O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Tilshunoslik va logopediya



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64
 
10-mavzu: Tilshunoslik va logopediya
Reja: 
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi, 
vazifalari. 
2.Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi.
3.Bolalar nutqining rivojlanish xususiyatlari.
4. Nutq buzilishlarini tasniflash. Tibbiy-pedagogik tasniflashda 
ajratiladigan nutq buzilishlarining turlari. Psixologik-pedagogik tasnif. 
Tayanch 
tushunchalar: 
logopediya, 
sistemalilik, 
komplekslilik, 
rivojlanish tamoyilini, nutq buzilishi, faoliyatli yondashuv, ontogenetik 
tamoyil, etiologiya va mexanizmlarni hisobga olish tamoyili 
(etiopatogenetik tamoyil), nuqsonli nutqning buzilish alomatlari va 
tuzilishini hisobga olish.


66 
1.Tilshunoslik va logopediya. Logopediya fanining maqsadi, 
vazifalari. Logopediya bu – nutq buzilishlari haqidagi maxsus ta‘lim va 
tarbiya vositasida nutq buzilishlarini o‗rganish, tuzatish va oldini olish 
haqidagi pedagogik fandir. Logopediya nutq faoliyati buzilishining 
sabablari, mexanizmlari, alomatlari, oqimlari tarkibini o‗rganadi. 
Shuning uchun uni maxsus pedagogika sirasiga qo‗shadilar. Ushbu 
mavzuni shakllantirishda pedagogika oliy bilimgohi ―Defektologiya‖ 
ixtisosligi talabalari uchun mo‗ljallangan ―Logopediya‖ o‗quv 
qo‗llanmasidan foydalanildi.
53
 ―Logopediya‖ termini grekcha logos (so‗z, nutq), peydeo 
(tarbiyalayman, o‗qitaman) so‗zlardan tashkil topgan bo‗lib, tarjimada 
to‗g‗ri ―nutqni tarbiyalash‖ ma‘nosini anglatadi. Fan sifatida logopediya 
nutq nuqsonini tuzatish, nutqiy faoliyati zaiflashgan shaxslarni o‗qitish 
va tarbiyalash jarayoni hisoblanadi. Logopediyani o‗rganish obyekti – 
nutq nuqsoniga ega bo‗lgan shaxs. Adabiy tilda qabul qilingan nutq 
normasidan biroz bo‗lsa ham chetga chiqish – bu nutq nuqsoni deb 
hisoblanadi.
Logopediya fanining quyidagi vazifalarini ajratib ko‗rsatish 
mumkin: 
1. Nutq 
buzilishining 
turli 
shakllarida 
nutq 
faoliyatining 
ontogenezini o‗rganish. 
2. Nutq 
buzilishlarining 
keng 
tarqalganligi, 
alomatlari 
va 
darajalarini aniqlash. 
3. Nutqiy faoliyati buzilgan bolalarning o‗z-o‗zidan va biror 
maqsadga qaratilgan rivojlanish dinamikasini, shuningdek, nutqiy 
zaiflikni ularning shaxs sifatida yetishuviga, ruhiy rivojlanishiga, turli 
ko‗rinishdagi faoliyatlarini namoyon qilishga, o‗zlarini tutishlariga 
ta‘sirini aniqlash. 
4. Rivojlanishida turli xil farqlar bo‗lgan bolalarda (eshitish, 
ko‗rish, fikrlash qobiliyatining hamda tayanch harakat apparatining 
53
Филичева Т.Б., Волкова Л.С., Чиркина Г.В., Мўминова Л.Р., Аюпова М.Ю. Логопедия. – Тошкент: 
Ўқитувчи, 1993. –Б.5-13; 28-34; 46-49.


67 
buzilishi hollarida) nutqning shakllanishi va nutq buzilishlari 
xususiyatini o‗rganish. 
5. Nutq buzilishining kelib chiqish sabablari, mexanizmlari, 
tuzilishi va alomatlarini aniqlash. 
6. Nutq buzilishlarining pedagogik tashxisi, metodlarini ishlab 
chiqish. 
7. Nutq buzilishlarini tartibga solish. 
8. Nutq buzilishini bartaraf etish tamoyillari, differensiyalashgan 
metodlari va vositalarini ishlab chiqish. 
9. Nutq buzilishining oldini olish metodlarini takomillashtirish. 
10. Logopedik yordamni tashkil etish masalalarini ishlab chiqish. 
Logopediyaning yuqorida ko‗rsatilgan vazifalarida uning ham 
nazariy, ham amaliy yo‗nalishlari belgilab berilgandir. Uning nazariy 
tomoni – nutq buzilishlarini o‗rganish, hamda ularning oldini olish, 
aniqlash va tuzatishning ilmiy asoslangan metodlarini ishlab chiqishdan 
iborat. Amaliy tomoni – nutq buzilishining oldini olish, aniqlash va 
bartaraf etishni o‗z ichiga oladi. Logopediyaning nazariy va amaliy 
vazifalari bir-biriga chambarchas bog‗langandir. Qo‗yilgan vazifalarni 
hal etish uchun quyidagilarni amalga oshirish kerak: 
1) fanlararo aloqalardan foydalanish va nutq hamda undagi 
nuqsonlarni 
o‗rganuvchi 
ko‗plab 
mutaxassislar 
(psixologlar, 
neyropsixologlar, neyrofiziologlar, tilshunoslar, pedagoglar, turli 
ixtisosdagi vrachlar va boshqa kishilar)ni hamkorlikda ish olib borishga 
jalb etish; 
2) nazariya sohasidagi yangiliklarni amaliyotga tezroq tatbiq etish 
uchun fan va amaliyot o‗rtasidagi aloqalarni, nazariy va amaliy 
muassasalar orasidagi hamkorlikni ta‘minlash; 
3) nutqning buzilishini o‗z vaqtida aniqlash va bartaraf etish 
tamoyillarini amalga oshirish; 
4) nutq buzilishining oldini olish uchun aholi o‗rtasida logopedik 
bilimlar targ‗ibotini olib borish.
Yuqoridagi vazifalarning bajarilishi logopediyaning ta‘sir kuchini 
belgilaydi. 


68 
Logopedik ta‘sir etishning asosiy yo‗nalishi nutqning rivojlanishi, 
nuqsonli nutqni tuzatish va nuqsonlarning oldini olishdan iborat. 
Logopedik ish jarayonida sezuvchanlik qobiliyatini rivojlantirish, uni 
harakatga keltiruvchi kuch, ayniqsa, nutqqa ta‘sir etuvchi harakatlarni 
bilish, ayniqsa, tafakkur faoliyatini, xotira, diqqat jarayonlarini 
rivojlantirish, shuningdek, ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, 
yaxshilash bilan bir vaqtda bola shaxsini tarkib toptirish, ijtimoiy 
muhitga ta‘sir etish nazarda tutiladi. Logopedik jarayonni tashkil etish 
nutq buzilishini to‗g‗rilash bilan bir qatorda psixofizik nuqsonlarni ham 
tugatish yoki yengillatish uchun sharoit yaratadi. U pedagogik ta‘sir 
qilishning muhim maqsadi bo‗lgan shaxsni har tomonlama kamol 
toptirish imkonini beradi. 
Logopediyaning ahamiyati. Logopediya fan sifatida muhim nazariy 
va amaliy ahamiyatga egadir. U tilning, nutqning ijtimoiy mohiyati, 
bolaning nutqi, tafakkuri va butun ruhiy faoliyatning chambarchas 
bog‗liqligi bilan belgilanadi. Nutq vazifasi insonning muhim ruhiy 
vazifalaridan biri hisoblanadi. Nutq rivojlanishi jarayonida bilish 
faoliyatining oliy shakllari, tafakkur qobiliyatlari shakllanadi. So‗zning 
ahamiyati o‗z-o‗zidan umumlashtiruvchi hisoblanadi va shu munosabat 
bilan o‗zida nafaqat nutq birligini, balki tafakkur birligini ham namoyon 
qiladi. Ular aynan o‗xshash emas va ma‘lum darajada bir-biriga bog‗liq 
bo‗lmagan holda paydo bo‗ladi. Lekin bolaning ruhiy rivojlanishi 
jarayonida murakkab, sifat jihatdan yangi birlik nutqiy tafakkur, nutqiy 
fikrlash faoliyati paydo bo‗ladi. Nutqiy muomala qobiliyatini 
o‗zlashtirish o‗ziga xos insoniy, ijtimoiy aloqalar uchun zamin 
hozirlaydi. U tufayli bolaning atrof-muhit haqidagi tasavvurlari 
shakllandi va oydinlashadi, uni aks ettirish shakllari takomillashadi. 
Bolaning nutqni o‗zlashtirishi uning xatti-harakatlarini anglash, 
rejalashtirish va tartibga solishga imkon beradi. Nutqiy muomala 
faoliyatning turli shakllarini rivojlantirish va jamoa mehnatida ishtirok 
etish uchun muhim shart-sharoitlar yaratadi. U yoki bu darajadagi nutq 
buzilishlari (nutq buzilishlarining xususiyatiga bog‗liq holda) bolaning 
barcha ruhiy rivojlanishlariga salbiy ta‘sir etadi, uning faoliyatida, 
yurish-turishida aks etadi. Og‗ir nutqiy buzilishlar aqliy rivojlanishga, 


69 
ayniqsa, bilish faoliyati oliy darajalarining shakllanishiga ta‘sir etishi 
mumkin.
Nutq buzilishi, nutqiy muomalaning cheklanganligi bola shaxsining 
shakllanishiga salbiy ta‘sir ko‗rsatishi, aslida bo‗lmagan ruhiy 
buzilishlarni, hissiy-irodaviy sohaning o‗ziga xos xususiyatlarini keltirib 
chiqarishi, 
uning 
xarakteridagi 
salbiy 
fazilatlar 
(tortinchoqlik, 
qat‘iyatsizlik, odamovilik, salbiylik, nomukammallik tuyg‗usi)ning 
rivojlanishi uchun yo‗l ochib berishi mumkin. Bularning barchasi 
savodxonlikni egallashga, umuman o‗zlashtirishga, kasb tanlashga 
salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Demak, logopediya fanining ahamiyati bolaning 
nutqiy buzilishini bartaraf etish, shu bilan birga uning mukammal, har 
tomonlama rivojlanishini ta‘minlashdan iboratdir. 
2.Logopediyaning boshqa fanlar bilan aloqasi. Logopediya boshqa 
fanlar bilan chambarchas bog‗langandir. Shaxsga har tomonlama ta‘sir 
ko‗rsatish, nutq buzilishini bartaraf etish va oldini olish bilan 
omilkorona shug‗ullanish uchun nutqdagi nuqsonlarning belgilarini, 
ularning etiologiyasi, mexanizmlari, nutq faoliyati buzilishi tarkibidagi 
nutqiy va nutqsiz belgilar munosabatlarini bilish kerak. Bu 
logopediyaning boshqa fanlar bilan bo‗ladigan aloqasini belgilaydi. 
Tizimlar ichidagi va tizimlararo aloqalar bor. Tizim ichidagi 
aloqalarga pedagogika hamda maxsus pedagogikaning turli sohalari: 
surdopedagogika, tiflopedagogika, oligofrenopedagogika metodikasi, 
umumiy va maxsus psixologiya bilan bo‗ladigan aloqalari kiradi. 
Tizimlararo aloqalarga esa tibbiy-biologik va tilshunoslik fanlari 
o‗rtasidagi aloqalar kiradi. 
Logopediya umumiy anatomiya va fiziologiya, nutq mexanizmlari, 
nutq jarayonining bosh miyada tashkil etilishi haqidagi, nutq faoliyatida 
ishtirok etadigan analizatorlarning qurilishi va harakatga kelishi 
haqidagi bilimlardan foydalanadi. 
Nutq buzilishi mexanizmlarini tushunish tuzatish jarayoni 
qonuniyatlarini aniqlash uchun oliy ruhiy funksiyalarning dinamik 
lokalizatsiyalanishi to‗g‗risidagi, nutqning ongda shakllanishi borasidagi 
bilimlarni egallash kerak bo‗ladi.


70 
Nutq murakkab funksional jarayondir. Uning asosida muloqot 
jarayonidagi til belgisi tartiblaridan qo‗llanish yotadi. Tilning murakkab 
tizimi uzoq muddatli ijtimoiy-tarixiy rivojlanish mahsuli bo‗lib, u bola 
tomonidan nisbatan qisqa muddatlarda o‗zlashtirib olinadi. 
Nutqiy tizim bosh miya a‘zolarining faoliyatiga asoslanadi. Ulardan 
har biri nutq faoliyatining o‗ziga xos vazifasini bajaradi. 
A.R. Luriya miya faoliyatini uchta funksional blokka ajratadi. 
Birinchi blokbosh miya po‗stlog‗i osti (yuqori stvol va limbik 
oblast) haqidagi bilimlarni o‗z ichiga oladi. U bosh miya qatlami 
tonusining normalligi va uning tetiklik holatini ta‘minlaydi. 
Ikkinchi blok –  orqa miya qatlami katta yarimsharlari bo‗laklarini 
o‗z ichiga oladi, tashqi dunyodan olingan sezgi axborotlarini qabul 
qiladi, qayta ishlaydi va saqlaydi. U bilish (gnostik) jarayonini amalga 
oshiradigan asosiy miya apparati hisoblanadi. Uning tuzilishi birlamchi, 
ikkilamchi va uchlamchi doiralarga ajraladi. Birlamchi doira – miya 
qatlamining proyeksion doiralaridir, uning neyronlari juda ham yuqori 
darajada o‗ziga xosligi bilan ajralib turadi. Ularda alohida sezgi 
a‘zolaridan sezgi axborotlarini qabul qilish hodisasi yuz beradi. 
Miya qatlami apparatlarining birlamchi doiralari ustidan ikkilamchi 
doiralar qurilgandir. Ular birlamchi doira orqali olingan qo‗zg‗alishlarni 
tahlil qiladi. Ikkilamchi doiralar birlamchi doiralar kabi, o‗zining 
ixtisosiy moddalligi (ko‗rish, eshitish va boshqa doiralar)ni saqlaydi. 
Birlamchi va ikkilamchi doiralar u yoki bu analizator (ko‗rish, eshitish 
va boshqalar)ning bosh miya qatlami birikmasini o‗zida namoyon etadi. 
Uchlamchi doiralar analizatorlarning miya qatlami bo‗linmalarini 
o‗zgartirish doiralari hisoblanadi. Ular turli moddallikda olingan sezgi 
axborotlarini tahlil, sintez, integratsiya qilish vazifasini o‗taydi. Ularning 
faoliyati asosida sintezlarning beqaror va tashqi darajasidan simvolik 
darajaga, e‘tiborini qaratish munosabatlari, murakkab logik-grammatik 
so‗zlar qurilishi haqidagi bilimlar bilan ish ko‗rishga o‗tish sodir bo‗ladi. 


71 
Uchinchi blok katta yarim sharlar qobig‗ining oldingi bo‗limlari 
(motor, motor oldi va old frontal soha) doirani o‗z ichiga oladi. Bu blok 
inson faoliyatini rejalashtirish, moslashtirish va nazorat qilishni 
ta‘minlydi. U, shuningdek, miya qobig‗i ostidagi a‘zolar faoliyati barcha 
tizimlarning tonusi va tetik holatini ular faoliyati oldiga qo‗yilgan 
vazifalarga muvofiq moslashtirishni amalga oshiradi. 
Nutq faoliyati barcha bloklarning birgalikda ishlashi natijasida 
vujudga keladi. Shu bilan birga har bir blok nutq jarayonida alohida, 
maxsus o‗ziga xos xususiyati bilan ishtirok etadi. 
Nutqning akustik belgilarini ajratib ko‗rsatish va differensiyalash 
nutq-eshitish analizatori kortikal apparatlarning analitik-sintetik faoliyati 
bilan ta‘minlanadi. Bunga miya qobig‗i markaziy va old motor quyi 
bo‗linmalari sohasi bilan bog‗liq bo‗lgan bosh miya qobig‗i (Vernike 
doirasi)ning so‗l yuqori ikkilamchi qismlari kiradi. 
Nutq aktining artikulyatsiyalashuvi, motor tashkil etilishi jarayoni 
nutq apparati muskullarining murakkab tuzatuv ishini maxsus 
muvofiqlashtirish asosida amalga oshiriladi. Nutq aktining motor quyi 
yig‗indisi markaziy qismlarning ikkilamchi bo‗limlari (kinestetik 
apparat) va chap o‗ram qismining quyi bo‗limlari (kinetik apparat) bilan 
ta‘minlanadi. Markaziy qismda nutq apparati muskullaridan 
yuboriladigan kinestetik sezgilar analizi sodir bo‗ladi. O‗ram qismida 
esa nutq aktining motor dasturi tashkil etiladi, qator nerv impulslari, bir 
harakatdan ikkinchi harakatga yengil o‗tish imkoniyatini ta‘minlovchi 
kinestatik modellar yaratiladi. 
Nutq birliklarini tanlanish va ularning kompensatsiyalashuvi, 
ma‘noning nutq ko‗rinishiga aylanish jarayoni bosh miya qobig‗ining 
eng yuqori darajada shakllanishidir. U, ya‘ni nutq bosh suyagi old va 
ustki qismi uchlamchi bo‗linmalarining aralashuvisiz hosil bo‗lmaydi. 
Bosh miya qobig‗ining uchlamchi bo‗limlari bir tekisda qabul 
qilinadigan akustik-motor axborotlarining fikrlash sxemasi va 
obrazlariga o‗tkazilishini ta‘minlaydi. Miya qobig‗ining ustki qismida, 
keng aloqalarni anglatuvchi sxema ham shakllanadi. 


72 
Yozma nutq jarayonida ham bosh miya qobig‗ining ensa va ensa-
tepa qismlarining turli bo‗limlari ishtirok etadi. 
Shunday qilib, nutq jarayonida bosh miya qobig‗ining turli qismlari 
turlicha ishtirok etadi. Bosh miya qobig‗i qaysidir qismining 
jarohatlanishi nutq faoliyati buzilishining o‗ziga xos alomatlariga olib 
keladi. Nutq jarayonining miyada amalga oshishi haqidagi ma‘lumotlar 
nutq faoliyati buzilishining etilogiyasi va mexanizmlari to‗g‗risidagi 
tasavvurlarni aniqlashtirishga imkon beradi. Bu ma‘lumotlar bosh 
miyaning lokal jarohatlanishidagi nutq buzilishlarining turli shakllarini 
(afaziya) differensial diagnostikasi uchun juda muhim bo‗lib, bemorlar 
nutqini tiklash ustida samarali logopedik ish olib borish imkonini beradi. 
Logopediya otorinolaringologiya, nevropotologiya, psixopatologiya, 
oligofreniya klinikasi, pediatriya bilan uzviy bog‗langandir. Jumladan, 
nutq va eshitish a‘zolarining patologiyasi (masalan, tovush buzilishida) 
nafaqat buzilishlar etilogiyasini aniqlashga, balki tibbiy ta‘sir ko‗rsatish 
bilan bo‗ladigan logopedik ishlarni to‗g‗ri qo‗shib olib borish uchun 
ham imkon beradi. Masalan, tovushning buzilishi qisman hiqildoq va 
tovush burishiqlari (g‗urralar, tugunchalar, papillomalar, tovush 
burmalarining chandiqqa aylanishi va boshqalar) ning turli organik 
jarohatlanishidan hosil bo‗lishi mumkin. Bunday hollardagi tovush 
buzilishining tovush apparati fiziologik ishini normallashtirmay turib 
davolash mumkin emas. Bu dori-darmon, jarrohlik, fizioterapiya, 
psixoterapiya uslubida ta‘sir etish bilan ta‘minlanadi. 
Nutq buzilishining ko‗pgina turlari markaziy asab tizimining 
organik shikastlanishi bilan bog‗liq bo‗lib, u logoped va nevropatolog-
vrach yoki psixonevrologning hamkorlikda ishlashi bilan aniqlanishi 
mumkin. Nutq buzilishi hollarida ruhiy faoliyatning turli buzilishlari: 
ruhiy rivojlanishda orqada qolish, o‗zini tutish va his-hayajon 
hollaridagi buzilishlar, diqqat-e‘tibor, xotira, aqliy faoliyat buzilishlari 
ko‗zga tashlanishi mumkin. Nutq buzilishlarini ularning paydo bo‗lish 
mexanizmlari tahlili, markaziy asab tizimi buzilishlari bilan bog‗liq 
bo‗lgan, birlamchi va ikkilamchi ruhiy faoliyati ishlarining hammasi 
psixonevrolog-vrachning xizmat doirasiga kiradi. Psixonevrolog-vrach 


73 
bolaning aqliy jihati haqida xulosa chiqaradi, nutqiy kamchiligini tibbiy 
jihatdan aniqlaydi, talab etiladigan davo choralarini qo‗llaydi. 
Nutq buzilishining ko‗pgina ko‗rinishlari miya rivojlanishining 
barvaqt sekinlashuvi bilan bog‗liq. Bunday hollarda logopedik ish 
markaziy asab tizimini maxsus dori-darmonlar bilan davolash orqaligina 
samara berishi mumkin. Bunday davoni psixonevrolog-vrach belgilaydi. 
Ayrim paytlarda nutq buzilishlari his-hayajonli qo‗zg‗olishning 
kuchayishi natijasida sodir bo‗ladigan harakatdagi notinchlik bilan 
qo‗shiladi. Bunda bola maxsus davolangunga qadar logopedning ishi 
samara bermaydi. 
Nutqning 
alohida 
ko‗rinishdagi 
buzilishlariga, 
masalan, 
duduqlanishning ayrim turlari, mutizmga yoki keskin ruhiy iztiroblar – 
qo‗rqish, hayajon, ko‗nikkan muhitning almashinishi (yaqin kishilaridan 
ayrilish) va boshqalar sabab bo‗lishi mumkin. Ularning paydo bo‗lish 
vaqtida bola tegishli kun tartibi va davoga muhtoj bo‗ladi; faqat 
psixonevrolog-vrach va logopedning hamkorlikda ish olib borishi uning 
sog‗ayib ketishiga zamin hozirlaydi. Bu ma‘lumotlarning hammasi 
shundan dalolat beradiki, logopediya pedagogik fan hisoblangani bilan u 
o‗z oldidagi vazifalarini faqat tibbiyot fanlari va avvalo, nevropatologiya 
hamda bolalar psixologiyasi yordamida muvaffaqiyatli bajarishi 
mumkin. 
Anomal bolalarni, shu jumladan, nutqi buzilgan bolalarni ham 
o‗qitish va tarbiyalash nazariyasi asab tizimi tuzilishi, uning rivojlanish 
xususiyatlari va vazifalari haqidagi bilimlar asosiga quriladi. 
Logoped nutq buzilishining nevrologik asoslarini bilishi, bolalar 
psixopatologiyasi masalalarini tushunishi kerak. Unda oligofreniya va 
ruhiy 
rivojlanishning 
tormozlanishi, 
harakat 
va 
his-hayajonli 
buzilishlarda namoyon bo‗ladigan, bolalardagi ruhiy buzilishlarning eng 
ko‗p uchraydigan shakllari haqida ham tasavvur bo‗lishi lozim. Bu 
bilimlar unga nutq buzilishining sabablarini to‗g‗ri aniqlashda, 
tuzatishning samarali metodlarini tanlashda, bolani o‗qitish va 


74 
tarbiyalash hamda uning nuqsonli rivojlanishini oldini olishda yordam 
beradi. 
Nevropatologiya, psixologiya, oligofreniya klinikasi, eshitish, 
ko‗rish, nutq a‘zolari patologiyasi bilan aloqada bo‗lish nutq buzilishini 
farq qilgan holda tashxis qilish uchun zarurdir. Shundan kelib 
chiqadigan bo‗lsak, sensor alaliya va eshitishning pasaygan hollaridagi 
nutq buzilishlarini aniqlash, eshitish faoliyatini chuqur tekshirishni talab 
qiladi; oligofreniya va alaliya hollaridagi nutq buzilishlarini belgilash 
ruhiy va sensomotor rivojlanish xususiyatlarini, intellektning ahvolini 
aniqlashsiz bo‗lmaydi. 
Tibbiyot fanlaridan ma‘lumotlar logopedga nutq buzilishining 
mexanizmlari, etilogiyasini o‗rganishga to‗g‗ri yondashish uchun 
yordam beradi, nutq buzilishlarining turli ko‗rinishlarini bartaraf etishda 
diagnostika va differensiyalashgan logopedik ta‘sir etish masalalarini 
to‗g‗ri hal etish imkonini yaratadi. Bolalarni turli tipdagi maxsus 
muassasalarga to‗g‗ri tanlash ham tashxis qo‗yishga bog‗liqdir. 
Logopediya tilshunoslik va psixolingvistika bilan uzviy bog‗langan. 
Nutq tillar birligining turli darajasi va ularning amal qilish qoidalaridan 
foydalanishni ham nazarda tutadi. Ular har xil buzilishlarda turlicha 
buzilishi mumkin. Bolaning til normalarini o‗zlashtirib olish qonunlari 
va izchilligini bilish logopedik xulosalarni aniqlashtirishga yordam 
beradi, logopedik ta‘sir etish tizimlarini ishlab chiqish uchun zarur 
bo‗ladi. 

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin