Deyarli bir yarim asr moybaynida adolatsizlikni milliy kamsitishni, milliy iftixor hissining oyoq osti qilinishini, begona irodaning zo’rlab qabul qildirish kabi holatlarni boshdan g’echirgan xalqimiz, endlikda, mustaqilliqqa erishib, adolatli fuqorolik jamiyati tuzishga kirishdi. Adolat bugungi kunda bizning mustaqil, kelajagi buyuk davlatimizning mohiyatini anglatuvchi tushunchaga aylanib bormoqda. Axloqshunoslikning nihoyatda ta’sir doirasi keng tushunchalaridan biri vijdondir. Vijdon – Zigmund Freyd ta’biri bilan aytganda, alo men, men ustidan nazorat o’rnatib, uni boshqarib turuvchi iqqinchi, yuqora darajadagi men. Agar uyat hissi insonning tashqi, jamiyatga bog’liqligidan kelib chiqsa, vijdon uning ichgi o’z-o’ziga bog’likligini namoyon etadi. Bu ichgi bog’liqlik tashqi bog’likliqqa nisbatan teran va doimiydir: uyat ma’lum bir vaqt ichida odamning o’z nojo’ya harakat i tufayli yuzaga kelgan o’ngaysizliki bo’lsa, vijdon azobi, bu oddiy o’ngaysizlik emas, balki qalbdagi, odamdagi odamiyliqqa e’tiqodning faryodi, talabi, uni qondirmas ekansiz, hech qachon azob to’xtamaydi. Uyat bilan vijdonni, shu bois, deng’izdagi muz togiga – aysberkka o’xshatish mumkin: yuzaga uyat tarzida chiqib turgan qismi teranlikdagi qismidan yuz, balki ming barobar kichik. Ko’pincha vijdon tushunchasi o’rnida iymon iborasini uchratish mumkin. Iymon aslida diniiy tushuncha. Lekin hayotda vijdon tushunchasining sinonimi tarzida ishlatiladi. Masalan, kimnidir birov «iymonli odam» deganida, uning musulmonlikka iymon keltirgan-keltirmagani haqida o’ylab o’tirmaydi, buning ustiga, u odam musulmon emas, nasroniy bo’lishi ham mumkin. Chunki gap bu yerda o’sha odamning dindorligi haqida emas, balki vijdonli, halol, rostg’o’y eganiligi to’g’risida ketyapti. Shu ma’noda vijdon bilan iymonni egizak tushunchalar deyish mumkin. Yana bir muhim mezoniy tushuncha – burch. Burch, mohiyatan, jamiyat, davlat va shaxslarga nisbatan muayyan individdagi munosabat, ular oldidagi majburiyat. U yuqorida aytganimizdek, vijdon, e’tiqod mas’uliyat kabi tushunchalar bilan mustahkam bog’liq. Umuman, hayotda insonning har bir xatti-harakati zamirida burch tushunchasi – burchga sadoqat yoki xiyonat yotadi. Burchning insonlik burchi, musulmonlik burchi, nasroniylik burchi, farzandlik burchi singari keng qamrovli, barcha davrlar uchun umumiy bo’lgan tushunchalari ham, jurnalistlik burchi, shifokorlik burchi, olimlik burchi kabi kasbiy odob doirasidagi tushunchalari ham mavjud. Burch tushunchasining o’ziga xos jihatlaridan yana biri – uning vaqt va jamiyatda muayyanlashish xususiyati. Chunonchi, bir tuzum yo jamiyatda ijobiy hisoblangan burch talablari ikkinchi bir tuzum yoki jamiyat uchun salbiy ma’no kasb etishi mumkin. Sobiq sho’rolar fuqarosining o’sha davrdagi mavjud tuzum oldidagi burchi hozirgi kunda o’ta salbiy hodisa sifatida baholanishi bunga yorqin misol bo’la oladi. Shuni ham aytish kerakki, ba’zi hollarda burch shaxsning ko’pgina mayl-istaqlariga qarshi boradi: uni huzur halovatdan turmush lazzatlaridan mahrum etadi. Masalan, Furqat mustamlakachilar mafkurasiga xizmat qilganida, uning hayoti rohat farog’atda kechishi mumkin edi. Lekin u Vatan oldidagi, millat oldidagi burchni deb muhojirlikning og’ir qismatiga duchor bo’ldi: uni mustamlakachilar mamlakat hududidan chiqarib yuborib, qayta kiritmadilar. Furqat horijda vafot etdi. Ba’zan burch tufayli odamlar o’z sevgisidan, jon-dilidan sevgan kishisidan kechishga ham majbur bo’ladilar. Xullas, burch axloqshunoslik mezoniy tushunchalari ichidagi eng «qattiq qo’l», eng «shafqatsizi».