13-mavzu: Valentlik nazariyasi va tilshunoslik
Reja:
1.Valentlik nazariyasi va tilshunoslik.Verbosentrik nazariyaning
shakllanishi
2.Valentlik turlari.
Tayanch tushunchalar: valentlik, leksik, sintaktik, mantiqiy
valentlik, verbosentrik nazariya, avalent, bir valentli, ikki valentli, uch
valentli fe‟llar.
1. Valentlik nazariyasi va tilshunoslik. Valentlik atamasi
lot.valentia so‗zidan olingan bo‗lib, ―quvvat‖, ―kuch‖ degan ma‘noni
beradi. Bu atama kimyoda bir element atomining boshqa element atomi
bilan bog‗lanish xususiyatini ifodalash uchun qo‗llanilsa, tilshunoslikda
leksemaning boshqa leksema bilan bog‗lanish qobiliyatini ifodalash
uchun ishlatiladi. Valentlik nazariyasining tilshunoslikda qo‗llanilishi
L.Tenyer va S.Kasnelson asarlari bilan bog‗liq bo‗lib, dastlab
bog‗lanishni ifodalash uchun bu atamani olib kirgan fransuz tilshunosi
L.Tenyer uni faqat fe‘lga nisbat beradi. Uning fikricha, valentlik
fe‗lning gapda subyekt, obyektlarni biriktirish imkoniyatidir. U fe‘l-
101
kesimning zaruriy, to‗ldiriladigan semantik bo‗laklari shu subyekt va
obyektlardan iborat, deb tushunadi. Bunda u gapning egasi, vositali va
vositasiz to‗ldiruvchilarini nazarda tutadi. Xullas, L.Tenyer ―valentlik‖
atamasini ximiyadan o‗zlashtiradi va ―Struktural sintaksis asoslari‖
nomli kitobida bu
atamaning tildagi xususiyatlarini asoslab, o‗ziga xos
misollar keltiradi, struktur sintaksis haqida fikr yuritadi: ―Har bir so‗z
ikkinchi bir so‗z bilan bog‗lanuvchi aniq bir xususiyatga ega va bu
strukturalardan, gaplardan iborat. Ammo bu aloqa hech narsa bilan
ifodalanmaydi. Masalan, Alfred gapiryapti ikkita alohida-alohida narsa,
bir tomondan Alfred ismli shaxs, ikkinchi tomondan kimdir gapiryapti.
Bu ikki narsa mening ongimda bir-biriga qo‗shilib, gapirish harakati
Alfred tomonidan bajarilayotganini ma‘lum qiladi. Bundan bu gap ikki
elementdan iborat ekan, degan xulosa kelib chiqmasligi kerak. Chunki
Alfred gapiryapti gapi uch elementdan tuzilgan: 1.Alfred. 2.gapiryapti.
3.aloqa. Gapda ikki narsa bor deb qarash mumkin, lekin bu tashqi
tomondan yoki morfologik nuqtayi nazardan, biroq gapning
shakllanishida sintaktik aloqa muhim hisoblanadi‖.
60
Valentlik
terminini o‗zining ―Grammatik kategoriyalar‖ (1948) asarida qo‗llagan
S.D.Kasnelson ham bu tushunchani so‗zning gapda ma‘lum tarzda
reallashishi va boshqa so‗z bilan ma‘lum aloqaga kirishishi ma‘nosida
qo‗llaydi. Valentlik – ma‘lum so‗zning boshqa so‗zni o‗ziga birlashtirish
xususiyatidir, deb ataydi.
61
Xuddi shu kabi fikrni A.Fitrat o‗zining
―O‗zbek tili qoidalari to‗g‗rusida bir tajriba. Sarf‖ asarida quyidagicha
ifodalaydi: ―O‗zingizni o‗ylasangiz, hayvonlardan birini (otni)
o‗ylasangiz, bizda u hayvon ustiga yerlashmak uchun bo‗lg‗an
tebranishingizni o‗ylasangiz, uch ma‘no o‗ylag‗an bo‗lursiz. Bu uch
ma‘noni birlashtirib, bir-biriga bog‗lab, o‗zingizni otqa minganingizni
o‗ylag‗anda, miyangizda bir ―o‗y― tuqqondir. Shu o‗yni bir kishiga
bildirmaqchi bo‗lg‗ach, ―Men ot mindim deb qo‗yasizkim, bu
aytqaningiz bir gapdir. Ko‗rinadirkim, yuqoridag‗i o‗yda uch ma‘no
bo‗lg‗ani kabi u o‗yni bildirguchi gapda ham uch so‗z bor: men, ot,
60
Tesnière L. Elèments de syntaxe structurale. – Paris, 1959.
61
Кацнельсон С.Д. О грамматической категории // Вестник ЛГУ. 1948. №2. –С.132. Bu olimlarning fikrlari haqida to‗liqroq
ma‘lumot olish uchun qarang: Mиртожиев M. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.234-236;
Нурмонов А., Маҳмудов Н., Аҳмедов А., Солихўжаева С. Ўзбек тилининг мазмуний синтаксиси. –Тошкент: Фан, 1992. –
Б.39-44.
102
mindim. Demak, so‗z ma‘no bildirgan tovushlar to‗dasidir‖.
62
Bundan
tovush signallari orqali, boshqacha aytganda, belgilar orqali inson
obyektiv olamga borishini va, aksincha, obyektiv olamdan semantik
predmetlar orqali belgilashtirish jarayoni, ya‘ni sintaktik aloqa mavjud
ekanligi ko‗rinadi. Sintaktik aloqa esa valentlik tufayli yuzaga keladi.
Bugungi kunda tilshunoslikda valentlikni sintaktik aloqani ta‘minlovchi
muhim vosita sifatida alohida ta‘kidlash an‘anaga aylanib qoldi va bu
atama ko‗plab tilshunoslarning ishlarida ham o‗z aksini topdi.
Dastlab ―valentlik‖ atamasi faqat fe‘llarning birikuvchanlik
imkoniyatlariga nisbatan qo‗llanildi. Keyinchalik ushbu terminning
vazifasi kengayib, valentlik xususiyatlari keng doiradagi morfologik
birliklarga xos ekanligi tilshunoslar tomonidan e‘tirof etila boshlandi.
Fe‘lning rolini izohlash spetsifikasi L.Tenyer konsepsiyasining o‗ziga
xosligini belgilaydi. L.Tenyer ―Sintaksisni qanday qurish kerak‖ nomli
maqolasida (1939) sintaktik nazariyalar sof sintaktik belgilarga tayanishi
lozimligini ta‘kidlagan holda, ikki asosiy qismni: 1) grammatik
kategoriyalarni, tartibni hamda ularning tildagi uyushishi tamoyillarini
o‗rganuvchi kategorial yoki statik sintaksis; 2) ―tirik‖ fraza strukturasini,
uning aloqalarining real mexanizmlarini tadqiq etuvchi funksional yoki
dinamik sintaksisni ajratadi.
L.Teyerning yangicha talqinida fraza ko‗pqavatli iyerarxik qurilma
sifatida namoyon bo‗lib, markazga uning barcha ―organizmlarini‖
boshqarib turuvchi fe‘l qo‗yildi. Periferiya qismida esa bir-biriga va
oxir-oqibat fe‘lga tobelanuvchi grammatik elementlar joylashdi.
Ko‗rinadiki, L.Tenyerning fe‘lning sintaktik xususiyatlariga, uning
birikuvchanligiga qiziqishi keyinchalik sintaktik valentlik
ta‘limotining paydo bo‗lishiga turtki bo‗ldi va valentlik deganda,
birinchi navbatda, fe‘lning sintaktik valentligi tushunildi. Valentlik
tushunchasini L.Tenyer fe‘lning sintaktik tasnifi uchun qo‗llaydi va nol,
bir, ikki hamda uch valentlikka ega bo‗lgan fe‘llarni ajratadi.
Nol valentlikka ega bo‗lgan fe‘llar ―ishtirokchilar‖ga ega emasligi
bilan xarakterlanadi. Bular o‗z-o‗zicha, birovning ishtirokisiz sodir
bo‗layotgan jarayonni bildiradi: Daryo shovullardi. Bir ―ishtirokchi‖ga
62
Aбдурауф Фитрат. Танланган асарлар. IV жилд. –Тошкент: Маънавият, 2006. –B.145.
103
ega bo‗lgan bir valentli fe‘llar bir shaxs yoki bir predmet ishtirok
etayotgan jaryonni bildiradi: Mashinada bordi. Ikki ―ishtirokchi‖
qatnashgan jarayonni ifodalovchi fe‘llar ikki valentli fe‘llardir: Alfred
kitob berdi. Uch valentli fe‘llar uch ―ishtirokchi‖ qatnashayotgan
jarayonni ifodalaydi. Bunday fe‘llarda birinchi va ikkinchi
―ishtirokchilar‖ shaxsni, uchinchi ―ishtirokchi‖ esa predmetni
ifodalaydi: Alfred Sharlga kitobni berdi.
Demak, Tenyer o‗z ishlarida gapni struktur tahlil qilar ekan, uning
asosida fe‘l yotishini ta‘kidlaydi va buning natijasida fe‘l valentligi
nazariyasi (verbosentrik nazariya) vujudga keldi. Bunga ko‗ra gap
tuzilishini predikat (ko‗p hollarda fe‘l bilan ifodalangan) belgilaydi va u
o‗ziga muvofiq kategorial belgilarga o‗rin ochadi. Gapning barcha
qismlari fe‘l predikat munosabatiga ko‗ra unga bog‗liq qismlarga
(aktantlar, argumentlar, to‗ldiruvchilar, partnyorlar, komplementlar va
h.k.) va erkin qismlarga (erkin kengaytiruvchilar, hollar, ad‘yunktlarga)
bo‗linadi. Ko‗rinadiki, hollar fe‘llarga bog‗liq qismlar qatoriga, ya‘ni
uning valent tarkibiga kiritilmaydi. Fe‘l valentlik xususiyatlarining
bunday talqini Tenyerning tahlilda mazmuniy bosqichga asoslanish
zarurligi va har qanday harakat muayyan miqdordagi ishtirokchilarni
(aktantlarni) talab etishi, gap sathida bular ega va to‗ldiruvchi sifatida
namoyon bo‗lishi mumkinligi haqidagi qarashlari bilan bog‗liq. Uning
fikricha, barcha holli elementlar fe‘l ma‘nosi bilan shartlanmagan,
shuning uchun uning valent tarkibiga kirmaydi.
Bunday qarashlar H.Brinkmann ishlarida ham kuzatiladi. U ot, sifat
hamda fe‘llarning valentlik xususiyatlarini kuzatar ekan, fe‘llarning
o‗ziga xos valentlik tabiatiga ega ekanligini aniqlaydi. Ot hamda sifatlar
faqat bittadan kelishik formalari uchun vakant pozitsiyalarga ega bo‗lsa,
fe‘llar egadan tashqari yana bir qancha vakant pozitsiyalarga ega
bo‗lishi mumkinligini ta‘kidlaydi. Muallif ―ishtirokchilar‖ sifatida faqat
kelishik shakllaridan birida qo‗llaniluvchi otlar bilan to‗ldiriluvchi
pozitsiyalarni tanlaydi. Ko‗makchilar yordamida yuzaga chiquvchi
shakllar esa soqit qilinadi, ya‘ni hollar fe‘llarning umumiy valentlik
tarkibiga kiritilmaydi. Bunday qarash Brinkmanni Tenyerning qarashlari
bilan umumlashtiradi. H.Brinkman xuddi L.Tenyerga o‗xshab valentlik
104
fe‗lning gapdagi boshqa o‗rinlarni to‗ldirishni talab qiluvchi xususiyati,
deb izohlaydi.
63
Bu jihatdan J.Erben qarashlari e‘tiborga loyiq. U ham gap
markazida fe‘l turishini e‘tirof etadi va fe‘l valentligini atom valentligiga
qiyoslagan holda, aynan shu valentlik gapning struktur sxemasini
belgilashini ta‘kidlaydi. Chunki to‗ldiruvchi―larning nechta va qanaqa
bo‗lishi hamda ularning qaysi o‗rinda kelishi aynan fe‘lga bog‗liq.
―To‗ldiruvchi‖ sifatida J.Erben nafaqat ega va to‗ldiruvchini, balki
mazmunan zarur bo‗lgan hollarni, predikativ aniqlovchini va
predikativni ham belgilaydi. O‗z sxemalarida muallif har bir
―to‗ldiruvchi―ni muayyan raqamlar bilan belgilaydi (E1, Ye2, Ye3,
Ye4). Lekin bu raqamlar faqat fe‘lning umumiy valentligini belgilab,
ularning iyerarxiyasini ham, tartibini ham ko‗rsatmasligini uqtiradi.
L.Veysgerber,
G.Helbiglar
o‗z oldiga valentlik tushunchasini
aniqlashtirish va formallashtirish vazifasini qo‗ydilar. Xususan,
L.Veysgerber valentlik haqidagi qarashlarni rivojlantirgan holda,
―gapning har bir bo‗lagi muayyan gap bo‗lagini modellashtirish
doirasidagi tutgan o‗rniga ko‗ra ―valentlik― xususiyatiga ega― ekanligini
ta‘kidlaydi. Ya‘ni valentlik masalasi nafaqat fe‘lga nisbatan, balki
boshqa so‗z turkumlariga nisbatan ham qo‗llanilishi lozimligi e‘tirof
etadi.
G.Helbig
fe‘l valentligini tekshirishda transformatsion
grammatikaning muayyan bo‗laklarni tushirish usulini qo‗lladi. Bunda
gap tarkibidagi fe‘l ―kengaytiruvchilari―dan biri tushirilishi natijasida
gap mazmuniy strukturasida o‗zgarish bo‗lmasa, ushbu bo‗lak struktur
jihatdan zaruriy emas, aksi bo‗ladigan bo‗lsa, ushbu bo‗lakning ishtiroki
zaruriydir. Ko‗rinadiki, fe‘l valentliklarining zaruriy yoki zaruriy
emasligi muayyan vaziyat bilan, so‗zlovchining muayyan maqsadi bilan
bog‗liqdir. L.Tenyer nazariyasi ko‗plab tilshunoslar tomonidan ilgari
surildi va hozirgi tilshunoslikda mustahkam o‗rin egalladi. Dastlab
fe‘llarning faqat ega va to‗ldiruvchiga nisbatan birikuvchanligini
ifodalovchi ―valentlik― atamasining ko‗lami kengayib, keyinchalik gap
strukturasi uchun zarur bo‗lgan barcha fe‘l kengaytiruvchilari shu
63
Mиртожиев M. Ўзбек тили семасиологияси. –Тошкент: Мумтоз сўз, 2010. –Б.236.
105
tushuncha tarkibiga kiritildi. ―Valentlik― atamasini til birliklarning
potentsial xususiyatlari ma‘nosida qo‗llash tendentsiyasi shu
xususiyatlarning
nutqdagi
aktuallashuvini
belgilash
uchun
qo‗llanilishiga nisbatan keng tarqaldi. Agar til-nutq dixotomiyasini, til
va nutq birliklari o‗rtasidagi dialektik bog‗liqlik mavjudligini, ular
o‗zaro bir-birini taqozo etuvchi tushunchalar ekanligini inobatga olsak, u
holda cheksiz birikish imkoniyatlariga ega bo‗lgan lisoniy birliklar
muayyan vaziyatda, muayyan maqsadni amalga oshirish uchun nutqiy
realizatsiyasidan tashkil topadi. Shuning uchun valentlik atamasini ham
til birliklarining birikuvchanlik imkoniyatlarini, ham ularning nutqiy
realizatsiyasini belgilash uchun qo‗llash maqsadga muvofiqdir. Bu
fe‘llarning valentlik modeli bo‗lib, uning konkret birliklar bilan
to‗ldirilishi nutqda sodir bo‗ladi. So‗zlarning sintaktik valentligi esa so‗z
birikmalarida gavdalanadi.
So‗zni til tizimining asosiy birligi sifatida har tomonlama chuqur
o‗rganish hozirgi tilshunoslikning eng muhim masalalaridan biridir. Bu
muammoni hal etishda hozirgi lingvistikaning dolzarb yo‗nalishlaridan
biri bo‗lib qolayotgan valentlikning semantik nazariyasi katta rol
o‗ynaydi. Hozirgi paytda ushbu nazariyaning tushunchaviy apparatini
ishlab chiqish borasida muayyan natijalarga erishildi. Xususan, yuqorida
tahlilga tortilgan ishar bilan bir qatorda S.Kasnelson, S.Kibardina,
B.Leykina, T.P.Lomtev, M.Stepanova, N.Filicheva, B.M.Leykina,
B.Abramov kabi tilshunoslarning fe‘llarning valentlik tasnifini aniqlash
tamoyillari,
fe‘llarning
valentligi
va
mazmuni
o‗rtasidagi
munosabatlarni aniqlash, aktantlarning va kengaytiruvchilarning
semantik turlarini ajratish kabi muammolarga bag‗ishlangan tadqiqotlari
maydonga keldi. Bu masalada M.D.Stepanova va G.Helbigning o‗rnini
alohida ko‗rsatishga to‗g‗ri keladi. Ularning qarashi bo‗yicha, valentlik
so‗zning leksik ma‘nosiga tayanadi. Bundan tashqari, o‗zbek
tilshunosligida ham bu borada qator tadqiqotlar, monografiyalar, bir
qancha maqolalar yaratildi. I.Qo‗chqortoyev, G‗.Abdurahmonov,
M.Mirtojiyev, A.Nurmonov, N.Mahmudov, R.Rasulov, S.Muhamedova
106
kabi olimlarimizning tadqiqotlari, ayniqsa, katta ahamiyatga ega.
64
Shunga qaramay, valentlik nazariyasining aktantlar va erkin
kengaytiruvchilar, obligator(zaruriy) va fakultativ(nozaruriy) aktantlarni
belgilash, valentlik nazariyasi kategoriyalarining an‘anaviy grammatika
kategoriyalari bilan bo‗lgan munosabatini aniqlash kabi masalalar
hozirgacha o‗z yechimini topgan emas. Shu bilan birga valentlik va so‗z
yasovchi vositalar munosabati muammolari, gap tiplarida valentlikning
realizatsiyasi xususiyatlari kabilar ham o‗zining to‗liq yechimini
kutayotgan masalalar sirasiga kiradi.
Mutaxassislar fikricha, valentlik grammatika va leksikaning, sintaksis
va semantikaning kesishgan nuqtasi bo‗lganligi bois, semantik va
sintaktik valentlikka bo‗linadi.
65
Semantik valentlik biriktiruvchi
leksemaning ma‘noviy jihatdan o‗ziga mos birikuvchilarni tanlashidir.
Masalan, ―hangra‖ leksemasi ―qush‖ leksemasini o‗ziga torta olmaydi,
―qush‖ leksemasi ―hangra‖ leksemasidagi birorta ham bo‗sh o‗ringa
tusha olmaydi. Chunki ularda ma‘noviy muvofiqlik mavjud emas.
Leksemalar bir-biriga ma‘noviy mos bo‗lishi uchun ularning ma‘no
strukturalarida o‗xshash ma‘no bo‗lakchalari ‒ semalari bo‗lmog‗i
lozim. ―Qush‖ leksemasi ma‘no tarkibidagi ―sayray oladigan‖ ma‘no
bo‗lakchasi ―sayramoq‖ leksemasida va ―sayramoq‖ leksemasidagi
―qushlarga xos‖ ma‘no bo‗lakchasi qush leksemasida mavjud. Bu
ularning birikma hosil qilishiga asos bo‗la oladi.
Leksemalarning valentliklari tor yoki keng bo‗lishi mumkin.
Masalan: ―hangramoq― leksemasining nima? so‗rog‗iga javob
bo‗ladigan valentligi to‗ldiruvchisi – ―eshak‖, ―xo‗tik―, ―hangi―
leksemalaridir. Ba‘zan birikuvchi yoki biriktiruvchi leksemalar
64
Қўчқортоев И. Сўз валентлиги ҳақида // Ўзбек тили ва адабиѐти. –Т., 1973. №3. –Б.35; Қўчқортоев И. Сўз
маъноси ва унинг валентлиги. –Т.: Фан, 1977; Кучкартаев И.К. Валентный анализ глаголов речи в
узбекском языке. –Ташкент: Ўқитувчи, 1977; Расулов Р. Глаголы состояния в узбекском языке и их
валентности: Автореф.дисс...докт.филол.наук. –Ташкент, 1989; Расулов Р. Сўз валентлиги ва синтактик
алоқа // Ўзбек тили ва адабиѐти. –Т., 1992. №5/6. –Б.36-40; Шарипова Ў. Ўзбек тилидаги юмуш
феълларининг маъно валентликлари: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. –Тошкент, 1996; Муҳамедова С.
Ўзбек тилида йўналма ҳаракат феълларининг предикативлиги ва валентлиги: Филол.фан.номз.
...дисс.автореф. –Тошкент, 1996; Муҳамедова С. Ўзбек тилида ҳаракат феълларининг семантик ва валентлик
хусусиятлари: Филол.фан.докт. ...дисс.автореф. –Тошкент, 2007; Каримжонова В. Ўзбек тилида ўрин
келишикли бирикмалар семантикаси: Филол.фан.номз....дисс.автореф. –Тошкент, 1994; Миртожиев М.М.
Ўзбек тили семасиологияси. –Т.: Мумтоз сўз, 2010. –Б.236-281.
65
Степанова М.Д. Проблемы теории валентности в современной лингвистике . –1973. №4. –С.16; Степанова
М.Д. Проблемы теории валентности и валентный анализ. –М.: Наука, 1973. –С.68.
107
ma‘nolari muvofiq bo‗lmagani holda ular nutqda birikuvlar hosil qilishi
mumkin. Masalan, ―artist hangradi‖ kabi. Bunda me‘yoriy valentlik
buzilgan holda namoyon bo‗lib, ko‗chma, obrazli ma‘no yuzaga chiqadi.
Sintaktik valentlik leksema valentligining ikkinchi tomoni bo‗lib, u
hokim mavqedagi leksemaning tobe leksemalarni o‗ziga tortish uchun
ularning ma‘lum bir sintaktik shaklda ‒ kelishik, ko‗makchi, ravishdosh,
sifatdosh qo‗shimchalarini olgan holda bo‗lishni talab qilishidir. Bu
hokim leksemaning sintaktik mavqeyi, grammatik shakl tomonidan
belgilanadi. Masalan, xatni yozdi, xat yozildi sintaktik qurilmalaridagi
xatni va xat so‗zlarining grammatik shakli bosh so‗zning grammatik
shakli bilan belgilanadi.
Sintaktik valentlik semantik valentlik bilan zich bog‗langan bo‗lib,
biri o‗zgarsa, ikkinchisi ham o‗zgaradi, biri yo‗qolsa, ikkinchisi ham
bo‗lmaydi. Masalan, ―yetakla― leksemasi jo‗nalish kelishigidagi otni
o‗ziga tortmaydi (Salimga yetakla tarzida). Lekin ―yetakla― leksemasi
orttirma nisbat shakli -t bilan shakllansa, (Salimga) so‗z shakli unga
tortilla oladi. Bunda ―yetakla‖ leksemasining sintaktik valentligi
o‗zgaradi.
Mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Kimyoviy bog‗lanish necha xil usul bilan amalga oshadi?
2. Tilshunoslikda valentlik nazariyasining shakllanishi qaysi
davrga to‗g‗ri keladi?
3.Valentlik atamasining ma‘nosi nima?
4. Valentlik tushunchasini kim birinchi bo‗lib o‗z asariga olib
kirdi?
5. Tilshunoslikda valentlik dastlab qanday birliklarga nisbatan
qo‗llanila boshladi?
6.Valentlik turlariga misol keltiring.
Dostları ilə paylaş: |