48
8-mavzu: Tilshunoslik va adabiyot. Lingvopoetika
Reja:
1.Tilshunoslik va adabiyot. Tilshunoslikning badiiy adabiyot bilan
munosabati. Lingvopoetikaning shakllanishi.
2.Badiiy tasvir vositalari. Fonetik poetika (FP), leksik poetika
(LekP),
morfologik
poetika(MP),
sintaktik
poetika
(SP)
lingvopoetikaning qismlari sifatida.
Tayanch so‘z va iboralar: Badiiy so„z, badiiy adabiyot,
lingvopoetika, emotsional-ekspressivlik, sintaktik gradatsiya, sintaktik
sinonimiya, boglovchilarning maxsus qo„llanishi, antiteza, monolog,
sukut, inversiya, takroriy gaplar, ritorik so„roq, anafora, epifora,
ellipsis, alliteratsiya, ritorik murojaat, sintaktik parallelizm, emotsional
gaplar
Tilshunoslik va adabiyot. Tilshunoslikning badiiy adabiyot bilan
munosabati. Lingvopoetikaning shakllanishi. Tilshunoslik badiiy
adabiyot bilan ham uzviy aloqadadir. Badiiy adabiyotning quroli so‗z
bo‗lganidek, so‗zning barcha ma‘no tovlanishi, gapdagi imkoniyatlari,
ta‘sir qudrati badiiy matnda ko‗rinadi. Badiiy matnda til go‗zallik
kategoriyasini voqelantiradi. A.Navoiy tilning mana shu jihatiga alohida
e‘tibor qaratib, ―Saddi Iskandariy‖ dostonida tilga shunday ta‘rif beradi:
So‗z inson tabiatining ishvagar dilbari, u ko‗zga ko‗rinmaydigan
parisifat nozanindir. So‗z – jahon-jahon diloroliqqa ega, go‗zallik va
latofat uni ko‗zga ko‗rinmas qilib qo‗ygan. G‗azal mulkining sultoni –
A.Navoiyning ushbu ta‘riflariga quyidagi fikrlar hamohangdir:
―Tilning o‗zidan ham go‗zallik moddasi sifatida, xususan, qalamu so‗z
ahli va umuman xalq foydalanadi. Chunki til yetuk hodisalardan bo‗lib,
unda go‗zallik uchun zarur bo‗lgan hamma sifatlar mavjuddir.
Birinchidan, tabiat va insondagi mavjud go‗zallikni aks ettirish vositasi
bo‗lsa, ikkinchidan, tilning o‗zi go‗zallikni vujudga keltiradi‖.
43
Buyuk shoir o‗z asarlarida tilning ta‘sir ko‗rsatish vazifasini
alohida tavsiflaydi: So‗z o‗lgan odamning tanasiga pok ruh bag‗ishlaydi.
So‗zdan tandagi tirik ruh halok bo‗lishi mumkin. Yaxshi so‗z bilan
43
Рустамий А. Адиблар одобидан адаблар. –Тошкент: Маънавият, 2003. –Б. 17-20.
49
o‗lganni tiriltira olgani uchun Iso payg‗ambar o‗zini ―Jonbaxsh‖ degan
laqab bilan atagan (―Hayrat ul-abror‖). A.Navoiy aytganlaridek, til
go‗zalligi va ta‘sir qudrati til estetikasining tub mohiyatidir.
Ta‘sirchanlik, go‗zallik kabi estetik xususiyatlar tilning barcha
shakllarida u yoki bu darajada mavjud. Biroq tilning estetik vazifasi
butun o‗ziga xosligi va murakkabligi bilan badiiy nutqda yorqin
namoyon bo‗ladi. Badiiy asar tili xuddi shu xususiyati bilan adabiy
tildan farq qiladi. Bu haqida O.Sharafiddinovning quyidagi fikrlarini
aytib o‗tish o‗rinlidir. ―Badiiy til o‗z vazifasiga ko‗ra adabiy tildan
ancha farq qiladi. Agar adabiy til birinchi navbatda aloqa quroli sifatida
ko‗rinsa, ikkinchidan haqiqatlar haqida kitobxonga informatsiya bersa,
badiiy til bu vazifalardan tashqari o‗quvchiga emotsional-estetik ta‘sir
ko‗rsatish vazifasini ham o‗taydi. Badiiy asarning tili obrazli. Tilning
obrazliligi
esa
uning
ta‘sirchanligida, rangdorligida, jilolarida
ko‗rinadi‖.
44
Haqiqatan ham badiiy asar tili kommunikatsiya vositasi
emas, san‘at asarining materiali sifatida namoyon bo‗ladi. Badiiy
adabiyotda qo‗llaniladigan barcha lingvistik vositalar til madaniyati
talablariga javob bergan holda, badiiy nutqning estetik ko‗lamdorligini
oshirishga xizmat qiladi. Badiiy asar tilini tilning aynan estetik
vazifasining namoyon bo‗lishi tarzida o‗rganuvchi sohani ―lingvistik
poetika‖ – ―lingvopoetika‖ deb nomlanishi adabiyotlarda qayd etilgan.
45
Lingvopoetikaning predmeti va obyekti xususida quyidagi fikr
ahamiyatga
molikdir:
―Filologiyaning alohida bo‗limi sifatida
lingvopoetikaning predmeti badiiy asarda foydalanilgan til birliklarining
yig‗indisi hisoblanib, ular yordamida yozuvchi o‗zining g‗oyaviy-badiiy
niyatini amalga oshirish uchun zaruriy estetik ta‘sirni ta‘minlaydi;
lingvopoetik tahlilning maqsadi muallif tomonidan u yoki bu til birligi (
so‗z, so‗z birikmasi, sintaktik konstruksiya) badiiy so‗z ijodi jarayoniga
qanday kiritilishi, til vositalarining u yoki bu o‗ziga xos birikmasi
44
Шарафиддинов О. Сўз мўъжизаси// Шарқ юлдузи.1985. №3.176-б.
45
Григорьев В.П. Поэтика слова. – М.: Наука, 1979; Йўлдошев М. Бадиий матн лингвопоэтикаси. – Т.: Фан,
2008, 18-б.
50
mazkur estetik effekt yaratilishiga qay tarzda olib kelishini aniqlashdan
iborat bo‗lishi lozim‖.
46
Y.Is‘hoqovning ―Klassik adabiyot poetikasidan ma‘lumotlar‖
maqolasida tarixiy poetikada she‘riyat uch yo‗nalishda (ilmi aruz, ilmi
bade‘, ilmi qofiya) o‗rganilganligi aytilgan. Mana shu uch yo‗nalish
tadqiq etilgan bir qancha asarlar mumtoz adabiyotimizda vujudga kelgan
bo‗lib, ularning ayrimlarida badiiy asar tiliga oid fikrlar aytib o‗tilgan.
47
G‗arbda XIX asrning II yarmida filologiya tilshunoslik va
adabiyotshunoslik fanlariga bo‗linib ketgach, poetik matnlar tahlilida
mukammallikdan, tizimlilikdan yiroqlashish yuz beradi. Har bir
yo‗nalish o‗z muammolarini hal etish, binobarin, matndan o‗zlariga
tegishli bo‗lgan masalalarni hal etishda foydalanadilar. Shu sababli,
matnni umumfilologik tahlil etish tarafdorlari bo‗lib maydonga chiqqan
bir guruh olimlar Sankt-Peterburg shahrida OPOYaz – poetik til
bo‗limini tuzadilar va uning har ikki yo‗nalishiga baravar xizmat
qiladigan kuzatishlar olib boradilar. Ushbu til bo‗limining natijalari
lingvopoetikaning shakllanishiga sabab bo‗ladi.
Badiiy asar tili va uslubini umumfilologik, stilistik, lingvistik
o‗rganish o‗zbek tilshunosligida XX asrning 20-yillaridan boshlandi.
Badiiy asar tilini o‗rganish borasidagi dastlabki ishlar I.Sulton va
A.G‗ulom nomlari bilan bog‗liqdir.
48
Biroq tilshunosligimizda badiiy
asar tilini sof lingvopoetik nuqtayi nazardan o‗rganish XX asrning 70-
80-yillaridan boshlandi. Bugungi kunda bu borada anchagina tadqiqotlar
amalga oshirilgan va bu soha o‗z predmeti, maqsadi va vazifalarini
aniqlagan, tutash sohalar orasida taraqqiy etgan sohadir.
49
46
Задорнова В.Я. Словесно-художественное произведение на разных языках как предмет
лингвопоэтического исследования: Дис. …д-ра филол. наук. – М.: 1992.-С.59.
47
Dostları ilə paylaş: |