7
agrarnom fronte, 1925-y.
№ 5
-6. 42-43-b.). U vaqtdagi yer tuzish faqat xo‘jaliklararo (qishloqlar
orasida va qishloqlar ichida) edi.
Biroq keyinchalik, uning harakat doirasiga yangi prinsipial masalalar qo‘shiladi. Masalan,
1928-y. dekabrida qabul qilingan «Yerdan foydalanish va yer tuzishning umumiy boshlanishi
to‘g‘risida»gi hujjatda «yer tuzish ko‘p polosalikka uzoq yerlarga va boshqa yerdan foydalanishdagi
kamchiliklarga qarshi kurashishga, yaxshilangan almashlab ekishlarga o‘tishga,
yerlarni tubdan
yaxshilashga, yerlarni xo‘jalik uchun o‘zlashtirishga yordam berishi kerak» deb aytilgan edi. Bu
vazifalarini bajarish uchun bitta xo‘jaliklararo yer tuzish va uning usullari endi yetarlik emas edi.
Chegaralari belgilangan va turg‘un bo‘lgan yerdan foydalanishlar ichida yerdan foydalanishni
yaxshilash va tashkil etish bo‘yicha harakatlar zarur edi. Shunday qilib, qishloq xo‘jalik
korxonalarida (kolxozlar va sovxozlar) xo‘jaliklarda ichki yer tuzish paydo bo‘ldi. Uning mazmuni,
asosan, 30-chi yillardayoq aniqlandi. Urushdan keyingi yillarda esa yanada rivojlantirildi. Uning
usullarini ishlashga ham asosan olimlar va amaliyotchilar e’tibori qaratildi.
Yer tuzuvchilarga ayniqsa qishloq xo‘jaligida, ma’lum
korxonalar hududida yerdan
foydalanishni tashkil etishga bog‘liq yanayam kengroq doiradagi masalalarni yechishga to‘g‘ri keldi.
Har bir yer uchastkasining mo‘ljallangan maqsadi, o‘lchamlari, shakli, oqilona joylashishi aniqlandi.
Yerlarning unumdorligini, yer turlarining mahsuldorligini oshirish, ishlab chiqarishning tashkil
etilishini, texnikadan foydalanishni yaxshilash uchun hududiy sharoitlar yaratildi. To‘g‘ri almashlab
ekishlarning dehqonchilik ma’daniyatini ko‘tarishning ahamiyatli vositasi sifatida joriy etilishiga va
o‘zlashtirilishiga katta e’tibor berildi. Xo‘jaliklarda ichki yer tuzishning bu masalalari hozirgi vaqtda
ham rivojlanishni davom ettirmoqda.
Keyingi ahamiyatli qadam deb hududni eroziyaga qarshi tashkil etishni, yer tuzish tarkibida va
yechimlari asosida tuproq eroziyasiga qarshi kurash bo‘yicha tadbirlar
majmuasini ishlashni
hisoblash mumkin. Shunday qilib, yer tuzish yerning tabiiy xususiyatlarini o‘zgartirish va yaxshilash
masalalarini to‘la hajmda yecha boshladi va iqtisodiy, huquqiy, texnik xarakterdagi ishlar
chegarasidan ancha uzoqqa chiqdi.
O‘tgan asrning 70-80-chi yillari yana bitta o‘zgarish jarayoni - yer tuzish ob’ektlarining
hududiy kengayishi, ayrim yerdan foydalanishlar va ularning uncha katta bo‘lmagan
guruhlaridan
ma’muriy tuman, tuman agrosanoat majmuasi, katta suv yig‘iladigan havza va sh.o‘. kabi keng
hududiy tizimlarga o‘tish kuzatildi. Bu prinsipial yangi ishlar - viloyat va tumanlar yer tuzish
chizmalarini ishlashni talab etdi; bu ishlar hozir ham davom etmoqda.
Eng oxirgi vaqtda maxsus foydalanish tartibiga ega hududlarni
joylashtirish va ularning
chegaralarini belgilash bo‘yicha ishlar boshlandi; ularni landshaftli loyihalashga kiritish mumkin.
Bunday ishlarning zarurligi qonunlarda ko‘rsatildi.
Yer tuzish rivojlanish jarayonida o‘z vazifalari doirasini kengaytirib, oldin o‘zlashtirilgan
usullarni tashlab yubormadi, balki, ulardan foydalanishni yuqoriroq darajada davom ettirdi. Masalan,
30-chi yillardagi qishloq xo‘jalik artellariga yerdan muddatsiz foydalanish uchun davlat aktlarini
berish bo‘yicha ishlar ko‘p jihatdan oldingi chegaralashni, lekin bir vaqtda yerdan foydalanishdagi
kamchiliklarni
tugatish bilan birga, esga soladi. Texnik jihatdan bu 20-chi yillarda amalga
oshirilganlariga o‘xshash, lekin ular endi mayda emas balki yirik yerdan foydalanishlarga tegishli
ishlar edi.
Yer tuzishning zamonaviy ta’rifini berishdan oldin yerdan foydalanishni tashkil etish
tushunchasini ko‘rib
chiqish zarur, u ham asosiylardan biri hisoblanadi. Uning asosiy belgilarini
ko‘rib chiqamiz.
Yerdan foydalanishni tashkil etish o‘zida avvalo, undan bevosita foydalanishdan oldingi, uning
xarakterini oldindan aniqlovchi va shakllantiruvchi, buning uchun zarur sharoitlarni yaratuvchi
(bunday
ishlarga, xususan, rejalashtirish va loyihalash kiradi) barcha ishlarni mujassamlashtiradi.
Bundan tashqari yerdan foydalanishni tashkil etish deganda uni amalga oshirishning harakatdagi
tizimi ham tushiniladi. Umuman bunday tashkil etish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Dostları ilə paylaş: