2.Nutq
tovushining
biologik
aspekti.
Nutq
organlari
fiziologiyasi. Nutq tovushining biologik aspekti nutq organlari
anatomiyasi, fiziologiyasi va vazifaviy kechimi kabilardan iboratdir.
(Ushbu mavzuni yoritishda quyidagi adabiyotdan foydalanildi.
52
)
Nutq organlari anatomiyasi nutq organlari shakli va tuzilishi
haqidagi tasvir bilim. Nutq organlari asosan to‗rtga bo‗lib o‗rganiladi:
nafas yetkazuvchi organlar, tovush hosil qiluvchi, tovushni
shakllantiruvchi, qo‗shma ton beruvchi organ.
Nafas yetkazuvchi organlar asosan troxeya, bronxlar, o‗pka va
qo‗shimcha holda ko‗krak qafasi, plevra, diafragmalardan iborat.
Troxeya 16-20 tog‗ay miqdordagi olveollardan iborat. Har bir olveolga
bir bronxiol, bittadan arterial va vena tomiri kapilyar tolasi kiradi. O‗pka
qovurg‗alar o‗rab turgan ko‗krak qafasi ichiga joylashgan. Qovurg‗alar
muskullar vositasida o‗zaro tutashgan, elastik xarakterda. Ko‗krak
qafasidagi o‗pka plevra bilan o‗ralgan bo‗ladi. Diafragma ko‗krak
qafasi bilan qorin boshlig‗ini ikkiga ajratib turadi. Tovush hosil
qiluvchi organlar hiqildoq deb atalib, u ustma-ust joylashgan uzuksimon,
qalqonsimon, cho‗michsimon va shuningdek ponasimon, shoxsimon
51
Нурмонов А. Ўзбек тилшунослиги тарихи. –Тошкент: Ўзбекистон, 2002. –Б.20-25.
52
Миртожиев М. Ҳозирги ўзбек адабий тили. –Тошкент, 2004. –Б.30-38.
57
tog‗aylardan iborat trubasimon ko‗rinishga ega. Ular o‗zaro pay va
muskullar bilan birikkan bo‗ladi. Uning eng yuqorisi – tilning orqasida
yaproqsimon tog‗ay joylashgan. Hiqildoq uzuksimon tog‗ay orqali
troxeyaga tutashgan. Qalqonsimon tog‗ayning orqa tomonidagi
tutashmagan ikki yoni oralig‗ida bir juft cho‗michsimon tog‗ay
joylashgan. Hiqildoqning ichki o‗rta qismida ustma-ust burma bo‗lib,
ular oralig‗i hiqildoq qorinchasidan iborat. Burmalarning pastkisi tovush
burmasi, ustkisi soxta burma deyiladi. Hiqildoq trubkasi shu
burmalardan yuqori va pastga konussimon holda kengayib boradi.
Tovush burmasi ikki bo‗lakdan iborat, hiqildoq ikki yon devoridan
bo‗rtgan bo‗ladi. Uning qirralari bo‗ylab pay qatlamlari tortilib, u
tovush paylari deyiladi. Tovush paylarining bir uchi uzuksimon tog‗ay
uchiga, ikkinchi uchi cho‗michsimon tog‗ay uchiga birikkan.
Hiqildoqdagi ikki yon paylarning oralig‗i esa tovush yorig‗idir.
Bularning hammasi bo‗yin olmasi orqali joylashgan. Tovush paylari
nafas yo‗lining eng tor joyi hisoblanadi. Hiqildoqning ichki yuzasi
troxeyadagiga o‗xshash epiteliy qatlami bilan qoplangan. Bu qatlam
yuzasi mayda tuklardan iborat bo‗lib, ular yuqoriga yotqizilgandir.
Tovushni
shakllantiruvchi
organlar
asosan
halqum
va
og‗iz
boshlig‗idagi organlardan iborat. Halqum devori yuzasi epiteliy
qatlamidan iborat bo‗shliq bo‗lib, 3 qismga bo‗linadi. Pastki qismi
halqumning hiqildoq qismi deyilib, unga hiqildoq va qizilo‗ngach
tutashadi. O‗rtasi halqumning og‗iz qismi bo‗lib, og‗iz bo‗shlig‗iga
ochilgan. Yuqorisi hiqildoqning burun qismi hisoblanib, unda xoana bor.
Ular burun boshlig‗i va eshituv naylariga birikadi. Og‗iz boshlig‗i old
tomonda lablar, yoni lunjlar, tepasi qattiq va yumshoq tanglay osti til
osti muskuli bilan chegaralanadi. U orqa tomonida tomoq orqali
halqumga tutashadi. Og‗izning old va yon tomonini duga shaklida tishlar
qoplab, ular tepa va pastda o‗zaro qarama-qarshi o‗rnashgan. Tishlarni
milk tutib turadi. Tish va lab oralig‗i og‗iz dahlizi deyiladi. Og‗iz
bo‗shlig‗i tomoq orqali halqumga ochilar ekan, uning tepasida yumshoq
tanglayning o‗simtasiga o‗xshash kichik til osilib turadi. Og‗iz bo‗shlig‗i
ostini til qoplagan. Til ikki qismdan iborat: til ildizi va til tanasi. Til
ildizi: til uchli muskuli, til osti muskuli, bag‗baqa – til muskuli, til-
58
tog‗ay muskuli kabilardan tarkib topgan. Til tanasi esa bo‗ylama ustki
muskul, bo‗ylama ostki muskul, enlama muskul, tiklama muskullardan
iborat. Til o‗tmas uchli bo‗lib, shu uchidan til ildizining oxirigacha til
o‗rtasidan tepasi bo‗ylab til egati o‗tadi. Til o‗z egatiga muvofiq holda
til devori bilan bo‗yiga ikkiga bo‗lingan bo‗ladi. Shuning uchun uning
sakkiz muskuli sakkiz juft tutam holida shakllangan. Til ildizining
tutash joyi bilan halqumning orqa devori oralig‗i bo‗g‗iz hisoblanadi.
Qo‗shimcha ton beruvchi organ burun boshlig‗i hisoblanadi. Burun
boshlig‗i burun katagi orqali tashqariga ochiladi va orqada xoanalar
orqali halqumga qo‗shiladi. U burun katagidan boshlanuvchi burun
devori bilan halqumgacha ikkiga bo‗lingan. Har bir qismi chig‗anoqlar
vositasida uch kanalga ajraladi. Ya‘ni burun boshlig‗i olti kanalchadan
iborat. Burun devori asosan burun kataklarida tog‗ay bilan boshlangan
bo‗lsa ham, asosan, suyakdan tarkib topib, u xoanalargacha davom
etadi.
Nutq organlari fiziologiyasi nutq organlarining hayotiy jarayonlari
muhit bilan bo‗ladigan munosabatlaridir. Uning kishi organlari ichida
o‗ziga xos fiziologiyasi bo‗lib, buni asosan bosh miya po‗stlog‗i
boshqaradi. Ammo ularni boshqaruvchi nervlar yadrosi cho‗zinchoq
miyada joylashgan. Cho‗zinchoq miyada ikki yonma yon nerv yadrosi
bo‗lib, biri ikki yoqlama yadro, ikkinchisi til osti nervi yadrosi
hisoblanadi. Bu yadrolarning yonma-yon joylashuvi nutq organlari
fiziologiyasidagi uyg‗unlikni ta‘minlaydi. Chunki ikki yoqlama
yadrodan til halqum nevri chiqib, til, halqum va umuman nafas yo‗llarini
nervlaydi. Undan yana adashgan nevr chiqib, nafas organi
qovurg‗alararo
muskullar
va
diafragmaning
harakatlantiruvchi
nervlariga impuls yuboradi. Qovurg‗alararo muskullar nervi orqa
miyaning shu qismidan, diafragma nervi orqa miyaning bo‗yin qismidan
chiqqan bo‗ladi. Til osti nervi yadrosidan chiqqan nervi til osti va
tagidagi muskullarni nervlaydi. Adashgan nerv impuls yuborishi uchun
uning yadrosi o‗z refleksiga ega. Bu qondagi karbonat angidrid
miqdoridir. Qonda u ko‗paysa, ikki yoqlama yadroda qo‗zg‗alish bo‗ladi
va
adashgan
nervni
impuls
yuborish
uchun
qo‗zg‗aydi.
59
Harakatlantiruvchi nervlar ko‗krak qafasini kengaytiradi, nafas olish-
inspiratsiya kechadi. Keyin qon kislorodga to‗yinadi va ekspiratsiya
boshlanadi.
Kislorod
ayriboshlash
bilan
o‗tadigan
refleksga
asoslanuvchi bu kechim bir ritmda o‗zgarishsiz davom etadi. Nutq
kechimida bosh miya po‗stlog‗ining ta‘siri kuchayib, inspiratsiya faqat
og‗iz orqali bo‗ladi, odatdagidan 3-4 marta ortiq, tez o‗tadi. Ekspiratsiya
sekin-asta, ba‘zan bo‗linib -bo‗linib kechadi. Bu, albatta, imkoniyat
darajasida, kislorodga bo‗lgan tashnalikni qondirib turish holatida ro‗y
beradi. Eng sog‗lom odamda ekspiratsiya ko‗pi bilan 30-40 sekund
davom etishi mumkin. Nutq kechimidagi inspiratsiyaning katta hajmda
bo‗lishi ekspiratsiyada hiqildoq va troxeyada havo bosimining yuqori
daraja to‗plash imkonini beradi. U yumilgan tovush paylarida tutilib
turadi. Ortgan havo bosimi tovush paylari tutashgan oraliqni ochib, uni
tebratib, halqum tomonga o‗tadi. Tovush paylarining tebranishi havo
oqimiga o‗tar ekan, u unning yuzaga kelishi bo‗ladi. Nutq kechimida
hiqildoq va troxeyada havo bosimining ortishi uchun diafragmaning va
qovurg‗a oralig‗i muskullarining qisqarishi ahamiyat kasb etadi. U
havoni tovush paylari yuzasiga bosib to‗plab turadi. Tovush paylari esa
goh ochilib, goh yumilib, ochiqlik darajasi goh kengayib, goh torayib,
havoning turli bosim bilan halqum tomonga sizib o‗tishini ta‘minlaydi.
Bu tovush paylarining turlicha kuch bilan tebranishiga sabab bo‗ladi.
Ammo tovushning turli balandlikda hosil bo‗lishi havo bosimining bu
kechimlari bilan uncha bog‗li emas. U tovush paylari holatiga tobedir.
Agar tovush paylari salqiroq holatni olsa, tovush nihoyatda past chiqadi.
Chunki salqiroq tovush paylari bir-biriga kirishib yo‗g‗on tortadi.
Yo‗g‗onlashgan tovush paylarining tebranish imkoniyati kam bo‗ladi.
Bunda qalqonsimon tog‗ay bilan uzuksimon tog‗ay orasi katta ochilib,
qalqonsimon tog‗ay bilan ko‗tarilgan cho‗michsimon tog‗ayning
ikkinchi shoxchasi pasayadi va tovush paylarini bo‗shroq qo‗yadi. Agar
qalqonsimon tog‗ay bilan uzuksimon tog‗aylar orasi yaqinlashsa, tovush
paylari taranglashib, unga zarb urilganda tebranish imkoniyati ortadi va
tovush balandroq hosil bo‗ladi. Bunday tovush obertonga ham boy,
o‗ziga xos chiqadi. Shu tog‗aylar orasi nihoyatda yaqinlashib, ular
o‗zaro yopishib tursa, tovush paylari rezinka kabi cho‗ziladi va yupqa
60
tortadi. Tebranish imkoniyati nihoyatda ortadi. Ba‘zan cho‗michsimon
tog‗ay tovush burmalari muskulini ishga solib, tovush paylari
tebranuvchi qismi qirralarini qisqartiradi. Bunda hosil bo‗lgan tovush
falset tovush bo‗lib, u nihoyatda baland, chinqiroq va obertonga
nihoyatda qashshoq holda chiqadi. Odatda, past tovushlarda tovush
paylari kam vazifa bajaradi. Uning vazifasini ko‗proq tovush burmasi
muskullari oladi. Shuning uchun bunday tovush vishillaganroq, ilon
tovushiga o‗xshashroq holda eshitiladi. Ilonning ham tovush paylari
bo‗lmagani uchun, u nafas bosimini kuchaytirib, nafas yo‗li muskullarini
zo‗riqtirish bilan vishillaydi. Tovush baland hosil qilinganda tovush
paylarini faqat tarang holdagi qirralari ishlaydi. Uning vazifa bajaruvchi
qismi bolalarning tovush paylari hajmi darajasiga yaqinlashgan bo‗ladi.
Bunday holda oberton hosil qilish imkoniyati nihoyatda kamayadi.
Baland tovush hosil qilinganda hiqildoq halqumda keng ochilib, yuqori
ko‗tariladi va til ildiziga nihoyatda yaqin keladi. Bunday holda halqum,
og‗iz va ba‘zan burun bo‗shlig‗ida rezonator ton hosil bo‗lishi
kuchayadi. Shuning uchun kishining boshi zirillab turadi. Tovush bosh
qismda hosil bo‗layotgandek tuyuladi. O‗rtacha tovush hosil bo‗lishda
hiqildoq pastda bo‗lib, tovush paylari to‗laligi bilan, barcha qismlarida
tebranish bo‗ladi va hiqildoqning o‗zidan boshlab rezonator ton yuzaga
keladi. Shuning uchun bunday tovush ichdan guldirib chiqayotganday
tuyuladi. Odamlar uni, dildan chiqarilgan tovush, deb obrazli
ifodalaydilar. Tovush paylari ishtirokisiz ham tovush hosil bo‗ladi. Ular
xarakter e‘tibori bilan shivir, soxta burma uni, ming‗ir nomlari bilan
ataladi. Shivir faqat tovush burmasida hosil bo‗ladigan nihoyatda past
tovushdir. Soxta burma uni esa soxta burma muskullari zo‗riqishidan
hosil etiladigan o‗rdak g‗ag‗illashiga o‗xshash tovush bo‗ladi. Ming‗ir
yaproqsimon tog‗ay baland hiqildoq og‗zi deyarli yopiq holida tovush
hosil qilinishiga aytiladi. Halqum tovush hosil qilmasligi bilan birga uni
shakllantirmaydi ham. U faqat tovush hosil bo‗lishida karnay trubasiga
o‗xshash vazifa bajaradi.
Og‗iz bo‗shlig‗idagi til, yumshoq tanglayning kichik til va lablar
fiziologiyasi bilan bog‗li holda nutq tovushlari shakllanadi. Bu o‗rinda,
ayniqsa, til fiziologiyasi muhim o‗rin tutadi. Til odam organizmidagi
61
eng qayishqoq, eng harakatchan va murakkab vazifalarni bexato
bajaruvchi mexanizm hisoblanadi. Uning hazm qilish organizmi
sifatidagi vazifalari bir qator, shuningdek nutq organi sifatidagi
vazifalari ham juda katta. Bunda uning sakkiz juft muskul tutamining
o‗ziga xos ish vazifasi tilning murakkab xarakterlarini keltirib chiqaradi.
Til ildizi, ya‘ni suyak muskullari asosan tilning orqa qismi harakatlarini
belgilaydi. Uning uchli muskuli tilning ildiz qismini yuqori va orqa
tomonga tortish ishini bajaradi. Ostki muskuli til ildizini orqa va ostga
tortadi. Buning natijasida og‗iz bo‗shlig‗i kengayadi. Bag‗baqa-til
muskuli tilning old va pastga tortilishi uchun xizmat qiladi. Bu bilan
og‗iz boshlig‗i yana ham kengayadi. Til tog‗ay muskuli til osti muskuli
bilan mutanosib vazifa bajaradi. Umuman bu muskullar tilning orqa va
past tomonga tortilib, kurak tishlaridan nari tutilishiga xizmat qiladi.
Tilning o‗z, ya‘ni tana muskullari uning turli shakllarga kirishi va turli
shakllarda harakat qilishi uchun xizmat qiladi. Bo‗ylama ustki muskuli
til bo‗yining qisqarishini ta‘minlaydi. Bo‗ylama ostki muskuli tilni
qisqartirib, ustini yuqori ko‗taradi va belini bukish vazifasini o‗taydi.
Enlama muskul til enini toraytirib, tepaga tomon yo‗g‗onlashtiradi.
Tiklama muskul til qalinligini zichlashtiradi va og‗iz boshlig‗ining eni
bo‗yicha yoyadi. Enlama muskul yana tilning tepaga yoy shaklida
egilishi uchun ham xizmat qiladi. Til devori tilning har bir tomoni, ya‘ni
o‗ng yoki chap qismi o‗zicha mustaqil harakatlanishi, til harakati
yondoshligining ixtiyoriy buzilishi uchun sharoit yaratadi. Chunki til
muskullarining juft tutamlari til devorining ikki tomonida bittadan
mustaqil joylashib, mustaqil harakat qilish imkoniga ega. Til yuganchasi
ham o‗ziga xos vazifa bajarib, til uchini pastga va orqaga tortishda
yordamlashadi.
Yumshoq tanglay bilan kichik til ham nutq tovushi hosil qilishda
faol organ hisoblanadi. U artikulyatsiya kechimida ko‗tarilib halqumga
qarab cho‗ziladi va havoning burun boshlig‗iga ketadigan yo‗li - xoana
ustini yopadi. Natijada tovush artikulyatsiyasida burun rezanator toni
aralashmaydi. Og‗iz boshlig‗i hajmi ortib, bu bo‗shliqda rezanotor ton
hosil bo‗lishi uchun imkoniyat yaxshilanadi. Agar burun sonantlariga
artikulyatsiya ekskursiyasi bo‗lsa, yumshoq tanglay bilan kichik til
62
halqumning orqa devorlaridan narilashib, pastga tomon kengayadi va
burun yo‗lini ochadi. Ba‘zi tovushlarda u og‗iz yo‗lini butunlay yopadi.
Natijada tovush burun boshlig‗idan aylanib, burun boshlig‗i rezonator
toniga to‗yinadi. Yumshoq tanglay yana til bilan tutashib, til orqa va
chuqur til orqa artikulyatsiya o‗rinlarini shakllantiradi. Kichik til
pastlashib, tomoqni toraytiradi va artikulyatsiya bajaradi. Biroq bu
fransuz tiliga xos bo‗lib, o‗zbek tilida nutq tovushi hosil qilmaydi.
Lab fiziologiyaning nutq tovushi hosil bo‗lishda o‗z vazifasi bor. U
o‗zaro tutashuvi yoki nihoyatda yaqin kelib, havo sirg‗alib chiquvchi
uchun oraliq qoldirishi mumkin. U cho‗chchayib havo sizuvchi oraliq
bo‗yini cho‗zadi va ayrim hollarda kengayadi, katta hajmda ochiladi.
Lunj ham artikulyatsiya kechimida o‗z o‗rni bilan jag‗ tishlariga
yopishib, oraliq hosil qilib turishi mumkin. Bu ham o‗ziga xos
ahamiyatga ega. Halqum, qattiq tanglay, tish va burun boshlig‗i nofaol
organlar bo‗lib, nutq tovushi hosil qilishda harakat qilmaydi. Lekin nutq
tovushi hosil qilishda so‗zsiz o‗z o‗rniga ega. Til oldi va lab-tish
tovushlari kurak tishi ishtirokisiz artikulyatsiya qilinmaydi. Qattiq
tanglay til orqa tovushlarida rezonator ton bazasi bo‗lib xizmat qiladi.
Tovush hiqildoqdan chiqar ekan, tog‗ri halqum devorlari va yumshoq
tanglay devorlariga uriladi, og‗iz boshlig‗i rezonator tonlari asosan shu
o‗rinda hosil bo‗ladi. Burun boshlig‗ining asosan orqa qismigina
rezonator ton manbai bo‗lib, old devorlar bu vazifani bajarmaydi. Burun
boshlig‗ining old qismida rezonator ton hosil bo‗lishi faqat
manqalargagina xosdir.
Nutq organlarining ijro kechimi nutq organlarining nutq tovushi
hosil qilishdagi ishtiroki, holati va ish kechimi kabilardan iborat. Bu
barcha nutq organlarining fiziologik imkoniyati bilan bog‗liq bo‗ladi.
Nafas yetkazuvchi va tovush hosil qiluvchi organlar barcha xalqlarda va
odamda bir xil fiziologik imkoniyat doirasida vazifa bajaradi va tovush
hosil qiladi. Nutq tovushlarini hosil qiluvchi organlar hammada bir xil
bo‗lishiga qaramay, har bir xalq, millat va hatto sheva vakilida alohida,
o‗ziga xos vazifa bajaradi. Chunki artikulyatsiya o‗rni bo‗la oluvchi
barcha nutq organi ham hamma xalqda bir xil shakllanavermaydi.
63
Artikulyatsiya o‗rni tovush hosil qilishda bevosita ishtirok etuvchi bir
yoki undan ortiq nutq organining uyg‗unligidir. Kishida lab, til, kichik
til kabi nutq organlari vazifa o‗tashda faol harakat qiladi. Ulardan lablar
ikki, til to‗rt, kichik til bir, bo‗g‗iz bir artikulyatsiya o‗rniga ega bo‗lishi
mumkin. Lekin barcha til vakillarida ham ular bir xil to‗laligi bilan
shakllanmaydi va ishga kirishmaydi. Masalan, o‗zbeklarning bo‗g‗iz
artikulyatsiya o‗rni bilan kichik til artikulyatsiya o‗rni shakllanmagan
bo‗ladi. Lab-tish artikulyatsiya o‗rni ham faqat o‗zlashgan leksikada
chegaralangan holda foydalaniladi. Til o‗rta va til orqa artikulyatsiya
o‗rni ham to‗la ishlatilmaydi. Chuqur til orqa bilan til oldi artikulyatsiya
o‗rni o‗zbek tili uchun eng faoldir. Rus tili uchun bo‗g‗iz, kichik til,
chuqur til orqa umuman artikulyatsiya o‗rni sifatida sanalmaydi. Nemis,
fransuz, ingliz, arab tillarida bo‗g‗iz artikulyatsiya o‗rinlari ham
shakllangan bo‗lib, fransuz tilida kichik til artikulyatsiya o‗rni ham bor.
Lekin ularda ham chuqur til orqa artikulyatsiya o‗rni yo‗q. Buning
ustiga turli til vakili turli artikulyatsiya o‗rnidan turli artikulyatsiya
usulida foydalanadi. Artikulyatsiya usuli artikulyatsiya o‗rnining
artikulyatsiya kechimida tutgan holati bo‗ladi. O‗zbek tilida til o‗rta
artikulyatsiya o'rnidan faqat sirg‗aluvchi tovushlar, til orqa artikulyatsiya
o‗rnidan faqat portlovchi tovushlar, lab-tish artikulyatsiya o‗rnidan faqat
sirg‗aluvchi tovushlar hosil qilish uchun foydalaniladi. Qolgan
artikulyatsiya o‗rinlari maksimum ishlatiladi. Rus tilida til o‗rta va til
orqa artikulyatsiya o‗rinlari ham maksimum vazifa bajaradi. Ularda lab-
lab artikulyatsiya o‗rnida sirg‗aluvchi tovush hosil bo‗lmaydi. Ayrim
hollarda ayrim tovushlar artikulyatsiya usuli darajasi yoki gs miqdoriga
ko‗ra ham farqlanishi kuzatiladi. Masalan, i tovushi o‗zbek tilida ayni
rus va tojik tillaridagining o‗zi emas. U o‗zbek tilida nisbatan kengroq
artikulyatsiya usulida talaffuz etiladi. r sonanti o‗zbek tilida rus
tilidagidan kam gsga ega va hatto tilning titrash miqdori o‗zbek tilida
bittadan ortishi kam kuzatiladi, rus tilida 2-3 titrash miqdoriga ega
bo‗lishi oddiy bir holdir. Bularning barchasi og‗iz boshlig‗idagi nutq
organlarining qanday shakllanganligi va qanday harakatlanishga
ko‗nikma hosil qilganligi bilan bog‗li holatda kechadi. Qaysi nutq
organining
qanday
harakatlanish
uchun
shakllanishi
kishida
64
go‗daklikdan, onaning nutq kechimiga taqlid qilishdan boshlab yuzaga
keladi. U qayta-qayta mashq qilishlarning natijasi bo‗ladi. Bir tilda
so‗zlashuvchi har bir kishi o‗zaro bir xil artikulyatsiya o‗rinlarini bir xil
harakatlanadigan holda shakllantiradi. Hatto qo‗shimcha ton beruvchi
organ bo‗lgan burunning ham ton hosil qilish kechimigacha milliy
xarakterga ega. Uning ham bir til vakilida o‗ziga xos foydalanishi
kuzatiladi. O‗zbeklar faqat to‗rtta sonant artikulyatsiyasidagina
foydalansa, fransuzlar unlilar artikulyatsiyasida ham foydalanadi.
Buning ustiga undagi rezonator ton manbai o‗zbek tilidagi o‗xshash
burun bo‗shlig‗ining orqa tomoni devorlari emas, nisbatan birmuncha
beriroq o‗rnidagi devorlari hisoblanadi. Ko‗rdikki, har bir til vakilining
o‗z tilida so‗zlashishi uchun o‗ziga xos artikulyatsiya o‗rinlari
shakllangan bo‗ladi. Mana shu artikulyatsiya o‗rinlarining bir butun
holati artikulyatsiya bazasi deb ataladi. Ular artikulyatsiya bazasida
talaffuz etadi va so‗zlashadi. Har bir tilda so‗zlashuvchi vakilning o‗z
tiliga oid tovushlarni talaffuz etish uchun shakllantirilgan artikulyatsiya
bazasida talaffuz etishi, so‗zlashishi o‗z tiliga xos aksenti deb qaraladi.
Ma‘lum tilda so‗zlashuvchilarga xos aksent ularning faqat mavjud
artikulyatsiya o‗rinlari bilan bog‗liq emas. U artikulyatsiya o‗rinlarining
harakat usuli, yani artikulyatsiya usuli, artikulyatsiya usulining me‘yori,
tempi, tembri, kuchi; leksik urg‗ulari tizimi, intonatsiyasi kabilar bilan
ham o‗lchanadi. Biroq aksentning asosida hamma vaqt ham
artikulyatsiya bazasi turadi. Aksent chet tilda so‗zlashganda yaqqol
namoyon bo‗ladi. Odam o‗z tili artikulyatsiyasi bazasida chet tiliga oid
qurilmalarni talaffuz etar ekan, u o‗sha chet tiliga xos aksentni emas,
o‗z tiliga xos aksentni yuzaga chiqargan bo‗ladi. Ma‘lum tilni aksentsiz
gapirish deyilganda, boshqa til vakiliga nisbatan olinib, so‗zlanayotgan
tilga xos artikulyatsiya bazasida artikulyatsiya usullari va uning
me‘yorini o‗rniga qo‗yib, urg‗u va intonatsiyani buzmagan holda
gapirish nazarda tutiladi. Artikulyatsiyaning o‗zi ham bir necha fazadan
tarkib topadi. Ular: 1)artikulyatsion ekskursiya 2)artikulyatsion kechim
3)artikulyatsion
rekursiyadan
iborat.
Artikulyatsion
ekskursiya
artikulyatsiya o‗rnining ma‘lum tovush talaffuzi uchun uning
artikulyatsion
usuliga
safarbar
etilishi,
tayyorlanishi
bo‗ladi.
65
Artikulyatsion kechim o‗sha tovushni unga xos artikulyatsiya usulida
qayd etishdir. Artikulyatsion rekursiya esa artikulyatsiya o‗rnining
artikulyatsion kechimdan keyin o‗z o‗rniga, ya‘ni holatiga qaytishidan
iborat. Mana shu uch fazaning qayd etilishi artikulyatsiya deb qaraladi.
Nutq tovushlarining har biri qanday hosil qilinishi ham nutq
organlarining ijro kechimi hisoblanadi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Nutq tovushlariga xos bo‗lgan 3 belgini ayting.
2. Nutq tovushining biologik aspekti nimalarni o‗z ichiga oladi?
3. Nafas yetkazuvchi organlarga nimalar kiradi?
4. Tovushni shakllantiruvchi organlarga qaysilari kiradi?
5. Nutq organlarining ijro kechimi deganda nimani tushunasiz?
6. Artikulyatsiyaning o‗zi necha fazadan tarkib topadi.
Dostları ilə paylaş: |