4
jamiyatning manfaatlarini maksimal hisobga olgan holda foydalanish kerak. Bu talablarni hisobga
olgan holda, quyidagi ta’rifni berish mumkin:
Yerdan oqilona foydalanish
- bu butun xalq xo‘jaligini rivojlantirish manfaatlariga mos,
ajratilish maqsadiga erishishda eng samarali, atrof muhit bilan o‘zaro optimal ta’sirni, yerdan
foydalanish va uni ajratish jarayonida uning muhofazasini ta’minlaydigan foydalanishdir.
Bizning mamlakatimizda yerdan foydalanish tizimi O‘zbekiston Respublikasi
Konstitutsiyasiga, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga, Prezident farmonlariga asoslanadi.
Uning
asosiy belgilari quyidagilar: yer Respublikamiz hududida yashayotgan xalqlarning hayoti va faoliyati
asosi hisoblanadi; har bir fuqaro yer olish huquqiga ega; yerga xususiy mulkchilik huquqi tan olinadi
va himoyalanadi; yer uchastkalarini mahalliy boshqaruv organlari egalik qilishga va foydalanish
uchun
berishadi va qaytarib olishadi; yerga egalik qilish va yerdan foydalanish to‘lovlar asosida
amalga oshiriladi, to‘lovlar yer solig‘i
va ijara haqi shaklida olinadi; qishloq xo‘jaligi yerdan
foydalanishda ustivorlikka ega; yerdan maqsadli
va oqilona foydalanish kerak; yerda xo‘jalik
yuritishning ko‘p turliligi va barcha shakllarining tengligi o‘rnatilgan; yerga mulkchilik, egalik va
doimiy foydalanish huquqlari yer uchastkasini ajratish to‘g‘risidagi davlat dalolatnomasi yoki
guvohnomasi bilan tasdiqlanadi; davlat tomonidan yerlarni muhofazalash
tartibi va mazmuni
belgilanadi, yer tuzishning maqsadi va vazifalari aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: