8
Mikrobiologiya fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi.
Antoni van Levenguk tomonidan mikroorganizmlarni kashf qilinishi.
Mikrobiologiyaning
shakllanishida L.Paster, R.Kox, M.Beyerink, S.N.Vinogradskiy, V.L.Omelyanskiy, N.A.
Krasilnikov, A.Flemming va boshqalar ishlarining ahamiyati.
Hozirgi zamon mikrobiologiyasi
rivojlanishining ustivor yo’nalishlari. Mikrobiologiyaning O’zbekiston Respublikasida rivojlanishi.
Mikrobiologik tadqiqotlarning asosiy usullari.
Toza kulturalar va ularning olinishi. Mikroorganizmlar preparatlarini tayyorlash texnikasi. Oddiy
va differensial bo’yash. Gram usulida bo’yash va uning mikroorganizmlar klassifikasiyasidagi
ahamiyati. Mikroorganizmlarni mikroskop yordamida o’rganish metodlari. Zamonaviy mikroskoplar:
yorug’ va qorong’i
maydonli, faza – kontrast, lyuminissent va elektron mlkroskoplar.
Biologik
mikroskoplar imkoniyatlarining kimyoviy tavsifi.Fiksirlangan, bo’yalgan va tirik preparatlar
tayyorlash. Boyitilgan va toza kulturalar haqida ma’lumotlar va
ularni mikroorganizmlarni
sistematikasi va fiziologo-biokimeviy xususiyatlarini o’rganishdagi ahamiyati. Mikroorganizmlarni
tabiatda azot, temir,
oltingugurt, uglerod va boshqalarni aylanishida ishlatiladigan metodlar.
Dostları ilə paylaş: