3. Nutq buzilishlarini tasniflash. Tibbiy-pedagogik tasniflashda
ajratiladigan nutq buzilishlarining turlari. Psixologik-pedagogik
79
tasnif. Nutq buzilishlarining barcha turlarini ruhiy-lingvistik mezonlar
asosida nutqning qaysi turi buzilganiga qarab ikkita guruhga bo‗lish
mumkin: og‗zaki va yozma.
54
Og‗zaki nutqning buzilishi, o‗z navbatida ikkita turga bo‗linishi
mumkin: 1) bayon qilishning fonatsion (tashqi) ta‘minlanishi, ular
nutqning talaffuz tomonining buzilishi deb ataladi va 2) bayon
qilishning semantik-struktura (ichki) jihatdan ta‘minlanishi, ular
logopediyada nutqning uzluksiz yoki ko‗p tovushli buzilishi, deb ataladi.
1.Bayon qilishdagi fonatsion ta‘minlashning zaiflashuvi buzilgan
bo‗g‗inga bog‗liq holda tabaqalanishi mumkin: a) tovush shakllanishi; b)
bayon qilishning sur‘at-ohang jihatdan tashkil etilishi; v) intonatsion
melodik; g) tovush chiqarishning namoyon bo‗lishi. Bu zaiflashuvlar
turli jarayonlarda mavhum holida kuzatilishi mumkin, logopediyada
ularga bog‗liq bo‗lgan buzilishning quyidagi turlari ajratiladi:
1.Disfoniya (afoniya) – tovush apparatining patologik o‗zgarishlari
oqibatida fonatsiyaning yo‗q bo‗lishi yoki zaiflashuvi. Ma‘nodoshlari:
tovushning buzilishi, fonatsiyaning buzilishi, fonotor buzilishlar, vokal
buzilishlar. 2.Bradilaliya – nutqning patologik sekinlashgan sur‘ati.
Ma‘nodoshi: bradifraziya. Artikulyar nutq dasturining sekinlashgan
ishlab chiqarishda namoyon bo‗ladi, markaziy bog‗langan va o‗z
tabiatiga ko‗ra organik yoki funksional bo‗lishi mumkin. 3.Taxilaliya –
nutqning patologik tezlashgan sur‘ati. Ma‘nodoshi: taxifraziya.
Artikulyar nutq dasturining tezlashgan holda amalga oshirilishida
namoyon bo‗ladi, o‗z tabiatiga ko‗ra, markaziy bog‗langan, organik yoki
funksional hisoblanadi. Sekinlashgan sur‘atdagi nutq cho‗ziq tortilgan,
bir ohangda bo‗ladi. Tezlashgan sur‘atda shoshilinch, intiluvchan,
shiddatli ekanligi ko‗zga tashlanadi. Nutqning tezlashuvi agromatizmlar
bilan birga sodir bo‗lishi mumkin. Bunday holatlar ayrim paytlarda
battarizm, parafraziya atamalari bilan ataluvchi mustaqil buzilishlar
sifatida ajratiladi. Patologik tezlashgan nutqning asoslanmagan
bo‗linishlar, tutilish, to‗xtab qolishlar bilan uchraydigan hollarda u
54
Филичева Т.Б., Волкова Л.С., Чиркина Г.В., Мўминова Л.Р., Аюпова М.Ю. Логопедия. – Тошкент:
Ўқитувчи, 1993. –B.28-34.
80
poltern atamasi bilan ataladi. Bradilaliya va taxilaliya – nutq
sur‘atining buzilishi – nutq jarayonining ravonligi, nutqning ohang va
melodik-intonatsion ifodaliligining buzilishi oqibati hisoblanadi.
4.Duduqlanish – nutq apparati mushaklarining va ixtiyoriy pay
tortishish natijasida sur‘at-ohangning buzilishidir. Ma‘nodoshi:
logonevroz. Markaziy bog‗langan bo‗ladi, funksional yoki organik
ko‗rinishga ega, ko‗proq bola nutqining rivojlanishida paydo bo‗ladi.
5.Dislaliya – tovush talaffuz qilishning normal eshitish va nutq
apparatining saqlangan innervatsiyasi paytida buzilishi. Ma‘nodoshlari:
tili chuchuklik (eskirgan), tovush talaffuzidagi nuqsonlar, fonetik
nuqsonlar, fonemalarni talaffuz qilishdagi notekisliklar. Nutqning
noto‗g‗ri tovushli (fonemali) turlanishida: tovushlarni buzib talaffuz
qilishda, tovushlarning almashinuvi yoki ularning yo‗qligida namoyon
bo‗ladi. Nuqson shuning bilan bog‗liq bo‗lishi mumkinki, bunday
paytda bolada artikulyar baza shakllanmaydi (artikulyar tomonning
tovush talaffuz etish uchun zarur bo‗lgan barcha jihatlari
o‗zlashtirilmaydi) yoki artikulyar tomon noto‗g‗ri shakllanadi. Buning
oqibatida nomuvofiq tovushlar hosil bo‗ladi. Artikulyatsion apparatning
anatomik nuqsonlari bilan bog‗langan buzilishlar alohida guruhni tashkil
etadi. Talaffuzning buzilishi psixolingvistik jihatdan yo fonemalarni
ajratish va anglash operatsiyalarining shakllanmaganligi oqibati (ya‘ni,
idrok etishdagi nuqsonlar) yoki saralash va ishlab chiqarish (shuningdek,
unumlilik nuqsoni) vazifasini shakllanmaganligi, yohud tovushlarni
ishlab chiqarish shartlarining buzilganligi deb qaraladi. Anatomik
nuqsonlarda buzilishlar organik xususiyatga, ularning ishtirokisiz esa
funksional xususiyatga ega bo‗ladi. Buzilishlar, odatda, bola nutqining
rivojlanish jarayonida; periferik apparatning jihozlanish hollarida u har
qanday yoshda paydo bo‗lishi mumkin. Tavsif qilingan nuqsonlar
saylanma hisoblanadi va ularning har biri mustaqil notekislik maqomiga
egadir. Ammo shundaylari ham uchraydiki, ularda tovushni bayon
qilishning fonatsion turlanishlari murakkab mexanizmidagi bir necha
bo‗g‗inlarning bir paytning o‗zida xastalashuvi kuzatiladi. Bundaylarga
rinolaliya va dizartriya kiradi. 6.Rinolaliya – tovush tembri va
talaffuzining nutq apparatidagi anatomik-fiziologik nuqsonlar bilan
81
bog‗liq holdagi buzilishdir. Ma‘nodoshlari: dimog‗ bilan gapirish
(eskirgan), palatolaliya. Tovush tembrining patologik o‗zgarishida
namoyon bo‗ladi. Bu holat chiqarilayotgan nafas oqimining barcha nutq
so‗zlarini talaffuz qilish paytida burun bo‗shlig‗iga o‗tishi va unda aks-
sado berishi oqibatidir. Rinolaliya paytida bundan tashqari barcha nutq
tovushlarining (dislaliya holatidagi kabi alohida tovushlarni emas),
buzib talaffuz etilishi kuzatiladi. Bunday nuqsonda prosodik buzilishlar
ham tez-tez uchrab turadi, rinolaliya paytidagi nutq kam tushunarsiz
(noaniq), bir ohangli bo‗ladi. Bunday buzilishlar chet ellardagi qator
ilmiy ishlarda ―palatolaliya‖ (lotincha palatum – tanglay) atamasi bilan
ataladi. Qolgan barcha hollardagi tovushlarning turli lokalizatsiyalarning
funksional yoki organik buzilishlari bilan bog‗liq noto‗kis talaffuzi
bunday ishlarda rinolaliya deb ataladi. 7. Dizartriya – nutq talaffuzi
tomonining nutq apparati innervatsiyasidagi yetishmovchilik bilan
bog‗liq holdagi buzilishidir . Ma‘nodoshi: tili chuchuklik (eskirgan).
Bunda fonatsion turlanishdagi bayonning murakkab mexanizmlari
barcha bo‗g‗inlarning shakllanmagani kuzatiladi. Buning natijasida
tovush nuqsonlari, prosodik va artikulyatsion-fonetik nuqsonlari paydo
bo‗ladi. Tovushli nutqni ishlab chiqishning imkoni bo‗lmagan paytda
paydo bo‗ladigan anartriya dizartriyaning og‗ir darajasi hisoblanadi.
Yengil dizartriya paytida, qachonki nuqson ko‗proq artikulyar, fonetik
buzilishlarda namoyon bo‗lganida, uning uncha bilinmaydigan shakli
haqida so‗z yuritiladi. Bunday holatlarni dislaliyadan ajratish lozimdir.
Dizartriya markaziy xarakterdagi organik buzilishlarning oqibati
hisoblanadi. Markaziy asab tizimi buzilishini lokalizatsiyalashda
dizartriyaning turli shakllari ajratib ko‗rsatiladi. Buzilishning og‗irligiga
qarab esa, dizartriyaning paydo bo‗lish darajalari farq qilinadi.
Dizartriya ko‗pincha bosh miyaning erta falajlanishi natijasida paydo
bo‗ladi, lekin u bola rivojlanishning har qanday bosqichda
neyroinfeksiya va miyaning boshqa kasalliklari oqibatida paydo bo‗lishi
ham
mumkin.
Bayon
qilishning
strukturali-simantik
(ichki)
turlanishidagi buzilishi ikki tur: alaliya va afaziya bilan ko‗rsatiladi.
Alaliya – bosh miya qobig‗idagi nutq zonalarining bolaning ona
qornidagi yoki ilk rivojlanish davrida organ shikastlanishi natijasida
82
nutqning yo‗q bo‗lishi yoki rivojlanmay qolishi. Ma‘nodoshlari:
disfaziya, erta yoshda paydo bo‗ladigan bolalar afaziyasi, rivojlanish
afaziyasi, gunglik (eskirgan).
2. Afaziya – bosh miyaning muayyan joyi shikastlanishi bilan
bog‗liq holda nutqning to‗liq yoki qisman yo‗qolishi. Ma‘nodoshlari:
nutqning buzilishi, yo‗qolishi.
Yozma nutqning buzilishi. Uning qaysi turi buzilganiga qarab ikki
guruhga ajratiladi. Mahsuldor tur buzilganida yozuvning zaiflashuvi,
retseptli yozma faoliyat buzilganida o‗qishning zaiflashuvi qayd
qilinadi. 1.Disleksiya – o‗qish jarayonining qisman o‗ziga xos
buzilishi. Harflarni idrok etish va tanishdagi qiyinchiliklarda; harflarni
bo‗g‗inlarga qo‗shish va bo‗g‗inlardan so‗z tuzish borasidagi
tutilishlarda (bu so‗z shakllarini noto‗g‗ri talqin qilishga olib keladi);
agrammatizmda va o‗qiganlarini buzib tushunishda namoyon bo‗ladi. 2.
Disgrafiya – yozish jarayonining qisman o‗ziga xos ravishda buzilishi.
Harfning optik-fazoviy obrazining turg‗un emasligida, harflarning
aralashib ketishi yoki tushib qolishida, so‗zning so‗z-bo‗g‗in tarkibini
bayon qilish va gap qurilishida namoyon bo‗ladi. Shunday qilib,
logopediyada nutq buzilishlarining 11 ta shakli ajratiladi, ulardan 9 tasi
og‗zaki nutq natijasi va ishlab chiqarishning turli jarayonlardagi
buzilishlarini tashkil etadi. Qolgan 2 ta shakl esa yozma nutqning
buzilish jarayoni bilan bog‗liq holda ajratiladigan buzilishlarni o‗z
ichiga oladi. Og‗zaki nutqning buzilishlari orasida disfoniya (afoniya),
taxilaliya, bradilaliya, duduqlanish, dislaliya, rinolaliya, dizartriya
(anartriya), alaliya, afaziya ajratiladi; yozma nutqning buzilishlari
orasida disleksiya (aleksiya) va disgrafiya (agrafiya) ajratiladi.
Nutq buzilishlarini tasniflashda psixologik-pedagogik tasnif ham
alohida o‗rin tutadi. Psixologik-pedagogik tasnif tibbiy tasniflarni
pedagogik jarayonda qo‗llanish nuqtayi nazaridan tanqidiy tahlil qilish
natijasida vujudga keldi (bu uslub logopedik ta‘sir etish deyiladi).
Bunday tahlil logopediyani nutqiy rivojlanishi buzilgan bolalarni
o‗qitish va tarbiyalashga jalb etish bilan bog‗liq holda juda muhim
bo‗ldi. Tadqiqotchilarning e‘tibori bolalar jamoasi (o‗quv guruhi, sinf)
83
bilan ishlash uchun zarur bo‗lgan logopedik ta‘sir etish metodlarini
ishlab chiqishga yo‗naltirilgan edi. Buning uchun bolalardagi nutqning
nome‘yoriy rivojlanishining turli shakllari nuqsonlardagi umumiy
ko‗rinishi, ayniqsa, o‗qish jarayonida tuzatish uchun dolzarb
hisoblanganlarini topish zarur edi. Bunday yondashuv buzilishlarni
guruhlashda boshqacha tamoyilni talab qildi. Bu shunday tamoyilki,
tibbiy tasniflash (umumiy xususiyga emas, xususiydan umumiyga
bo‗lgan) uning asosiga quriladi. Bu uni lingvistik va ruhiy mezonlar
asosida qurishga imkoniyat yaratadi. Ular orasida nutq tizimining
tuzilish komponenti (tovush tomoni, grammatik tuzilishi, lug‗at zonasi),
nutqning funksional jihatlari, nutqiy faoliyat turlarining (og‗zaki va
yozma) o‗zaro aloqadorligi hisobga olinadi. Keltirilgan tasnifda nutq
buzilishlari ikki guruhga bo‗linadi. Birinchi guruh – muomala
vositalarining (nutqning fonetik va fonematik va umumiy rivojlanmay
qolishi) buzilishi.
1. Nutqning fonetik va fonematik rivojlanmay qolishi – bolalarda
ona tilini talaffuz qilish tizimi shakllanish jarayonlarining fonemalarini
idrok etish va talaffuzdagi nuqsonlar oqibatida turlicha nutq
zaiflashuvlari bilan bog‗liq ravishda buzilishlaridir.
2. Nutqning to‗liq rivojlanmay qolishi – turli xil murakkab nutqiy
kamchilikdir, bunda nutq tizimining tovush chiqarish va ma‘noli
tomonlariga taalluqli barcha komponentlarining shakllanish jarayoni
buzilgan bo‗ladi.
Umumiy
alomatlari
sifatida
quyidagilar
qayd
qilinadi:
nutq
rivojlanishining kech boshlanishi, lug‗at boyligining kamligi,
agrammatizm, talaffuzdagi nuqsonlar, fonemalar tuzilishdagi nuqsonlar.
Nutqning bunday rivojlanmay qolishi turli darajalarda aks etishi
mumkin: nutqning yo‗qolishi yoki uning noaniq bog‗lanishsiz holatidan
mukammal holatigacha, lekin fonetik va leksik-grammatik rivojlanmay
qolish elementlari bo‗ladi. Bolada nutq vositalarining shakllanganlik
darajasiga qarab to‗liq rivojlanmay qolish uch darajaga bo‗linadi.
Ikkinchi guruh – muomala vositalarini qo‗llashdagi buzilish (unga
duduqlanish ham kiradi), bu muomala vositalarining to‗g‗ri shakllangan
holatidagi nutqning kommunikativ funksiyalarini buzilishi deb qaraladi.
84
Bir necha xil (kombinatsiyalangan) nuqson ham bo‗lishi mumkin, bunda
duduqlanish nutqning umumiy rivojlanmay qolishi bilan qo‗shilib
ketadi. Yuqoridagi tasnifda yozish va o‗qishning alohida nutq buzilishi
sifatida ajratilmaydi. Bular nutqning fonematik-fonetik va to‗liq
rivojlanmay qolish tarkibida, ularning asosiy belgilaridan birini tashkil
etuvchi fonematik va morfologik umumlashuvining shakllanmagani
bilan bog‗liq ravishdagi sistemali va kechiktirilgan oqibati sifatida
ko‗rib chiqiladi. Tasniflashda sistemali yondashuv tamoyiliga izchil
tayanish aks etadi, uning asosida ikkita o‗zaro bog‗lanish hisobga
olinadi: nutqiy faoliyat sistemadagi buzilishlarning o‗zaro bog‗lanishlari
va bolaning bir ko‗rinishdagi ruhiy jarayoni hamda boshqa ruhiy
tomonlaridagi buzilishlarning o‗zaro aloqadorligi, ularning rivojlanishi
nutq bilan uzviy bog‗langandir.
Yuqorida bayon qilingan tasnif logopediya nazariyasining hozirgi
ahvolini o‗zida aks ettiradi. Ular o‗rtasida qarama-qarshiliklar yo‗q, ular
bir-birini to‗ldiradi. Zero, logopediyaning vazifasi – nutq buzilishlarini
tartibga solishni takomillashtirishdir.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Logopediya so‗zini izohlab bering.
2. Logopediyani fan sifatida ta‘riflab bering.
3. Logopediyaning predmeti, obyekti va ahamiyatini sharhlang.
4. Logopediya fanining maqsad va vazifalari nimalardan iborat?
5. Logopediya qaysi fanlar bilan bog‗langan?
Dostları ilə paylaş: |