81
Alimov I. va b. Arxivshunoslik. Toshkent, 1997.
Tolibov R.N. Arxivshunoslik. Navoiy 2005.
19- Mavzu: Shaxsiy tarkib hujjatlarni saqlovga qabul qilish.
Reja:
1. Shaxsiy tarkib hujjatlari haqida tushuncha
2. Shaxsiy tarkib hujatlarini saqlov uchun tanlab olish
Shaxsiy
tarkib
hujjatlari
deganda
muassasa,
tashkilot
va
korxonalarda
ishlagan (yoki iishlayotgan)
xodimlarning
ishga qabul qilinishi, xizmat bo’yicha ko’tarish, boshqa lavozimga o’tkazish,
ishdan bo’shatish bilan bog’liq hujjatlar tushuniladi.
Shaxsiy tarkib haqidagi
hujjatlar buyruq, shaxsiy varaqa, shaxsiy yig’majild,
tarjimayi hol, tavsifnoma,
attestasiya
komissiyasi bayonnomasi, mehnat daftarchasi,
anketa va boshqa
shakldagi hujjatlardan iboratdir. Shaxsiy tarkibga taalluqli hujjatlar muassasaning
o’zida ko’pi bilan 50 yil, ekspert-tekshiruv komissiyasining qarori bilan esa 75
yilgacha saqlanadi. Shudan so’ng ma’lumotlilik mohiyatini yo’qotgan, biroq ilmiy
tarixiy qimmatga ega bo’lgan shaxsiy tarkibga oid
hujjatlar davlat saqloviga
topshiriladi. Amaliy ahamiyatini yo’qotgan hujjatlar esa yana ma’lum muddatga
muassaning o’zida qoldirilishi mumkin.
Shaxsiy tarkib bo’yicha materiallar davlat saqloviga odatda davlat arxivlari
uchun manba bo’lgan tashkilotlardan tanlab olinadi.
Shaxsiy tarkibga oid hujjatlarni davlat saqloviga
ajratib olish umuman
mazkur muassasa (fondni tashkil etuvchi)ning boshqa materiallari bilan o’zaro
uyg’unlikda olib boriladi.
Davlat saqloviga shaxsiy tarkibga oid
asosiy hujjatlar tanlab olinadi.
Asosiy
hujjatlar deb mazmuni fuqarolarning
davlat
muassasalari, jamoat va kooperativ
tashkilotlari bilan o’zaro huquqiy, mehnat, xizmat aloqalarini to’la ochib beradigan
hujjatlarga aytiladi.
Dostları ilə paylaş: