O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti tarix fakulteti



Yüklə 0,76 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə56/72
tarix02.03.2023
ölçüsü0,76 Mb.
#86274
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72
arxivshunoslik (1)

Arxiv hujjatlaridan 
foydalanish shakllari 
Муаммоли савол: Архив ҳужжатларидан қандай 
маысадларда фойдаланилади? 
Муаммоли савол: Архив 
ҳужжатларидан қандай йўллар 
билан фойдаланиш мумкин? 


65 
4. ko’rgazmalar tashkil etish, hujjatlar va plakatlar alpbomlarini nashr etish; 
5. matbuot uchun maqolalar, radio va televideniye uchun eshittirish va 
ko’rsatuvlar tayyorlash, leksiya va ma’ruzalar o’qish, arxivlarga 
ekskursiyalar uyushtirish
6. maktablar, texnikumlar va oliy o’quv yurtlari uchun ko’rgazmali qurollar 
tayyorlash; 
7. fuqarolarning talabina ko’ra ularga arxiv ma’lumotnomalari hamda 
hujjatlarning ko’chirma nusxalarini berish va hokazo. 
Arxivlar ularni fondlaridagi hujjatlarni foydalanishga manfaatdor bo’lgan 
tashkilot va muassasalar bilan hamkorlik qilishlari, vaqti-vaqti bilan ularni ilmiy va 
amaliy ahamiyatga ega bo’lgan hujjatlar to’g’risida xabardor qilib turishlari kerak. 
Buning uchun arxivlar ularga xatlar, ma’lumotnomalar, mavzuiy ro’yxatlar 
yuborib turishlari lozim. 
Arxiv faoliyatida hujjatlarni nashr etish muhim o’rin tutadi. Shu kunga qadar 
arxivlar ilmiy muassasalar bilan hamkorlikda O’zbekiston tarixining turli davrlari 
va masalalariga oid xilma-xil hujjatlar to’plamlarini nashr ettirdilar. Ular orasida 
Turkistonda inqilobiy harakat, 1916 yilgi xalq qo’zg’oloni, Oktyabrp inqilobi va 
fuqarolar urushi tarixiga bag’ishlangan arxeografik to’plamlarni ko’rsatib o’tish 
mumkin. Bundan tashqari gazeta va jurnallar sahifalarida ham dolzarb mavzularga 
doir ayrim hujjatlar nashr qilindi. Arxivlardagi fotosuratlarni nashr qilinishi ham 
muhim ahamiyatga egadir. 
Tadqiqotchilarning arxiv zallarida ishlashi hujjatlardan foydalanishning 
keng tarqalgan shakllaridan biridir. Barcha markaziy va viloyat arxivlarida o’quv 
zallari mavjud bo’lib, bu yerda taddqiqotchilarga qulaylik tug’dirish uchun ularga 
arxivga doir ko’rsatkichlar, tavsiflar, ro’yxat va kataloglar beriladi. Arxiv 
xodimlari tadqiqotchilarning talabi bilan ularni qiziqtirgan hujjatlarni topib 
berishlari, ularga konsulptasiya va har tomonlama yordam berishlari zarur. 
Tadqiqotchilarning buyurtmasi bilan ayrim hujjatlardan nusxa ko’chirishi yoki 
hujjatlarning mikrofilpmlashtirilgan nusxalari berilishi mumkin. 
Arxiv hujjatlaridan madaniy-oqartuv maqsadlarida foydalanish ko’p hollarda 
ko’rgazmalar tashkil etish orqali amalga oshiriladi. Ko’rgazmalar keng 
jamoatchilikka mo’ljallanadi. Ko’rgazmalar odatda turli yubiley sanalariga, ayrim 
siyosiy va jamoat arboblari, fan va madaniyat xodimlarining hayoti va faoliyatiga 
bag’ishlanadi. Ko’rgazmalarda namoyish etish uchun yozma hujjatlar, fotosuratlar, 
kinokadrlar, chizmalar, rasmlar, kitob va broshyuralar, varaqa va matnlar tanlab 
olinadi. 
Arxiv hujjatlarini omma orasida targ’ib qilishda ommaviy axborot vositalari-
matbuot, radio va televideniyening roli kattadir. 
Matubotda arxiv materiallari asosida yozilgan maqolalar, ilmiy-ommabop 
broshyuralar hamda arxivlarning hayoti haqidagi xabarlar nashr etiladi. Ularning 
mavzulari xilma-xil bo’lishi mumkin. Maqola va broshyuralar yubiley sanalariga, 
shahar va qishloqlar tarixiga, mashhur kishilar hayotiga bag’ishlanadi. 
Arxiv hujjatlari asosida radio orqali suhbatlar o’tkazish arxiv materiallarini 
targ’ib qilishning muhim vositasi hisoblanadi. Suhbat va ma’ruzalar turkum 
eshittirishlardan iborat bo’lishi ham mumkin. Odatda bunday eshittirishlar 20-30 


66 
daqiqa davom etadi. Shu bilan birga arxivlarda topilgan qiziqarli hujjatlar, tashkil 
etilgan ko’rgazmalar, o’tkazilgan konferensiyalar haqida radio orqali qisqa 
xabarlar berib turiladi. 
Arxiv materiallaridan foydalanishning qiziqarli shakllaridan biri hujjatlar 
asosida teleko’rsatuvlar namoyish etishdir. Teleko’rsatuvlarda tomoshabinning 
ongiga ta’sir qilishning xilma-xil shakllari, yo’llaridan foydalanish mumkin. 
Hujjatlarning asl nusxalarini tomoshabinlarga ko’rsatish, tarixiy voqyea 
ishtirokchilari bilan 
suhbat 
qilish, fotofonokinohujjatlardan 
foydalanish, 
ko’rsatuvlarda musiqiy asarlar va qo’shiqlardan foydalanish shular jumlasidandir. 
Teleko’rsatuvlarni bevosita arxivlarda tayyorlash maqsadga muvofiqdir. 
Arxiv hujjatlarini targ’ib qilish maqsadida arxiv xodimlarining jamoatchilik 
vakillari bilan uchrashuvlari o’tkaziladi. Ayniqsa yozuvchilar, rassomlar, 
bastakorlar, olimlar, talabalar, va matbuot xodimlari bilan uchrashuvlar yaxshi 
samara beradi. Ko’pincha bu uchrashuvlarda u yoki bu arxivning fondlarida 
saqlanayotgan hujjatlar to’g’risida ma’lumotlar beriladi. Uchrashuvlar bilan bir 
qatorda hujjatlar ko’rgazmalarini tashkil etish, muloqot chog’ida kinosyujetlar yoki 
fonohujjatlardan foydalanish uchrashuvlarni qiziqarli tarzda o’tkazishga yordam 
beradi. 
Hujjatlarni targ’ib qilish va madaniy-oqartuv maqsadlarida arxivlarga 
ekskursiyalar uyushtirish chog’ida talabalarga, maktab o’quvchilariga arxivdagi 
hujjatlar to’g’risida axborot berish zarur. 
Maktabda va oliy o’quv yurtlarida tarix fanini hamda o’lka tarixini o’rganish 
ishiga arxivlar yaqindan yordam berishlari mumkin. Buning uchun arxivda o’lka 
tarixiga doir ayrim darslar uyushtirilishi yoki mavzuiy ekskursiyalar tashkil etilishi 
kerak. Arxiv muassasalari fondlarida saqlanayotgan hujjatlar asosida maktablar va 
oliy o’quv yurtlari uchun ko’rgazmali qurollar (diagrammalar, hujjatlarning 
kseronusxalari va b.) tayyorlashda ishtirok etadilar. 
Arxivlar fuqarolar yoki ayrim muassasalarning talabiga binoan ularga arxiv 
ma’lumotnomalari yoki hujjatlardan ko’chirmalar berish borasida ham katta ishlar 
qilmoqdalar. 
Arxiv hujjatlari ayrim hollarda boshqa muassasalarga foydalanish uchun 
berilishi mumkin. Bu holat ayrim muassasalar o’z ish faoliyati bo’yicha 
hujjatlardan arxiv o’quv zallarida foydalana olish imkoniyatiga ega bo’lmagan 
taqdirdagina ro’y berishi mumkin. Arxiv hujjatlari ko’pincha oliy va mahalliy 
davlat organlariga, tergov, sud, prokratura va milliy xavfsizlik muassasalariga 
vaqtinchalik foydalanish uchun berilishi mumkin. 
Nodavlat va xususiy arxivlardagi hujjatlar yuridik va jismoniy shaxslarga 
foydalanish uchun egalarining roziligi bilan beriladi. Lekin huquqni muhofaza 
qiluvchi va nazorat qiluvchi organlar zarur bo’lganda bunday fondlardan 
foydalanish huquqiga egadirlar. 
Arxiv hujjatlarining mahfiylik darajasi, shuningdek O’zR Milliy arxiv 
fondining davlat va tijorat sirini o’z ichiga olgan hujjatlardan foydalanishga doir 
cheklanishlar O’zR Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. 
Fuqarolarning shaxsiy hayoti to’g’risidagi yoki ularning hayoti va 
xavfsizligiga tahdid tug’diruvchi ma’motlarni o’z ichiga olgan hujjatlardan 


67 
foydalanishga doir cheklanishlar hujjatlar tayyorlangan vaqtdan e’tiboran 75 yil 
muddatga belgilanadi. Ushbu muddatdan oldin ana shunday hujjatlardan 
foydalanishga fuqaroning o’zi tomonidan, uning vafotidan so’ng esa merosxo’rlari 
tomonidan ruxsat berilishi zarur. 
Arxivlarda foydalanilgan hujjatlarni hisobga olish 
yo’lga 
qo’yilgan. 
Har 
bir 
yig’majildda 
«Foydalanish varaqasi» mavjud bo’lib, unda 
mazkur yig’majilddagi hujjatlardan kim, qachon 
va nima maqsadda foydalanganligi qayd etiladi. 
Arxiv o’quv zallarida tadqiqotchilar haqida, ularnin bu yerga tashrifi va 
ularga berilgan yig’majildlarning miqdori to’g’risidagi ma’lumotlar yozib boriladi. 
Arxivlarda tadqiqotchilarning shaxsiy yig’majildlari saqlanadi, ularning mavzulari 
qayd etiladi va tashriflar kitobi yuritiladi. Bundan tashqari arxivga kelgan 
talabnomalar, ularga muvofqi berilgan ma’lumotnomalar hisobi ham olib boriladi. 

Yüklə 0,76 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin