45
qismi shaklining o‘zgarishi eroziya (ayniqsa, suv eroziyasi), o‘rmonlarni qirqish, hududni nooqilona
tuzish, tuproqlarga noto‘g‘ri usullarda ishlov berish natijasida ro‘y beradi.
Relefning har xil tavsiflari orasida yer yuzasining nishabligi katta ahamiyatga ega. U, suv
eroziyasini keltirib chiqaruvchi bosh omil sifatida qishloq xo‘jalik
yerlarining haydalishiga va
haydalma
ekinlarning, ko‘pchilik hollarda donli ekinlarning ham joylashishiga cheklavchi ta’sir
ko‘rsatadi, hududni tuzish shakllarini va dehqonchilik texnologiyalarini oldindan belgilaydi.
Bir xil nishablikda yerlarning eroziyaga turg‘unligi tuproqlar mexanik tarkibiga, tuproq tagidagi
qatlam
jinslariga, yog‘ingarchilik miqdori va intensivligiga va boshqa sharoitlarga bog‘liq.
Haydalma ekinlarni joylashtirish, asosan, nishabligi 2-3
0
gacha bo‘lgan uchastkalar bilan cheklanadi,
g‘alla - 5-7
0
gacha. Nishabligi 5-7
0
katta bo‘lgan haydalma yerlar faqat o‘tlarni
ekish uchun
foydalanilishi mumkin. Yerlar eroziyasining oldini olish uchun ularni eroziyaga qarshi tuzish amalga
oshiriladi; tuproq yuvilish xavfi yuqori bo‘lgan hududlarni pichanzorlar va yaylovlar egallaydi.
Haydalma yerlarda shu maqsadda tuproqni himoya qiluvchi ko‘p yillik o‘tlar tarkibida bo‘lgan
almashlab ekishlar joriy etiladi.
Qiyalik yerlarni eroziyaga qarshi tashkil etishning yetakchi bo‘g‘ini dalalar va mustaqil ishlov
beriladigan uchastkalarni (ishchi va sug‘orish uchastkalari) to‘g‘ri joylashtirish hisoblanadi.
Qiyaliklarning tikligiga va shakliga bog‘liq holda almashlab ekishlar
hududlarida dalalarni ichki
tuzishning har xil usullari qo‘llaniladi: eroziyadan xavfsiz uchastkalarda
ekinlarni uzunasiga
joylashtirish, ko‘ndalangiga - oddiy qiyaliklarda, konturli - murakkab eroziya xavfi bor qiyaliklarda,
polosali - dehqonchilikning og‘ir sharoitlarida.
Dostları ilə paylaş: