2. Afaziya va uning turlari. Afaziya – bu bosh miyaning
shikastlanishi natijasida nutqni to‗liq yoki qisman yo‗qotishdir. Afaziya
(yunoncha a - inkor qo‗shimchasi, phasis – nutq, ya‘ni gapira olmaslik,
so‗zlash qobiliyatining buzilishi). Afaziyaga bosh miya po‗stloq
qavatidagi so‗zlashish markazining o‗zgarishi sabab bo‗ladi.
Afaziyaning motor afaziya, sensor afaziya, amnestik afaziya, akustik-
mnestik afaziya kabi turlari mavjud.
Motor
afaziya
inson
miyasidagi
Broka
markazining
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Afaziyaning bu turida afaziyaga
chalinganlar nutqni tushuna oladi, lekin gapirmoqchi bo‗lganda
so‗zlarni topa olmasligi sababli gapira olmaydi. Motor afaziya bosh
miya o‗ng yarim shar maydonini harakatga keltiruvchi a‗zolarning
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Harakatga keltiruvchi markaz
Broka markazidir. 1)Afferent motor afaziya orqa markaziy va bosh
miya po‗stlog‗ining tepa qismi shikastlanishi natijasida yuzaga keladi.
Afferent motor afaziya (afferent – olib kiruvchi, afferentlar – asab
tugallanmalari). Afferent uchun tovushni tanlash zanjirining buzilishi
xosdir. Shuning uchun afaziyaning bu turi tovushlar tarkibini buzilishi
kabi o‗ziga xos xususiyatlarga ega. Dastlabki davri nutq organlariga
yaqin ko‗rib bo‗lmaydigan kamchiliklarni o‗z ichiga oladi.
88
Akustik-mnestik afaziya – bu nutqiy ma‘lumotni ushlab qolish
hajmining buzilishi, eshitish va nutqqa oid xotiraning tormozlanishidir.
U chap chakkaning o‗rta qismlarining shikastlanishida yuzaga kelishi
mumkin. Bu uzun, besh-yettidan ortiq so‗zlardan tashkil topgan ko‗p
bo‗g‗inli gaplarni tushunishdagi qiyinchiliklarga olib keladi. Bunda
eshitib saqlab qolish qobiliyati to‗xtab qolishi yoki hajmi torayishi
mumkin.
Optik-mnestik afaziya – bu ko‗rib eslab qolish xotirasining
buzilishi, so‗zlar obrazini ko‗rishning susayishidir. Predmetlar va ularni
nomlanishini, harakatlarni nomlanishini osonligini saqlangan holda,
qiyinchiliklarni yuzaga kelishida namoyon bo‗ladi. U miya chap yarim
shari chakka qismining orqa ostki qismining shikastlanishida yuzaga
keladi.
Amnestik afaziya - bosh suyagining chakka tepa qismi atrofi
shikastlanishi natijasida yuzaga keladi. Kamchiligi ular narsalarning
nomlarini qiyinchilik bilan saqlab qoladi. Afaziyaga chalingan bo‗lsa
ham, ularning ma‘nosini biladi va ishlata oladi. Bunday afaziyaga
chalingan bemorga kalit ko‗rsatilsa, ularni nomlay olmaydi, lekin javob
beradi. Bu nima deb so‗ralganda hech bo‗lmaganda kalit ochiq yoki
yopiq deya aylanma harakat qiladi. Amnestika kuchli ta‘sir ko‗rsatishi
natijasida og‗zaki parafaziya yuz beradi.
Semantik afaziyaning asosida nutqni simultan tahlil qilish va
uni sintez qilish yotadi. U miya chap yarim sharining yuqori chakka,
gardan qismlarining uchlamchi zonalarining shikastlanishida yuzaga
kelishi mumkin. Semantik afaziya – bu grammatik murakkab iboralar
ma‘nosini anglash, fleksiyalar yordamida ifodalanuvchi so‗zlar
o‗rtasidagi munosabatlar, atributiv konstruksiyalar buzilishi bilan
xarakterlanuvchi simptom majmuyidir.
Xullas, bosh miyaning shikastlanishi nutqimizga o‗z ta‘sirini
ko‗rsatmasdan qolmaydi. Bu shikastlanish natijasida nutqimizda turli
xil nutqiy kamchiliklar: nutqning yo‗qolishi, eshitish qobiliyatining
susayishi va idrok qila olmaslik, ya‘ni fikr yurita olmaslik kabilar
89
yuzaga keladi. Bu kamchiliklar tilning fonetik, leksik, morfologik,
sintaktik va semantik sathlarida namoyon bo‗ladi.
Miya nutq zonasining zararlanishi va buning natijasida nutqiy
faoliyatning buzilishi masalasi bobokalonlarimiz Ibn Sino, Beruniy
asarlarida qayd etilgan va mazkur kasalni davolashga e‘tibor bergan
bo‗lsalar-da, lekin u alohida fan tarmog‗i sifatida shakllana olmadi.
Miya zararlanishining nutqqa ta‘siri muammosi izchil ravishda XIX
asrning ikkinchi yarmidan boshlab o‗rganildi. Neyropsixologiya va u
bilan bog‗liq neyrolingvistika maxsus fan sifatida yaqindagina – o‗tgan
asrning 70-yillarida shakllandi. Bu fanning vujudga kelishida
A.A.Leontyev, A.R.Luriya, E.S.Beyn, R.M.Boskis, Ye.N.Venarskaya,
O.S.Vinogradova, N.A.Eysler singari olimlarning xizmati katta.
Neyrolingvistika fani bo‗yicha to‗liq ma‘lumot beruvchi ilk kitob
A.R.Luriya tomonidan yozildi.
56
Nutqiy axborot jarayoni, ya‘ni
kishilarning o‗zaro nutq yordamida bir-biriga axborot berish va bir-
biridan axborot qabul qilish jarayoni bir qancha fanlarning o‗rganish
obyekti sanaladi. Xususan, bu jarayon tilshunoslik va psixologiya fanlari
tomonidan chuqur o‗rganilgan. Tilshunoslik kishilarning asosiy aloqa
vositasi bo‗lgan til va uning bevosita aloqa-aralashuv jarayonida
voqelanuvchi nutqni ajratgan holda, ichki tuzilish, tuzilish birliklari,
mazkur tuzilish birliklarining nutqiy jarayonda turli-tuman voqelanishi,
―ichki tuzilish‖dan ―tashqi tuzilish‖ga o‗tishning asosiy bosqichlari va
yuqoridagi ikki tuzilishning o‗zaro munosabatlari kabi qator masalalarni
atroflicha o‗rgandi. Inson borliqni ongida aks ettiradi. Aks ettirish sezgi
organlari yordamida amalga oshiriladi. Sezgi organlari esa tashqi olam
haqida muayyan axborotlarni miyaga uzatadi. Miya bu axborotlarni
umumlashtiradi. Ko‗rinadiki, obyektiv olamni aks ettirish jarayoni
markaziy nerv sistemasi, bosh miya orqali yuzaga chiqadi. Nerv
sistemasi, odatda, ikki guruhdagi nerv sistemalarini o‗z ichiga oladi: 1)
markaziy nerv sistemasi; 2) chegara nerv sistemasi. Borliq haqida
axborot beruvchi nutq va uni tushunish chegara nerv sistemalarining
markazga qarab yo‗nalishi orqali amalga oshiriladi. Chegara nerv
56
Лурия А.Р. Основные проблемы нейролингвистики. – М., 1975.
90
sistemalari markaziy nerv sistemalariga obyektiv borliqdagi narsa va
hodisalarning muayyan belgilari haqidagi ma‘lumotni beradi. Shuning
uchun chegara nerv sistemasiga aloqador a‘zolarni tahlil qiluvchilar
(analizatorlar) deb yuritiladi. Ular ko‗rish, eshitish, ta‘m bilish a‘zolari
sanaladi. Har bir analizatorda ikki turdagi nerv strukturasi ajratiladi:1)
axborotni mazkur sezgi organidan bosh miya pardasiga eltuvchi
struktura; 2) borliq predmetlariga yo‗naltiruvchi struktura (miyaning
bilish zonasi). Uchinchi sath sifatida murakkab anatomik tuzilishga ega
til pardasi zonasi ajraladi. Bu zonada miyaning turli analizatorlaridan
kelgan belgilar kompleksi birlashtiriladi, natijada sezgi hissiyotidan til
umumlashmasiga o‗tish imkoni tug‗iladi.
Nutq hosil qilish, til xulqi aks harakat: markazdan chegaraga tomon
harakat orqali yuzaga chiqadi. Miya analizatorlari qoplangan zonada
shakllangan nutqiy dastur nutq praksizi zonasida konkretlashadi va nutq
organlari (shuningdek, yozma nutqni yuzaga chiqaruvchi sistema)
ishtirokida proyeksiya harakat sistemasi yordamida yuzaga chiqadi.
Miyaning praksiyali sistemasidan (sensor yoki harakatlanuvchi)
farqli ravishda gnostik-praksik parda va pardali analizatorlarni yopish
zonasi funksional asimmetriya bilan xarakterlanadi: til sistemasi va nutq
orqali ifodalangan tafakkur esa uning yarimshari bilan bog‗langan.
Inson miyasi murakkab funksional sistema bo‗lib, eng kamida uchta
asosiy blok ishtirokida muttasil faoliyat ko‗rsatadi. Ulardan biri
pardaning tetiklanishini ta‘minlaydi va tanlash, selektiv faoliyat shaklini
uzoq amalga oshirish imkonini beradi. Boshqasi axborotni olish, qayta
ishlash va saqlashni ta‘minlaydi. Uchinchisi esa faoliyatni
programmalashtirish, boshqarish va nazorat qilish vazifasini bajaradi.
Yuqorida bayon qilingan bloklarning zararlanishi ularning bir
me‘yordagi vazifasiga salbiy ta‘sir etadi. Birinchi blokka mansub
apparatlarning
zararlanishi
psixik
faoliyatni
tanlash,
selektiv
imkoniyatini cheklaydi. Ikkinchi blok apparatlarining zararlanishi
axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash qobiliyatini yo‗qotadi.
Uchinchi blokning zararlanishi esa programmalashtirish, barqaror
ravishda boshqarish va nazorat qilish imkonini cheklaydi.
91
Ko‗rinadiki, miyadagi har qanday zararlanish inson faoliyatining
ma‘lum
qismiga salbiy ta‘sir ko‗rsatadi. Sensor proyeksiya
sistemasining
zararlanishi
eshitish
va
ko‗rish
organining
kuchsizlanishiga olib keladi. Buning natijasida og‗zaki va yozma nutqni
qabul qilish imkoni pasayadi. Nutqiy agnoziya holatida bemor ko‗rish va
eshitish qobiliyatini yaxshi saqlagan holda, ona tilining tovush
«qiyofasi»ni (nutqiy eshitish agnoziyasi) yoki yozma nutqda harf
ko‗rinishini (nutqiy ko‗rish agnoziyasi) unutadi. Bunday vaqtda bemor
gapirishi yoki yozishi mumkin. Nutqiy eshitish agnoziyasiga uchragan
bemor o‗qishi, nutqiy ko‗rish agnoziyasiga uchragan bemor esa og‗zaki
nutqini tushuntirish mumkin.
Nutqiy apraksiya ro‗y berganda esa teskari holatga duch kelinadi.
Bu vaqtda bemorning nutq organlari harakati va yozish harakati
buziladi, tovush va so‗zlarni talaffuz qilolmaydi va yozolmaydi. Lekin
atrofdagi odamlar nutqini tushunish, yozuvlarini o‗qish qobiliyati
saqlanib qolishi mumkin.
Analizatorlar yopqichlarining parda zonasi zararlanganda afaziya
holati kuchayadi. Bu vaqtda har qanday nutqiy faoliyat: eshitish, ko‗rish
faoliyati ham, talaffuz qilish, o‗qish faoliyati ham so‗nadi. Agar
zararlanish manbai o‗rtacha bo‗lsa, bemorning so‗zda tovushni farqlash
qobiliyati yo‗qoladi. Fonetik jihatdan yaqin so‗zlarni aralashtirib
yuboradi. Ba‘zan afaziya holatida eshitgan yoki o‗qigan narsalarning
ma‘nosini tushunmagan holda mexanik ravishda takrorlashi mumkin.
Neyrolingvistika uchun ikki til va ko‗p til egalarining
(poliglotlarning) miyasi zararlanishi katta material beradi. Bu vaqtda
bemor bir tilni ma‘lum darajada saqlagan holda, ikkinchi tilni butunlay
unutishi yoki bir necha tillarning birliklarini aralashtirib yuborishi
mumkin.
Neyrolingvistika yuqoridagi holatlarni aniqlash orqali bemorlarni
samarali davolash uchun katta imkoniyat yaratib beradi.
Lingvistika va tibbiyotning qo‗lga kiritgan yangi-yangi yutuqlari
neyrolingvistikaning tekshirish usullarini takomillashtirib boradi.
Hozirgi kunda neyrolingvistika psixolingvistika, neyropsixologiya,
neyrofiziologiya, psixoakustika, kibernetika kabi oraliq fanlar g‗oyalari
92
va metodlaridan barakali oziqlanmoqda. Shunday qilib, neyrolingvistika
insonning
olamni
belgilashtirish
tabiatini
kompleks
ravishda
o‗rganishning bir tarmog‗i sifatida rivojlanib bormoqda.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1. Tilshunoslikni biologiya tarkibidagi fan sifatida tilni biologik hodisa
sifatida o‗rgangan yo‗nalish?
2.Tilshunoslik va nevrologiya oralig‗idagi fan.
3. Nutq tovushlarining artikulyatsion belgisi qaysi fanda ham
o‗rganiladi.
4.Neyrolingvistika haqida kim 1-ma‘lumot bergan?
5. Afaziyaning qanday turlari bor?
6.Afaziyaning qaysi turida bemor narsaning nomini esdan chiqaradi,
biroq narsaning ko‗rinishini ko‗rsatib bera oladi?
7.Afaziyaning qaysi turida bemor nutqni tushuna oladi, biroq so‗zlarni
topolmay qiynaladi?
Dostları ilə paylaş: |