Umumbashariy, mintagaviy va maxalliy muammolar tushunchalari; demog’rafiya; ekologiya; ekologik tanazzul; ekosistema; demografik portlash; demografik siyosat; futurologiya.
Tag’rorlash uchun savollar
1. Umumbashariy muammolarning vujudga kelish sabablari nimada?
2. Ilmiy-texnika taraqqiyoti va uning sosial oqibatlari nimalarda namoyon bo’lmoqda?
3. Umumbashariy muammolarda demografik omilning o’rni qanday?
4. «Demografik portlash» tushunchasi haqida nima deya olasiz?
ADABIYoTLAR
1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizliqqa taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari – T., «O’zbekiston», 1997.
2. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. — T., «O’zbekiston», 1999.
3. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahgam irodasiga ishonaman «Fidog’or», 2000 yil 8 iyun.
4. O’zbekiston XXI asrga intilmoqda. – T.: «O’zbekiston», 2000.
5. Karimova K. Politiko-ekonomicheskiye reformы v O’zbekistane: realnii i perspektivы. T., 1995.
6. Pechchei A. Chelovecheskiye kachestva. M. 1985.
7. Mamashog’irov S. Ekologik ta’lim-tarbiyaning metodologik masalalari. T., 1993.
8. Falsafa asoslari. Toshkent. «O’zbekiston», 2005. 15-mavzu. Jaxon sivilizasiyasi va taraqqiyotning o’zbek modeli. 2 soat.
Reja:
1. Jaxon sivilizasiyasining hozirgi davri va rivojlangan mamlakatlar taraqqiyoti.
2. O’zbekistonning o’ziga xos rivojlanish yo’li va taraqqiyotining o’zbek modeli tug’risida I.A.Karimov nazariyasi.
3. XXI asrda O’zbekistonning sivilizasiyalashgan taraqqiyotining muhim xususiyatlari. Ma’naviy barkamol avlod-buyuk kelajak bunyodkori.
O’zbekiston mustaqillikka erishgach, jaxon hamjamiyatining teng huquqli a’zosi bo’lish imkonini qulga qiritdi. Insoniyat taraqqiyotining bugungi xolati zamonaviy sivilizasiyaning asosiy tamoyillari bilan uzviy bog’liq. Respublikamizning umuminsoniy sivilizasiya bilan uyg’unlashuvi ham ko’p jixatdan ana shunga bog’liq. Hozirgi paytda insoniyat o’z rivojining yangi bosqichiga kutarildi. U o’zida moddiy ishlab chiqarish yutuqlarini, insoniyat tomonidan orttirilgan tajribalarni, jaxon miqyosida paydo bo’lgan muammolarni oqilona xal etish yo’llari va usullarini mujassamlashtiradi.
Jaxon sivilizasiyasi deganida Sharq va G’arb sivilizasiyalari, mintaqaviy va hududiy sivilizasiyalarning yaxlit, bir butun ijtimoiy tizimi bo’lgan umuminsoniyat, sayyoramizdagi jamiyat tushuniladi. Bu tushuncha, umumiy ma’noda, zaminimizda yashagan barcha odamlarning umumiy makoni bo’lgan Yer yuzidagi xayot, tarixning hamma davrlarida mavjud bo’lgan davlat, jamiyat, xalq va millatlarning umrgo’zaronlik qilishi bilan bog’liq jarayonlar majmuasini o’zida aks ettiradi.
Bugungi taxlikali dunyoda insoniyatning eson-omon yashab qolishi va kelajakda baxtiyor bo’lishi jaxon sivilizasiyasining asosiy maqsadi va yunalishiga aylanib g’oldi. Respublikamizda bu soxada amalga oshirilayotgan ishlar butun dunyo hamjamiyati faoliyati bilan hamoxang kechmog’da. Zero, jaxon sivilizasiyasi xalqlar va millatlar, davlatlar va turli hududiy sivilizasiyalarning umumiy tizimidir.
Ayrimlik, o’ziga xoslik va umumiylik o’rtasidagi munosabatni teran anglash xozirgi zamon jaxon sivilizasiyasining shakllanish va rivojlanish xususiyatlarini falsafiy idrok etishga imkon beradi.
Yer yuzidagi har bir mamlakat jaxon sivilizasiyasi deb ataladigan yaxlit tizimning turli tarkiblari bo’lib, ularning o’zaro ta’siri, hamkorligi bu sivilizasiyaning takomillashuvi, barqaror yashashiga imkon beradi.
Tug’ri, bu tizim targ’ibida Amerika, Rossiya, Xitoy, Yaponiya kabi salmog’li tarkiblar ham bor. Ular ko’p jixatdan jaxon tizimi taraqqiyotiga ta’sir ko’rsatadi, muayyan jarayonlarning yunalishlarini belgilaydi. Ammo bu tizimda har bir davlatning, g’ichg’ina Vatigan yoki Lixtenshteyndan tortib G’ermaniyagacha, Andorra yoki Monakodan toki Fransiyagacha o’z urni, o’ziga xos ta’sir kuchi va doirasi bor. Shu ma’noda, ularning har biri, hududining katta-kichikligi, aholisining soni ganchalikidan qat’i nazar, Birlashgan Millatlar Tashkilotida teng ovozga ega. Demak, targ’iblar tizimda muayyan tarzda amal qilgani singari har bir mamlakat jaxon sivilizasiyasiga teng huquqli a’zo va muhim element sifatida kirib boradi.
Jaxon hamjamiyati o’zida umumiylikni, har bir mustaqil mamlakat esa ayrimlik va o’ziga xoslikni ifodalaydi. Bu xolda Osiyo yoki Margaziy Osiyo mamlakatlari xususiylikni aks ettirsa, O’zbekiston aloxidalikni ifodalaydi. O’zbekiston mustaqilliqqa erishganiga ko’p bo’lmaganiga garamay, jaxon hamjamiyatida o’z urniga ega. Uning Margaziy Osiyodagi mavqeyi esa bu mintaganing asosiy taraqqiyot yunalishlarini ko’p jixatdan belgilaydi.
Har bir xalq, millat o’zining betakror, noyob xususiyatlarini saqlagan xolda mustaqil rivojlanadi va jaxon hamjamiyatiga g’ushilib boradi. Bunday g’ushilish ko’pqirrali, rang-barang bo’lib, u ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy, huquqiy, davlatlararo munosabatlarni qamrab oladi.
Jaxon hamjamiyatiga g’ushilish tabiiy-qonuniyatli jarayon bo’lib, har bir mamlakatning har tomonlama taraqqiy etishi, yer yuzida umumiy xavfsizlik, tinchlik va farovonlikni ta’minlashga, tabiiy resurslar, ilm-fan va texnika yutuqlaridan keng foydalanishga, ekologik muvozanatni ta’minlashga imkon beradi. Mustaqil taraqqiyot yo’liga utgan xalqlarning jaxon hamjamiyatiga g’ushilishi, umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini e’tirof etish, xalqaro huquq me’yorlariga amal qilish, inson huquqlarini ximoya etish, demog’ratiya tamoyillariga amal qilishda yaqqol namoyon bo’ladi.
Jaxon sivilizasiyasiga g’ushilish natajasida nafaqat iqtisodiy soxada, balki xalqlar ma’naviyati, siyosati va dunyoqarashida ham muhim ijobiy o’zgarishlar ruy beradi. Bunday jarayonga tushgan xalqlar o’rtasida bir-biriga ishonch, o’zaro xurmat, hamkorlik hamda sodir bo’ladigan ziddiyat va ixtiloflarni o’zaro kelishuv, konsensus asosida xal qilishga intilish vujudga keladi. Bir-birining madaniy yutuqlari, qadriyatlaridan, tajribalaridan baxramand bo’lish xoxish-istag’i shakllanadi. Xalqlarning bir-biri bilan jipslashish tendensiyasi yaxlit, bir butun sivilizasiyani, insoniyatni e’zozlash kabi sayyoraviy ongni shakllantiradi. Ya’ni milliylik va umuminsoniylikning uygunliki jaxon sivilizasiyasida yaqqol namoyon bo’ladi va dunyo hamjamiyatining harakat dasturiga aylanadi.
Dostları ilə paylaş: |