46
majmuasini o‘tkazish hisobiga erishiladi. Qishloq xo‘jaligida foydalaniladigan yerlar sifatining bosh
ko‘rsatkichi ularning unumdorligi, o‘simliklarning o‘sishi va rivojlanishi uchun zarur suv, havo va
oziqlanish rejimini ta’minlash qobiliyati hisoblanadi. Unumdor tuproqlar yaxshi suv sig‘imi, faol
gumus miqdorining ko‘pligi, donador tuproq massasi, foydali mikrofloraga
boyligi bilan ajralib
turadi.
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishida yerdan oqilona foydalanishning majburiy talablariga
tuproq unumdorligini hamda uning boshqa xususiyatlarini kengaytirilgan qayta tiklash kiradi, ularga
mahsulot
hajmi va sifati, xarajatlar miqdori bog‘liq. Resurslarni tejash yondashuvida tuproqlardan
hosil bilan olib chiqib ketiladigan ozuqa moddalarini to‘la qoplash kerak. Tuproqlar xususiyatlarini
kengaytirilgan qayta tiklash yerlarning samarali va potensial unumdorligi o‘sishini ta’minlaydi.
Uning asosiy omillari sifatida hududni to‘g‘ri tashkil etish, dehqonchilikning ilg‘or tizimlari, organik
va ma’danli o‘g‘itlardan oqilona foydalanish xizmat qiladi.
Yer tuzish uchun nafaqat ayrim tuproq turlarining joylashishi, balki, tuproq qatlamining tarkibi,
tuproqlarning yer yuzasi bo‘yicha tarqalishi ham katta ahamiyatga ega. Unga qishloq xo‘jalik
yerlarining joylashishi, konturlar va ishlab chiqarish uchastkalari o‘lchamlari bog‘liq.
Tuproq qatlamining tarkibi sodda va murakkab, bir xil bo‘lishi mumkin. Shunga mos ravishda
hududni tashkil etishda yer tuzishning sodda yoki murakkab shakllari qo‘llaniladi.
Tuproq qatlamining har xilligi birinchi navbatda tuproqni paydo etuvchi jinslarning har xilligi
bilan bog‘liq. Ular tuproqlarning mineral tarkibini, ularning ishlov
berishdagi texnologik
xarakteristikasini, namni saqlash qobiliyatini, eroziyaga uchrashga moyilligini, organik o‘g‘itlarning
chirindiga aylanishi tezligini, ya’ni, aynan tuproqning shunday sifatlarini belgilaydiki, ularga yerdan
foydalanish usullari va uni tuzish bog‘liq.
Dostları ilə paylaş: