78
sezilarli darajada rivojlanadi. Bola avval unli va undoshlarni, so‗ng
sonor, shovqinli va sirg‗aluvchi tovushlarni ajrata boshlaydi.
Normada
4 yoshli bola barcha tovushlarni ajrata olishi, unda fonematik idrok
shakllangan bo‗lishi lozim. Bu vaqtga kelib tovushlarni to‗g‗ri
talaffuzining shakllanishi tugallanadi va bola har tomonlama to‗g‗ri,
aniq gapiradi.
To„rtinchi davr - maktab davri (7 yoshdan 17 yoshgacha). Bu
davrning o‗ziga xos tomoni shundaki, bolalar nutqining rivojlanishi
oldingi davrlardagiga nisbatan ongli ravishda ro‗y beradi.
Bu davrda
bolalar
tovushlar
analizi,
nutqning
grammatik
qonuniyatlarini
egallaydilar. Bu davrda nutqning yangi turi yozma nutq yetakchi rol
o‗ynaydi. Grammatik konstruksiyalar ham murakkablashib boradi,
chunki, agar, qachonki kabi bog‗lovchilarni ishlata boshlaydilar. Bu
bolaning tafakkur jarayonlari murakkablashib borayotganligini va bu
nutqda o‗z ifodasini topayotganligini ko‗rsatadi.
Bola nutqining rivojlanish jarayoni o‗z vaqtida to‗g‗ri kechishi
uchun maxsus sharoitlar zarurdir. Buning uchun:
- bola ruhiy va jismoniy jihatdan sog‗ bo‗lishi;
- normal aqliy qobiliyatga ega bo‗lishi;
- normal eshitishi va ko‗rishi;
- yetarli darajada ruhiy faollikka ega bo‗lishi;
- gaplashish ehtiyojiga ega bo‗lishi;
- to‗g‗ri nutq muhitiga ega bo‗lishi lozim.
Bolada nutqning normal rivojlanishi unga doimo
yangi tushunchalarni
o‗zlashtirib olishga, tevarak-atrof haqidagi bilim va tasavvurini
kengaytirishga imkoniyat yaratadi. Shunday qilib, nutq,
uning
rivojlanishi tafakkurning rivojlanishi bilan uzviy bog‗liqdir.
Dostları ilə paylaş: