55
II BOB. Tilshunoslik va tabiiy fanlar
9-mavzu: Tilshunoslik va biologiya. Nutq tovushining biologik
aspekti
Reja:
1.Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.
2.Nutq tovushining biologik aspekti. Nutq organlari fiziologiyasi.
Tayanch tushunchalar:Tilshunoslik, biologiya, nutq tovushi,
akustik, artikulyasion, funksional, nutq apparati.
1.Tilshunoslik va tabiiy fanlar. Tilshunoslik va biologiya.
Tilshunoslik biologiya fani bilan ham uzviy aloqadadir. Avvalo,
tilshunoslikning o‗rganish obyekti bo‗lgan til tovushlar silsilasi
yordamida moddiylashadi. Tovushlar esa nutq birligi sifatida muayyan
nutq organlarining faoliyati natijasida yuzaga chiqadi. Nutq tovushlarini
hosil qilishda ishtirok etadigan nutq organlari nutq apparati sanaladi.
Nutq apparati tarkibiga kiruvchi nutq organlari inson organizmining
tarkibiy qismidir. Har qanday nutq organi ikki xil vazifa bajaradi: 1)
birlamchi vazifasi insonning fiziologik a‘zosi. Bunday a‘zo sifatida ular
inson organizmining normal yashashi uchun
zarur tabiiy ehtiyojlarni
qondirishga xizmat qiladi; 2) ikkilamchi vazifasi nutq organi. Bu faqat
homo sapiensga xos xususiyatlar bo‗lib,
birlamchi vazifasi ustiga
qo‗shimcha vazifa – ma‘lum nutq tovushlarini talaffuz qilish vazifasi
qo‗shiladi. Shunday qilib,
bu organlar ham biologiyaning, ham
tilshunoslikning tekshirish obyekti bo‗ladi.
Har bir nutq tovushi uch belgini o‗zida mujassamlaydi: 1) akustik;
2) artikulyatsion; 3) vazifaviy (funksional).
Unli tovushlar ham, undosh tovushlar ham artikulyatsion belgiga
ega. Unli yoki undosh tovushlarning yuzaga chiqishida ishtirok etadigan
nutq organlari belgisi artikulyatsion belgi sanaladi.
Mazkur belgiga
ko‗ra nutq tovushining tavsifi artikulyatsion (fiziologik) tavsif sanaladi.
Masalan, unlilar tavsifida lab ishtiroki belgisi, og‗izning ochilish
56
darajasi (tilning ko‗tarilish darajasi) belgisi fiziologik tavsif uchun asos
bo‗lib xizmat qiladi.
Undoshlar tavsifida esa undoshlarning paydo bo‗lish o‗rni
belgisi
(bo‗g‗iz tovushlari, til tovushlari – til orqa, til o‗rta,
til oldi tovushlari,
lab tovushlari, lab-lab, lab-tish tovushlari, tanglay va burun tovushlari)
fiziologik jihatdan tavsif asosi bo‗ladi.
Unli va undosh tovushlarni talaffuz qilishda
ishtirok etadigan nutq
organlari qadimdan tilshunoslar diqqatini tortib keladi. Xususan,
bobokalonimiz qomusiy olim Ibn Sino fonetikaga bag‗ishlangan maxsus
risolasida tovushlarning fiziologik tomoni haqida batafsil ma‘lumot
beradi. Bunday aniq ma‘lumot berishida olimga inson fiziologiyasini
yaxshi bilgani katta imkoniyat yaratgan.
51
Dostları ilə paylaş: