==213 then Page.Jump("PgWebLit"); elseif e_ID==231 then Page.Jump("PgFlash11"); elseif e_ID==232 then Page.Jump("PgFlash12"); elseif e_ID==233 then Page.Jump("PgFlash13"); elseif e_ID==234 then Page.Jump("PgFlash14"); elseif e_ID==235 then Page.Jump("PgFlash15"); elseif e_ID==236 then Page.Jump("PgFlash16"); elseif e_ID==240 then Page.Jump("PgSlide"); elseif e_ID==251 then Page.Jump("PgQt");

elseif e_ID==261 then Page.Jump("PgQt1"); elseif e_ID==262 then Page.Jump("PgQt2"); elseif e_ID==263 then Page.Jump("PgQt3");

elseif e_ID==264 then Page.Jump("PgQt4"); elseif e_ID==265 then Page.Jump("PgQt5"); elseif e_ID==266 then Page.Jump("PgQt6"); elseif e_ID==305 then

File.Run("AutoPlay\\Docs\\About Program.exe", "", "", SW_NORMAL, true);

End
Va nihoyat, birinchi sahifa tayyot holatga keldi. Bu sahifada boshqaruv faqat “Kirish” matnli buyruq tugmasi va “Fayl” menyusidagi “Oldinga” buyrug‘i bilan amalga oshirilishi mumkin. Bu buyruqlar birinchi sahifadan ikkinchi sahifaga o‘tish vazifasini bajaradi. Oldin eslatib o‘tganimizdek, AutoPlayda sahifadagi obyektlarni klavishli boshqarish imkoniyati yo‘qligi sababli, bu vazifani menyudan foydalanib bajarish asosiy maqsad qilib olindi. Agar klaviaturadan [Alt] klavishi bosilsa, amaliy dasturimiz menyusi faollashadi va shu orqali istalgan sahifaga qarab yo‘l olishimiz mumkin. Agar amaliy dastur-ilovamiz ko‘p sahifali bo‘lsa, menyudan barcha sahifalarda umumiy foydalaish uchun yuqoridagi kodlarni barcha sahifadagi menyular uchun birma-bir nusxalab chiqish lozim bo‘ladi. Boshqa sahifalarga o‘tish uchun dasturni klavishli boshqarishning boshqa usuli ham mavjud bo‘lib, u har bir sahifaning On Key hodisasi uchun ssenariy kodini yozishdan iborat. Masalan [15]:


if e_Key==39 then Page.Jump("PgWebCnt"); end
Ushbu kodga binoan, agar klavisturadagi kodi 39 ga teng bo‘lgan o‘ng strelka (right array) klavishishi bosilsa, “PgWebCnt” nomli sahifaga o‘tish mumkin. Ammo bunday holatda menyuga chiqish uchun endi [Alt] klavishini

ishlatish befoyda. Menyuga klavish yoki klavishlar birikmasi yordamida chiqish uchun yana boshqa ssenariy yozishga to‘g‘ri keladi.

Shunday qilib, amaliy dastur-ilovamizning birinchi bosh sahifasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (2.8-rasm):




2.8-rasm. Dastur-ilovaning birinchi bosh sahifasi
Endi ikkinchi sahifaga o‘tamiz. Bu sahifa biz uchun mundarija vazifasini o‘tashi kerak. Avvalo sahifaga fon tanlashimiz lozim bo‘ladi.

Buning uchun yuqoridagidek fon tanlash usulini ishlatamiz va maqsadga yetgach, sahifaga bitta Tree obyektini joylashtiramiz.

“Tree1” nomi bilan sahifada joylashgan Tree obyektining o‘lchamini

598x400 kattalikda tanlaymiz.

So‘ng uning ustida sichqonchaning “Double Click” hodisasini ishlatib, “Tree Properties: Tree1” sarlavhali xossalar oynasini ochamiz va “Settings” sahifasini faollashtiramiz.

Bu sahifada o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan bir nechta obyektlar bo‘lib, hozircha bizga ularning barchasi bilan ishlashning zaruriyati yo‘q.

Faqatgina sahifadagi “Objects” guruhida “Tree items:” nomli yozuv maydo- ni bo‘lib, unga mundarijaning barcha mavzularini birma-bir kiritamiz (2.9-rasm):




2.9-rasm. Tree1 elementini shakllantirish
Mazkur muloqot oynasining “Script” sahifasiga o‘tamiz va uning “On Double Click” hodisasi uchun quyidagicha ssenariy yozamiz:
if Tree.GetNode("Tree1", "1.1").Selected then Page.Jump("PgWebMavzu1");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.2").Selected then Page.Jump("PgWebTest");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.3.1").Selected then Page.Jump("PgFlash11");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.3.2").Selected then Page.Jump("PgFlash12");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.3.3").Selected then Page.Jump("PgFlash13");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.3.4").Selected then Page.Jump("PgFlash14");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.3.5").Selected then Page.Jump("PgFlash15");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.3.6").Selected then Page.Jump("PgFlash16");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.4").Selected then Page.Jump("PgSlide");

elseif Tree.GetNode("Tree1", "1.5").Selected then Page.Jump("PgQt");

end

Ushbu kodga binoan, Tree1 elementining har bir satri mindarijaning bitta bo‘limini anglatadi va bu satr ustida sichqonchaning “Double Click” hodisasini ishlatib, tegishli bo‘limga bevosita o‘tish mumkin bo‘ladi.



Endi sahifaga bitta Paragraph obyektini joylashtiramiz va uning xossalar oynasidagi “Settings” sahifasining “Text:” nomli maydonga “MUNDARIJA” yozuvini kiritamiz. “Atributes” sahifasiga o‘tamiz. U yerdagi “Auto-Resize” guruhining “Right” nomli tanlash maydonchasiga bayroqcha o‘rnatamiz va OK tugmasini bosib muloqot oynasini yopamiz.

Shuningdek, sahifaning quyi qismidagi ikki chetiga ikkita Image obyektini o‘rnatamiz va “Image1” elementiga strelkasi chapga yo‘nalgan rasmni, “Image2” elementiga esa strelkasi o‘ngga yo‘nalgan rasmni mos qo‘yamiz.

Ulardan birinchisi bosilganda joriy sahifadan bitta oldinda turgan sahifaga, ikkinchisi bosilganda esa bitta o‘ng tomonda turgan navbatdagi sahifaga o‘tiladi. Bunda rasmlarni ixtiyoriy tarzda o‘zimiz chizib, uni Image obyektlarioga joylashtirishimiz mumkin. Faqat rasm ostidagi fon ko‘rinmasligi uchun uning xossalar oynasiga o‘tib, “Settings” sahifasini ochamiz va undagi “Transparent

Color” guruhining “Make Color transparent” nomli tanlash maydonchasiga bayroqcha o‘rnatib, OK tugmasini bosamiz. Natijada rasm shaffof tus oladi va uning ortidagi fon ko‘rinmas holatga o‘tadi.

Shunday qilib, “Mundarija” sifatida ikkinchi sahifa ham deyarli tayyor bo‘ldi. Sahifaning umumiy ko‘rinishi quyidagicha bo‘ladi (2.10-rasm):




2.10-rasm. “Mundarija” sahifasining ko‘rinishi
Shu tariqa barcha sahifalar o‘ziga xos dizayn bilan boyitilib, kerakli obyekt- lar bilan jihozlanadi va maxsus ssenariylar asosida boshqaruv funksiyasi tayinlana- di. Deyarli barcha sahifalarda bir xil ishlar ko‘p takrorlanganligi sababli biz barcha shaifalardagi algoritmlarni birma-bir yozib o‘tirishni lozim topmadik.

Dastur ilovamizda, imkon qadar multimediaga asoslangan tayyor hujjatlar- dan foydalanildi (masalan, “Qiziqarli tajribalar” bo‘limidagi video-fayllar va matnlar yoki animatsiyalar va ular bilan birga qo‘llanilgan audio-tovushlar). Chunki, AutoPlay dasturida multimedia hujjat yaratish masalasi faqat tayyor hujjatlarni integratsiyalash doirasidagina qaraladi.





2.11-rasm. “Qiziqarli tajribalar” sahifasidan bir lavha

Shunday qilib, mazkur amaliy ish natijasiga oid ilova dastur ko‘rinishida taqdim etiladi.


Xulosa


Yüklə 0,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   24




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin