40
―Madaniyat‖ arabcha madina (shahar) so‗zidan kelib chiqqan.
Arablar kishilar hayotini ikki turga: birini
badaviy yoki
sahroiy turmush;
ikkinchisini
madaniy turmush deb ataganlar. Badaviylik – ko‗chmanchi
holda dasht-u sahrolarda yashovchi xalqlarga, madaniylik – shaharda
o‗troq
holda yashab, o‗ziga xos turmush tarziga ega bo‗lgan xalqlarga
nisbatan ishlatilgan.
35
―Madaniyat‖ (arabcha ―madaniyat‖ – madinalik, shaharlik; ta‘lim-
tarbiya ko‗rganlik) so‗zi musulmonlarning aziz tutadigan joyi – Madina
shahri nomidan kelib chiqqan, chunki ilk musulmonlar ta‘lim-tarbiyani
asosan Madinada olganlar.
36
O‗zbek tilida
madaniyat so‗zi (arab. – sivilizatsiya) quyidagi
ma‘nolarda qo‗llaniladi: 1) jamiyatning
ishlab chiqarish, ijtimoiy,
ma‘naviy-ma‘rifiy hayotida qo‗lga
kiritgan yutuqlari; 2) biror ijtimoiy
guruh, sinf yoki alqning ma‘lum davrda qo‗lga kiritgan shunday
yutuqlari; 3) o‗qimishlilik, ta‘lim-tarbiya ko‗rganlik, ziyolilik, ma‘rifat;
4) madaniyatli shaxs talablariga javob beruvchi sharoit; 5) qishloq
xo‗jaligida o‗simlik yoki ekin turlarini o‗stirish, yetishtirish.
37
Yevropada ―madaniyat‖ deyilganda,
dastlab insonning tabiatga
ko‗rsatadigan maqsadga muvofiq ta‘siri, shuningdek, insonga ta‘lim-
tarbiya berish tushunilgan (lot. cultura - yerni ishlash, parvarishlash;
tarbiya, rivojlanish, hurmatlash, ehtirom; ruschadagi ―kultura‖ so‗zi
ham shundan olingan).
XVIII asrdan e‘tiboran
kultura so‗zi
bilan insonning faoliyati,
uning aniq bir maqsadga yo‗nalgan fikrlashi tufayli yuzaga kelgan
barcha narsalar tushunila boshlangan. Biroq mazkur so‗z dastlab
―insonni tabiatga ta‘siri, inson manfaatlari yo‗lida tabiatni o‗zgartirish,
ya‘ni yerni ishlash‖ ma‘nosida qo‗llanilgan. Kultura – ijtimoiy-
gumanitar bilishning fundamental tushunchalaridan biri sanaladi.
Mazkur so‗z XVIII asrning ikkinchi yarmi (―Ma‘rifat asri‖)dan boshlab
ilmiy termin sifatida iste‘molga kirgan.
38
Madaniyat faqat mavjud
35
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 5-жилд. –T.: ЎзМЭ, 2003. – Б. 372-373.
36
Абдуллаев М., Абдуллаева М., Абдураззоқова Г. Мустақиллик: Изоҳли илмий-оммабоп луғат. –Т.: Шарқ,
1998. –Б.104.
37
Ўзбек тилининг изоҳли луғати. II. – Т.: ЎзМЭ, 2006. – Б. 521.
38
Маслова В. А. Лингвокультурология. Учебное пособие для студентов высших учебных заведений. –М.,
2001. –С.12.
41
me‘yor va urf-odatlarga rioya qilish qobiliyatini rivojlantirishni emas,
balki ularga rioya qilish istagini rag‗batlantirishni ham o‗z ichiga olgan.
Demak, madaniyat biologik mahsulot emas, balki ijtimoiy mahsulotdir.
Madaniyat moddiy va ma‘naviy ishlab chiqarish, ijtimoiy va
o‗zaro munosabatlar, siyosat, oila, axloq, xulq, huquq, ta‘lim, tarbiya,
ijod, ilm-fan, xizmat ko‗rsatish, turmush tarzi kabilar bilan bog‗liq keng
qamrovli voqeadir. Shuning uchun u jamiyat bilan birga rivojlanadi,
jamiyatning taraqqiyot darajasini aks ettiradi. Jamiyatdan tashqarida
madaniyat yo‗q. Ijtimoiy munosabatlardagi har qanday o‗zgarish
madaniyatga ta‘sir ko‗rsatadi va u bu munosabatlarning qanday
natijalarga olib kelishidan xabar beradi. Shu boisdan madaniyat nafaqat
o‗tmish yoki bugunga, balki kelajakka munosabatdir.
Madaniyat
inson faoliyatining ham
mahsuli, ham
sifat
ko‗rsatkichidir. Shu bilan birga insonning o‗zi ham, pirovard natijada
madaniyat mahsulidir. Hatto, aytish mumkinki, madaniy muhit qanday
bo‗lsa, inson ham shunday shakllanadi.
Madaniyatning ijodkori, eng avvalo, xalqdir.
Xalq madaniyatida
avlodlar yaratgan moddiy va ma‘naviy boyliklar jamlangan. Ularni
o‗zlashtirmay, bilmay turib madaniyatli kishi bo‗lib yetishish qiyin.
Shuning uchun barkamol insonni shakllantirishda madaniyatning o‗rni
katta.
Dostları ilə paylaş: