85
Tayanch so‘z va iboralar: nevrologiya, neyrolingvistika, afaziya,
motor afaziya, sensor afaziya, amnestik afaziya, akustik-mnestik
afaziya.
1.Tilshunoslikning
nevrologiya
bilan
munosabati.
Neyrolingvistika. Tilshunoslik tibbiyotning nevrologiya bo‗limi
bilan
ham uzviy aloqada. So‗nggi davrlarda psixologiya, nevrologiya va
tilshunoslik fanlarining
oralig‗ida neyrolingvistika nomi bilan
yuritiluvchi yangi fan tarmog‗i vujudga keldi.
Neyrolingvistika (grek tilidan νεϋνον – nerv, lingua – til) – bu
psixologiya fanining tarmog‗i bo‗lib, nutqiy faoliyatning miyadagi
mexanizmlarini o‗rganuvchi va miyaga mahalliy shikast yetishida nutqiy
jarayonlarda
sodir
bo‗ladigan
o‗zgarishlarni
o‗rganadi.
Neyrolingvistikaning
fan
sifatida
shakllanishi
bir
tarafdan
neyropsixologiyaning,
boshqa
tarafdan
esa
lingvistika
va
psixolingvistikaning
rivojlanishi
bilan
bog‗liq.
Zamonaviy
neyropsixologiya tasavvurlariga mos ravishda
neyrolingvistika nutqni
tizimli funksiya, afaziyani esa birlamchi defekt va birlamchi defekt
ta‘siri natijasida yuzaga keluvchi ikkilamchi buzilishlar, shuningdek
miyaning buzilgan funksiyalarini qayta tiklashga qaratilgan ish faoliyati
natijasida paydo bo‗luvchi tizimli buzilish sifatida o‗rganadi. Miyaning
shikastlanishida tilga oid o‗zini tutish faoliyatining buzilishi bo‗yicha
olib borilgan tasodifiy kuzatuvlar o‗rta asr davridanoq ma‘lum,
biroq
ularni tizimli ravishda o‗rganish XIX asrning 2-yarmidan boshlangan.
Neyrolingvistikaning vujudga kelishi va rivojlanishining asosiy
bosqichlari neyropsixolog va mamlakatimiz neyrolingvistikasi asoschisi,
nutqiy
buzilishlarni
tizimli
tahlil
qilishni
lingvistika
va
psixolingvistikaning nazariy tushunchalari bilan umumlashtirgan
Aleksandr Romanovich Luriya tadqiqotlari bilan bog‗liq.
55
Bu soha haqidagi dastlabki ma‘ruza vrach Mark Daksga tegishli bo‗lib,
u 1836-yilda Fransiyaning Monpele shahrida bo‗lib o‗tgan tibbiyot
jamiyati majlisida miya shikastlanishi natijasida nutqini yoqotganlarni
55
Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. – М., 1975.
86
tekshirishga bag‗ishlangan ilmiy ma‘ruza bilan qatnashadi. Mark Daks
birinchi bo‗lib nutqning yo‗qolishi va miyaning
shikastlangan tarafi
o‗rtasida bog‗liqlik mavjud, degan fikrni aytadi. Bu esa o‗z navbatida
unga nutqiy funksiyalar miyaning chap yarim sharida shakllanishi
haqidagi fikrni aytish imkonini berdi. Garchi keyinchalik ma‘ruza matni
chop etilgan bo‗lsa-da, ilmiy jamiyat Mark Daks tadqiqotlariga jiddiy
ahamiyat bermaydilar. Shunga qaramay, afaziologiyani paydo bo‗lishini
an‘anaviy ravishda faqatgina ikki nafar kasalni patologoanatomik
jihatdan o‗rganish natijasida nutq markazini, ya‘ni
Brok markazini
tasodifan aniqlagan fransuz jarrohi va antropologi Polem Broka nomi
bilan bog‗laydilar. Yorib ko‗rish natijasida, har ikki kasalda ham bosh
miyaning chap yarim sharining aynan bir xil sohalari shikastlanganligi
ma‘lum bo‗ladi va aynan shu narsa Polem Brokaga avvalgi tadqiqotlar
natijasiga tayangan holda nutqiy markazni
lokallashtirish sohasida
xulosalar chiqarish imkonini beradi. Ushbu nutq markazi shikastlanishi
bilan bog‗liq bo‗lgan afaziyani Broka afaziyasi deb nomlay boshladilar.
Nemis psixonevropatologi Karl Vernike ham bundan kam bo‗lmagan
kashfiyot qiladi. 1873-yilda Vernike insultni boshidan o‗tkazgan kasalni
o‗rgangan. Bir tarafdan bu odam gapira olgan, biroq u patologik
ravishda gaplashgan. Uning eshitish qobiliyati shikastlanmagan, boshqa
tarafdan esa u og‗zaki va yozma nutqni qiyinchilik bilan anglagan.
Uning vafotidan so‗ng yorib ko‗rish jarayonida Vernike bemor miyasi
chap yarim sharining orqa yuqori qismi va chakka qismida
shikastlanishni ko‗radi. U miyaning eshitish sohasiga yaqin bo‗lgan
qismi nutqni tushunishda ishtirok etadi, degan xulosaga keladi. Shunday
qilib, Karl Vernike 1874-yilda o‗zining sensorli
afaziyani yoki uning
o‗zi nomlaganidek, boshqaruv afaziyasini birinchi marotaba ta‘riflab
bergan 72 betli ―Afazik simptomlar kompleksi‖ asarini chop etadi. O‗z
kitobida Vernike miyaning turli qismlaridagi psixik buzilishlar bilan
bog‗liq bo‗lgan turli afaziyalarni o‗zaro bog‗lashga harakat qilgan.
Keyinchalik esa u Broka va Vernike qismlarini bog‗lovchi yoysimon
asab tolalarining shikastlanishi ham motorli yoki sensorli afaziyaga olib
kelishini kashf qildi. Hozirgi kunda neyrolingvistik tadqiqotlarning
Rossiyada shakllangan ikki turdagi an‘analari haqida gapirish mumkin.
87
Birinchisi A.R.Luriya Moskva neyrolingvistika maktabi,
ikkinchisi
Balonov Deglin Sankt-Peterburg lingvistika maktabidir. Bu ikki
maktabning nazariy masalalar bo‗yicha olib borgan tadqiqotlarida turli
qarashlar yuzaga kelgan. Moskva maktabi neyrolingvistlari asarlarida
nutqiy faoliyatda miya o‗ng yarim sharining faoliyati nazardan chetda
qoldirilishi yoki e‘tiborga olinmaslik holatlari namoyon bo‗ladi,
Peterburg
maktabi
vakillari
tadqiqotlarida
esa
turli
nutq
mexanizmlarining bosh miyaning ham o‗ng, ham chap yarim sharlarida
taqsimlanganligi haqidagi fikrlar qat‘iyat va ketma-ketlikda keltiriladi.
Xullas, yuqoridagi fikrlardan anglashiladiki, turlari ko‗p bo‗lgan
fonologik, grammatik, leksik va semantik buzilishlarni qamrab oladigan
afaziyalar neyrolingvistik tadqiqotlarning predmeti bo‗lib ishtirok etadi.
Dostları ilə paylaş: