24
lavhalar (1898, 1905. 1907 yy), chor Rossiyasi vakillari tomonidan o’lkaning
boshqarilishi, ularning mahalliy aholiga bo’lgan munosabati, sud organlarining
faoliyati, Xiva xonligi va Buxoro amirligining xalqaro aloqalari, musulmonlarning
turmushi va diniy marosimlar o’z aksini topgan.
Sovet davri foto- va kinohujjatlarida O’zbekistonning 74 yil davomida bosib
o’tgan yo’li aks ettirilgan. Fonohujjatlar esa davlat va jamoat arboblari, fan, adabiyot
va san’at namoyandalari, ishlab chiqarish ilg’orlarining yozib olingan nutq va
intervpyularidan, eski bolpsheviklar, fuqarolar urushi va ikkinchi jahon urushi
qatnashchilarining esdaliklaridan iboratdir. Arxivda mualliflar ijrosida badiiy asarlar
yozib olingan magnit lentalari hamda taniqli san’atkorlar va jamoalar tomonidan ijro
etilgan kuy va qo’shiqlar audiokassetalari saqlanmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Devoni arxivi va uning barcha
viloyatlardagi bo’limlarida sobiq O’zkompartiya va O’zbekiston komsomoli hujjatlari
bilan bir qatorda hozirgi kunda faoliyat ko’rsatayotgan muassasa va tashkilotlar,
jumladan Prezident Devoni, viloyatlar, shahar va tumanlar hokimliklari, O’z XDP va
“Kamolot” yoshlar ijtimoiy harakatining hujjatlari saqlanmoqda.
Har bir shaxsning hayoti va faoliyati davomida uning
ixtiyorida ma’lum hujjatlar to’planadi. Bu hujjat va
materiallar o’sha fuqaroning shaxsiy arxivini tashkil
etadi. Unday arxivlar garchi fuqarolarning shaxsiy mulki bo’lsa-da, ularda davlat
ahamiyatiga molik hujjatlar ham saqlanishi ehtimoldan holi emas. Shuning uchun
ham bunday hujjatlar ekspertiza qilingandan so’ng O’zbekiston Milliy arxivi fondiga
kiritiladi va bu hujjatlarning egalarining saqlanishini ta’minlashlari zarur. Shaxsiy
arxivlardagi bunday hujjatlarni egasining roziligi bilan mulk huquqi saqlangan xolda
davlat arxivlari, muzey va kutubxonalarda shartnoma asosida doimiy yoki depozitar
(vaqtincha) asrovga olinishi mumkin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, hozirgi kunda O’zbekistonda davlat,
idoraviy va shaxsiy arxivla mavjud bo’lib, bu arxivlarda respublikamizning o’tmishi
va hozirgi kunini o’zida aks ettirgan bebaho hujjatli manbalar saqlanmoqda. Ularni
nes-nobud qilmasdan kelajak avlodlarga yetkazish arxiv xodimlari va barcha
fuqarolarning muqaddas burchidir.
Dostları ilə paylaş: