O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi s. R. Sharipov yer tuzish asoslari


Oqilona hududni tashkil etish va ishlab chiqarishni joylashtirish - ko‘rsatilgan salbiy



Yüklə 1,25 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/139
tarix24.12.2023
ölçüsü1,25 Mb.
#193120
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   139
Yer tuzish

Oqilona hududni tashkil etish va ishlab chiqarishni joylashtirish - ko‘rsatilgan salbiy 
oqibatlarni tugatish bo‘yicha choralar tizimidagi yetakchi bo‘g‘indir. Yer tuzishda yer 
egaliklarini yiriklashtirish yoki maydalash, yer uchastkalari shakllarini yaxshilash va 
o‘lchamlarini kattartirish uchun yerlarni transformatsiyalash, ekinlarni oqilona joylashtirish 
va sh.o‘. usullardan foydalaniladi. Agar hududni ishlab chiqarish zaruratlariga moslashning 
tashkiliy usullari yetarlik bo‘lmasa, kapital mablag‘larni ko‘proq talab qiladigan - qurilish, 
melioratsiya, injenerlik jixozlash qo‘llaniladi. 
Yerning ko‘pchilik kenglik xususiyatlari uning relefi - yer yuzasi shakllarining yig‘indisi, bilan 
aniqlanadi; ular yerdan foydalanish va uni muhofaza qilish usullariga, qishloq xo‘jaligi ishlab 
chiqarishini joylashtirish va tashkil etishga ta’sir etishadi. 
Yerlardan foydalanish va ularni muhofaza qilishning umumiy masalalarini yechish, yer 
egaliklari va yerdan foydalanishlar tizimini shakllantirish uchun hududni relef turlari bo‘yicha 
bo‘lish qo‘llaniladi: yassi tekislik, tepalikli tekislik, yassi tog‘lar va sh.o‘. Biroq xo‘jalikda ichki yer 
tuzishda aniq qaror qabul qilish uchun relef tavsiflarini ko‘rsatkichlar taxlili bilan aniqlashtirish 
kerak: hududning bo‘linishlari chuqurliklari (metrda), bo‘linishlar qalinligi (1 km
2
maydonda 
kilometr), qiyaliklar tikligi (graduslarda), qiyaliklar tomonlari. Bu ko‘rsatkichlarning ahamiyati 
ishlab chiqarish uchastkalarining o‘lchamlari va shakllarini, hududning drenajlanish darajasini
uning eroziyaga uchrashi va boshqa xususiyatlarini aniqlaydi. 
Kam bo‘lingan yerlar, ularda 15 ming ga va undan ham ortiq yerga ega, bo‘linishlar chuqurligi 
25 m oshmaydigan butun massivlar bo‘lib, past tekisliklarda joylashgan; ular yirik konturlari
kuchsiz drenajlashganliklari bilan tavsiflanadi. Tuproqning suv eroziyasi bu yerda xavfli emas. 
Kuchli bo‘linishda (75 m va yuqori) butun massivlarning maydoni 5 ming gektardan oshmaydi, 
qishloq xo‘jalik yerlarining konturlashishi, hududning drenajlashishi o‘sadi. Bunday yerlarda eroziya 
xavfi keskin oshadi. 

Yüklə 1,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   139




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin