O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta„lim vazirligi samarqand davlat universiteti


-mavzu: Tilshunoslikning kimyo bilan munosabati. Atom-



Yüklə 1,78 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə28/64
tarix08.04.2023
ölçüsü1,78 Mb.
#95126
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64
12-mavzu: Tilshunoslikning kimyo bilan munosabati. Atom-
molekulyar ta‟limot va tilshunoslik 
Reja: 
1.Tilshunoslikning kimyo bilan munosabati. Atom-molekulyar 
ta‘limot va tilshunoslik.
2.Modda tarkibini doimiyligi qonuni va tilshunoslik. 
3. D.I.Mendeleyevning elementlar davriy sistemasi va tilshunoslik. 
Tayanch soz va iboralar: Kimyo, molekula, atom, Forobiy, Ibn Sino, 
Abu Rayhon Beruniy, L.M.Lomonosov, kimyoviy bog„lanish, kvalent 
bog„lanish, ionli bog„lanish, metall bog„lanish, D.I.Mendeleyev, 
elementlar davriy sistemasi, tilshunoslik. 
1.Tilshunoslikning kimyo bilan munosabati. Atom-molekulyar 
ta‟limot va tilshunoslik. Tilshunoslik kimyo fani yutuqlaridan ham 
bahramand bo‗lib kelmoqda. Kimyo fanida atom-molekulyar 
ta‘limotining vujudga kelishi, eng kichik atomlarning ham 


93 
bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega bo‗lishining kashf etilishi, 
Ya.N.Mendeleyev elementlar davriy sistemasining vujudga kelishi 
tilshunoslikka ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Tilshunoslikda til 
birliklarining muayyan tuzilishga ega ekani, bevosita kuzatishda eng 
kichik birlik – tabiiy fanlardagi atomga tenglashtiriluvchi fonemaning 
ham bo‗linish xususiyatiga ega ekani, butun tarkibidagi bo‗laklarning 
o‗zaro munosabatda, ayni paytda, butun bilan butun ham katta butunlik 
tarkibida o‗zaro munosabatda ekani e‘tirof etila boshladi.
Shu bilan birga, kimyo fanida molekula va atomlarning to‗xtovsiz 
harakatda ekanining e‘tirof etilishi tilshunoslikda sinxroniya va 
diaxroniya nazariyasining vujudga kelishiga turtki berdi. 
Kimyoviy 
bog‗lanish 
ta‘limotining 
kuchayishi, 
kimyoviy 
bog‗lanishda valentlik tushunchasining markaziy o‗rin egallashi 
tilshunoslikka ham o‗z ta‘sirini ko‗rsatdi. Tilshunoslikda valentlik 
nazariyasi vujudga keldi. 
Xullas, kimyo fanida qo‗lga kiritilgan jiddiy yutuqlar boshqa fanlar 
qatorida tilshunoslikka ham sezilarli ta‘sir etib kelmoqda. 
1.Kimyo fanida atom-molekulyar ta‘limotning paydo bo‗lishi 
tabiatshunoslik olamida buyuk kashfiyot hisoblanadi. 
Atom-molekulyar 
ta‘limotning ildizi qadimgi Yunoniston 
tamadduniga borib taqalsa-da, bu xususdagi qarashlarning rivoji 
Forobiy, Ibn Sino, Beruniylarga borib taqaladi. Xususan, Forobiy 
substansiyaning qismlarga ajralishi va uning turli bo‗laklardan iborat 
ekani haqida fikr yuritadi.
57
Biroq ular moddalarning tuzilishi bo‗yicha ma‘lumot bergan 
bo‗lsalar ham, lekin uni ta‘limot darajasiga ko‗tarmadilar. 
Kimyo fanida atom-molekulyar ta‘limot L.M.Lomonosov nomi 
bilan bog‗liq. Mazkur ta‘limotning asosiy jihatlari 1741-yili yozilgan 
―Matematik kimyo elementlari‖ asarida ifodalangan. Atom molekulyar 
ta‘limotining mohiyati quyidagilarni o‗z ichiga oladi: 
1) ―Barcha moddalar korpuskulalardan‖ (molekulalardan) tarkib 
topadi. 
57
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1993. – Б.174-175; Нурмонов А., Йўлдошев Б. 
Тилшунослик ва табиий фанлар. –Тошкент: Шарқ, 2001.–Б.108. 


94 
2) Molekulalar ―elementlardan‖ (Lomonosov atomlarni shunday 
nomlagan) tashkil topadi. 
3) Molekula va atomlar uzluksiz harakatda bo‗ladi. 
4) Oddiy moddalarning molekulalari bir xil atomlardan, murakkab 
moddalarning molekulalari turli xil atomlardan iborat. 
M.V.Lomonosovdan so‗ng atomistik ta‘limotini ingliz olimi Jon 
Dalton rivojlantirdi. Shunga qaramay, kimyo fanida atom-molekulyar 
ta‘limot faqat XIX asr o‗rtalaridan e‘tirof etila boshladi. 
Kimyogarlarning 1860-yili Karlsrue shahrida bo‗lib o‗tgan xalqaro 
syezdida molekula va atom tushunchalarining ta‘rifi bo‗yicha bir fikrga 
kelindi. Bunga muvofiq, molekulaning kimyoviy xossalari uning tarkibi 
va kimyoviy tuzilish bilan aniqlanadi. 
―Musbat zaryadlangan atom yadrosi bilan manfiy zaryadlangan 
elektronlardan tarkib topgan elektrneytron zarracha atom‖ hisoblanadi. 
Atom-molekulyar ta‘limotda kimyoviy element tushunchasi ham 
muhim ahamiyatga ega. Bu ta‘limotga muvofiq, ―yadrosining musbat 
zaryadi bir xil bo‗lgan atomlarning muayyan turi kimyoviy element‖ 
sanaladi. Fizika va kimyo fanidagi elementlarning (moddalarning) ichki 
tuzilishi haqidagi mazkur xulosalar boshqa fanlar, jumladan, 
tilshunoslikka ham jiddiy ta‘sir etdi. 
Avvalo, 
bo‗linishning 
ko‗p 
bosqichliligi 
(moddaning) 
molekulalardan, molekulalarning atomlardan, atomlarning neytron va 
protonlardan tashkil topishi haqidagi nazariya tilning ontologik tabiatini 
yoritishga qulay imkoniyat yaratdi. 
Tilshunoslikda ham tabiiy fanlarga qiyosan birliklar tushunchasi 
paydo bo‗ldi. Birliklar umumiylik va xususiylik dialektikasiga ko‗ra til 
va nutq birliklariga bo‗lindi. Har ikki birlik ichki tuzilish xususiyatiga, 
bo‗linuvchanlikka ega. 
Til va nutq birliklarining ichki tuzilishi pog‗onali xususiyatga ega. 
Ularning pog‗onaliligi shunda ko‗rinadiki, katta (makro) butunlik kichik 
butunliklarga, kichik butunliklar esa, o‗z navbatida, yana kichik 
butunliklarga bo‗linadi. Har bir butunlik o‗z tarkibidagi kichik 
elementlarga (butunliklarga) nisbatan nisbiy butunlik, tarkibidan ajralib 
chiquvchi bo‗laklar esa uning elementi bo‗lib xizmat qiladi.


95 
Ularning nisbiyligi shunda ko‗rinadiki, elementga nisbatan butunlik 
sanaluvchi birlik o‗zidan kattaroq butunlik tarkibida element sifatida 
ishtirok etadi. Aksincha, ma‘lum bir butunlikka nisbatan bir element 
bo‗lib kelgan birlikning o‗zi yana bo‗linuvchanlik xususiyatiga ega 
bo‗lib, bu bo‗lingan elementlar uchun butunlik vazifasini bajaradi. 
Masalan, so‗z shakl morfemalardan tashkil topadi. Morfemalar so‗z 
shakl elementi bo‗lib xizmat qiladi. Ayni paytda, morfema fonemalardan 
tashkil topadi. Fonemalar esa morfemaning elementi sifatida uning 
tarkibida muayyan vazifa bajaradi. Fonema ham xuddi atom kabi yana 
ichki tuzilish xususiyatiga ega. Farqlovchi (differensial) belgilar 
fonemaning elementlari sanaladi. 
Ko‗rinadiki, til birliklari yuqoridan quyiga qarab pog‗onali 
xususiyatiga ega. Har bir pog‗onada yuqori pog‗ona birligi quyi pog‗ona 
birligi uchun butun, quyi pog‗ona birligi esa yuqori pog‗ona birligi 
uchun bo‗lak, element vazifasini bajaradi. Bo‗lak, element butun 
tarkibida funksiyalashadi. 
Tilning bunday ontologik tabiati, til tuzilishining ko‗p sathliligi 
kimyo fanining atom-molekulyar nazariyasi va biologiya fanida 20-
yillardan rivojlangan jonli sistemaning sathli tuzilishi konsepsiyasi 
ta‘sirida kelib chiqdi. 
Tilning ko‗p sathliligi, uning sathli tuzilishi tushunchalari 
tilshunoslikda XX asrning 20-yillaridan boshlab dastlab Amerika 
deskriptiv tilshunoslari asarlarida paydo bo‗ldi. 
Keyinchalik polyak tilshunosi Emil Benvenist va rus tilshunosi 
S.D.Kasnelson tomonidan rivojlantirildi. Ilgari tilning tuzilish sathi bilan 
tahlil sathi qorishtirilgan bo‗lsa, keyinchalik mazkur ikki turdagi sath 
bir-biridan ajratila boshlandi. 
Atom-molekulyar ta‘limotning tilshunoslikka ta‘siri tilga sistema 
sifatida qarashda ham ko‗rinadi. 
Tilshunoslikda sistemaviy tadqiqotlar XX asr boshlaridan paydo 
bo‗la boshladi. Uning shakllanishida V.Gumboldt, F.de Sossyur, 
I.A.Boduen 
de 
Kurtene 
singari 
olimlarning 
xizmati 
katta. 
N.S.Trubeskoy, A.Yelmslev, E.Benvenist, Sepir, Blumfild, Xarris, 
T.P.Lomtev, V.M.Solnsev kabi jahon tilshunos olimlari, X.Ne‘matov, 


96 
I.Qo‗chqortoyev, 
A.Nurmonov, 
N.Mahmudov, 
R.Rasulov, 
A.Berdialiyev singari o‗zbek tilshunoslari sistemaviy-struktur ta‘limotni 
rivojlantirdilar. 
Tilshunoslikda sistema va struktura deyilganda nima tushuniladi? 
Quyidagi manbalardan foydalangan holda ushbu savolga javob 
beramiz.
58
O‗zaro bog‗liq va shartlangan ikki va undan ortiq elementlarning 
munosabatidan tashkil topgan va yangi sifatga ega bo‗lgan barqaror 
butunlik sistema sanaladi. 
Til birliklari voqelanish belgisiga ko‗ra ham, tuzilish (ontologik) 
tabiatiga ko‗ra ham sistema sanaladi. Masalan, har bir morfema bevosita 
kuzatishda bir qancha shakliy va mazmuniy variantlar (allomorflar, 
morfema variantlari) orqali namoyon bo‗ladigan umumiylik sifatida 
sistemadir. Shuningdek, har bir fonema ham bevosita nutq jarayonida bir 
necha variantlar (allofonlar) orqali namoyon bo‗ladigan umumiylik, 
butunlik sifatida sistema sanaladi. Bundan tashqari, morfema va undan 
yuqori birliklarning hammasi tuzilish (ontologik) tabiati jihatidan 
qurilma 
(konstruksiya) sifatida ma‘lum qurilish (konstruktiv) 
birliklarning o‗zaro barqaror sintagmatik munosabatidan tashkil topgan 
sistema hisoblanadi. Masalan, morfema ikki va undan ortiq 
fonemalarning o‗zaro sintagmatik munosabatidan tashkil topgan va 
yangi sifatga ega butunlik sifatida (morfema bir fonemaning yangi 
sifatga ega bo‗lib, morfemik sathga ko‗tarilishi natijasida ham vujudga 
kelishi mumkin. Masalan, ―u‖ unlilar sirasida fonema, lekin shu fonema 
ko‗rsatish olmoshi yoki III shaxs kishilik olmoshining moddiy asosi 
bo‗lib xizmat qilishi mumkin. Ikki sath birligi bo‗lgan fonema va 
morfema o‗rtasida sifat o‗zgarishi ro‗y beradi). 
Sistemaning muhim tuzilish belgilari: 1) tarkibiy qismlarga 
bo‗linishi: 2) tarkibiy qismlarning butun tarkibidagi o‗zaro va butun 
bilan bo‗lak, tur bilan jins o‗rtasidagi shartlangan munosabatning 
bo‗lishi; 3) ko‗pincha tur va butunning tarkibiy qismlarida mavjud 
bo‗lmagan yangi sifatga ega bo‗lishdir. 
58
Нурмонов А., Йўлдошев Б. Тилшунослик ва табиий фанлар. –Тошкент: Шарқ, 2001.–Б.108-120; Расулов Р. 
Умумий тилшунослик. –Тошкент, 2006.–Б.31-33; Nurmonov A., Usmonova H., Boboxonova D.Tilni sistem 
sifatida o‗rganish. –Namangan, 2011. 


97 
Birinchi belgisiga ko‗ra, har qanday sistema muayyan qurilish 
birliklaridan tashkil topadi, bu esa uning ichki bo‗laklarga bo‗linish 
xususiyatiga ega ekanini ko‗rsatadi. 
Ikkinchi belgisi butun tarkibidagi elementlarni bir-biri bilan va 
elementlarning butun bilan bo‗lgan munosabatini ifodalaydi. Har ikki 
munosabat zaruriy va o‗zaro shartlangandir. Masalan, fonemasiz 
morfemaning bo‗lishi mumkin emas. Morfema fonemalardan tashkil 
topadi. Fonema morfema tarkibiga uning qurilish birligi sifatida kiradi. 
Shuningdek, so‗z shakl morfemalardan tashkil topadi. Morfema esa so‗z 
shakl tarkibida uning qurilish birligi sifatida faoliyat ko‗rsatadi. 
Ularning munosabati butun va bo‗lak o‗rtasidagi munosabatdir. Bundan 
tashqari, bo‗lak bilan bo‗lakning, butun bilan butunning ham munosabati 
mavjud. Masalan, son kategoriyasi tarkibida birlik ko‗pliksiz bo‗lishi 
mumkin emas. Birlik shakl ko‗plikka nisbatan, ko‗plikka zidlanganda 
aniqlanadi. 
Uchinchi belgisiga ko‗ra, sistema deb qaralayotgan butunlik tarkibiy 
qismlarining oddiy yig‗indisidan iborat emas. U tarkibiy qismlarida 
sistemaga kirguncha mavjud bo‗lmagan yangi sifatga ham ega. Masalan, 
ikki xil gaz – vodorod va kislorodning birikmasidan suv hosil bo‗ladi. 
Shuningdek, fonemalardan tashkil topgan morfema fonemalarga 
nisbatan yangi sifatga ega bo‗ladi. Fonemalar ma‘noni farqlash uchun 
xizmat qiluvchi ma‘nosiz birliklar bo‗lsa, ularning qo‗shiluvidan yuzaga 
kelgan morfema esa ma‘noli birlik sanaladi. Shuning uchun har qanday 
sistemada hosil qiluvchi va sistemada namoyon bo‗luvchi belgilar 
mavjud. Obyektiv olamdagi narsa va hodisalar uzluksiz harakatda, 
rivojlanishda ekani fanda antik davrlardan biri ma‘lum. Ayniqsa, bunday 
qarash O‗rta Osiyo olimlari tomonidan rivojlantirildi. Xususun, Forobiy 
―Falsafatu Aristutolis‖ asarida: ―Ular (to‗rt modda) abadiy 
bo‗lolmaydilar; chunki havo, suv, tuproq va olov bo‗linadilar, birlari 
boshqasiga aylanadilar va balki har bir unsur boshqasida mavjuddir‖ 
59

– deydi. 
Forobiy Aristotelning olam uzvlari doimo harakatda, rivojlanishda 
ekani haqidagi fikrlarini ijodiy rivojlantiradi. Borliqdagi narsa va 
59
Абу Наср Форобий. Фозил одамлар шаҳри. – Тошкент, 1993. – Б.86. 


98 
hodisalar bir-biriga ta‘sir qiladi va ta‘sirni qabul qilish harakatida bo‗lish 
bilan birga shu narsalarni tashkil etgan ichki unsurlar ham o‗zaro ana 
shunday harakatda ekanini ta‘kidlaydi. 
Fanda atom-molekulyar ta‘limotining kuchayishi atom va 
molekulalarning uzluksiz harakatdaligini yorqinroq isbotlab berdi. 
Tabiiy fanlarda erishilgan mazkur yutuq tilshunoslikka ham o‗z ta‘sirini 
ko‗rsatdi. 
Struktur tilshunoslikning paydo bo‗lishiga atom-molekulyar 
ta‘limoti asos bo‗ldi. Bu yo‗nalishning asoschisi sanaluvchi mashhur 
shveysariyalik olim Ferdinand de Sossyur til birliklari ham borliqdagi 
narsa va hodisalar singari doimo rivojlanishda, o‗zgarishda ekanini 
ta‘kidladi va tilning ikki holati – dinamik va statik holatini ajratdi. 
Uzluksiz rivojlanayotgan, harakatda – dinamikada bo‗lgan ma‘lum bir 
tilning muayyan bir davrga xos holati statik holati hisoblanadi. 
Ana shu nuqtayi nazardan tilni ham ikki jihatdan o‗rganish 
lozimligini ko‗rsatdi. Diaxroniya grekcha dia – orqali, ikki, chronos – 
zamon so‗zlaridan olingan. Tilni tarixiy taraqqiyotda, rivojlanishda 
ekanini e‘tiborga olib o‗rganish diaxroniya hisoblanadi. Sinxroniya 
grekcha ―synchronos‖ so‗zidan olingan bo‗lib, bir vaqtlilik demakdir. 
Til tarixiy taraqqiyotining muayyan bir davrdagi holati sinxroniya 
sanaladi. 
Tilshunoslik tarixida diaxroniya sinxroniya bilan uzviy bog‗lanadi. 
Ularni bir-birisiz tasavvur qilib bo‗lmaydi. 
Tilning sinxron tahlili bevosita tadqiqotchi kuzatib, eshitib turgan 
holatni tekshirishga qaratilgani, faktik materiallarning boyligi nuqtayi 
nazaridan diaxroniyaga nisbatan qulayroq. I.A.Boduen de Kurtene, 
N.S.Trubeskoy, R.O.Yakobson singari mashhur tilshunoslar sinxron 
holatdagi til sistemasini to‗liq va ishonarli tadqiq etish uchun qanday 
qilib shu holatga kelganini, ya‘ni diaxronik materiallarga murojaat qilish 
lozimligini ta‘kidlaydilar. 
Shuning uchun garchi sinxron o‗rganish diaxron o‗rganishdan oldin 
bo‗lsa ham, lekin ularni bir-biridan ajratish mumkin emas. Sinxron 
o‗rganish diaxron o‗rganishga yo‗l ochadi. Sinxron tadqiqotlar natijalari 
asosida diaxroniya ish ko‗radi. Muayyan til taraqqiyotining ikki davr, 


99 
ikki sinxron holati o‗rtasidagi o‗zgarishlar ikki davrdagi materiallarni 
bir-biriga taqqoslash orqali belgilanadi. 
2. Kimyoviy bog‗lanish haqidagi ta‘limot hozirgi kimyo fanining 
eng markaziy masalalaridan biridir. Kimyo fanida atomlarning tuzilishi 
haqidagi ta‘limot kimyoviy bog‗lanish tabiatini tushuntirib beradi. 
Atomning tashqi pog‗onasida bittadan sakkiztagacha elektron 
bo‗lishi mumkin. Kimyoviy bog‗lanish valent elektronlar hisobiga 
vujudga keladi. U uchta usul bilan amalga oshadi: 1) kvalent bog‗lanish; 
2) ionli bog‗lanish; 3) metall bog‗lanish. 
Elektron juftlar tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‗lanish 
kvalent bog‗lanish deyiladi. Bu ikki elektronli va ikki markazli (ikkita 
yadroni tutib turadi) bog‗lanish sanaladi. Ionlar orasida elektrosgatik 
tortishuv tufayli vujudga keladigan kimyoviy bog‗lanish elektrovalent 
yoki ionli bog‗lanish deyiladi. 
Ko‗pchilik metallar atomlarining tashqi energetik pog‗onasida 
elektronlar soni ko‗p bo‗lmaydi. Atomlar bir-biriga yaqinlashganda 
kristall panjara hosil bo‗lishi natijasida qo‗shni atomlarning valent 
orbitallari bir-birini qoplaydi. Shuning uchun elektronlar bir orbitaldan 
boshqasiga bemalol o‗tib, metall kristalidagi barcha atomlar orasida 
bog‗lanish hosil qiladi. Ana shunday bog‗lanish turi metall bog‗lanish 
deyiladi. 
Atomlar orasida kimyoviy bog‗lanish hosil bo‗lishida ishtirok 
etadigan elektronlar valent elektronlar sanaladi. Kimyoviy elementlarda 
atomdagi valent elektronlari soni D.I.Mendeleyev elementlar davriy 
sistemasidagi guruh raqamiga teng keladi. Masalan, oltingugurt I 
guruhga mansub. Demak, oltingugurt atomida 16 elektron bo‗lib, 
ulardan 6 tasi valent elektron hisoblanadi. Kimyoviy bog‗lanishning 
yuqorida sanab o‗tilgan uch turi bo‗lganidek, sintaktik birikmalar ham 
bog‗lanish xususiyatiga ko‗ra ikki turga bo‗linadi:1) teng bog‗lanish; 2) 
tobe bog‗lanish. Teng bog‗lanish bog‗lanuvchi elementlarning teng 
ta‘siri 
asosida 
maydonga 
keladi. 
Tobe 
bog‗lanishda 
esa 
bog‗lanuvchilardan biri ikkinchisini o‗z ta‘siriga kiritib, biriktirib oladi. 
Shuning uchun biri hokim (biriktirib oluvchi), ikkinchisi tobe 
(biriktiruvchi) bo‗ladi. 


100 
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar: 
1.Atom-molekulyar ta‘limotning ildizi qaysi davrga borib taqaladi? 
2.Kimyo fanida atom-molekulyar ta‘limot kimning nomi bilan 
bog‗liq? 
3. Atom-molekulyar ta‘limotning mohiyati nimada? 
4.M.V. Lomonosovdan so‗ng atomistik ta‘limotni kim 
rivojlantirgan? 
5. Atom-molekulyar ta‘limotning tilshunoslikka ta‘siri 
nimalarda ko‗rinadi? 
6.Sistema va strukturaning farqi nimada? 
7.Sistemaning muhim tuzilish belgilari nimalardan iborat? 
8.Diaxroniya va sinxroniya nima? Ularning birining 
ikkinchisidan farqi nimada?
9. Diaxroniya qanday tadqiqotlar natijasida ish ko‗radi? 
10. Sinxroniya qanday tadqiqotlar natijasida ish ko‗radi?

Yüklə 1,78 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   64




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin