O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə55/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72
arxivshunoslik (1)

 
Reja: 
1. 
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning maqsadlari 
2. 
Arxiv hujjatlaridan foydalanish shakllari 
3. 
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning hisobi 
Arxivlarning faoliyati jamiyatga, fanga 
xizmat qilishga qaratilgandir. Arxivlar o’z 
fondlaridagi hujjatlardan tadqiqotchilarning
aholining har tomonlama foydalanishini ta’min etishlari kerak. 
Arxiv hujjatlaridan foydalanishning 
maqsadlari 


64 
Hozirgi kunda arxivdagi hujjatlardan ilmiy, xo’jalik, targ’ibot va tashviqot, 
o’quv-tarbiya maqsadlarida, shuningdek fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy va mulkiy 
manfaatlarini qondirish maqsadida foydalaniladi. 
Olimlar arxivlardagi hujjatlardan ilmiy maqsadlarda foydalanib, dolzarb 
ilmiy muammolarni yechishlari mumkin. Arxiv manbalari ayniqsa tarix fanining 
rivojlanishi uchun g’oyat muhimdir. Tarix fanining ilmiy xulosalari asosan arxiv 
hujjatlarida keltirilgan faktik materiallarni o’rganish, ularni tahlil etish va 
umumlashtirish asosida yuzaga keladi. Arxivlardagi hujjatlarga faqatgina 
tarixchilar emas, balki tilshunos va adabiyotshunoslar, san’atshunoslar, me’morlar, 
biologlar, mediklar hamda boshqa fan va madaniyat vakillari murojaat qiladilar. 
Arxiv hujjatlaridan xalq xo’jaligini rivojlantirish maqsadida ham 
foydalaniladi. Arxiv materiallari iqtisodiyotni tashkil etish va boshqarishda, sanoat, 
transport, qishloq xo’jaligi va boshqa sohalarni yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. 
Arxivlar adabiyot va san’atning rivojiga ham katta hissa qo’shmoqdalar. 
Yozuvchilar, rassomlar, me’morlar, kino va teatr xodimlari kitoblar, maqolalar, 
ocherklar, ssenariylar yozishda, me’morchilik obidalarini ta’mirlashda, asarlar 
to’plamini yaratishda arxiv hujjatlardan keng foydalanmoqdalar. 
Arxivlar maktab va maorif sohasida ham muhim ishlarni amalga oshirishi 
mumkin. Hujjatlardan tarix darslarida foydalanish o’quv jarayonining samarasini 
oshiradi. Arxiv hujjatlaridan maktabda o’lkashunoslik ishlarini tashkil etishda 
foydalanish mumkin. Oliy o’quv yurtlarida tarix darslarida arxiv materiallaridan 
keng foydalanish maqsadga muvofiqdir. Hujjatlardan foydalanish darslarni 
jonlantiradi, 
talabalar 
olayotgan 
bilimlarni 
mustaxkamlaydi, 
yoshlarda 
vatanparvarlik tuyg’ularini shakllantiradi. 
Arxiv hujjatlari fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy ehtiyojlarini qondirishga 
xizmat qiladi. 
Arxi

hujj
atlaridan foydalanishning quyidagi shakllari mavjud: 
1. 
arxiv ma’muriyatining tashabbusi bilan 
tashkilot va muassasalar hamda jamoatchilikni mavjud hujjatlar haqida 
xabardor qilish; 
2. arxiv materiallarini nashr etish; 
3. arxivlar o’quv zallarida tadqiqotchilarning hujjatlardan foydalanishi; 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin