5-mavzu: Tilshunoslik va sotsiologiya. Sotsiolingvistika
Reja:
1.Sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika fanining shakllanish tarixi.
2. Sotsiolingvistika fanining o‗rganish obyekti, predmeti, maqsad
va vazifalari.
Tayanch so‘z va iboralar: til, inson, jamiyat, til siyosati, diskurs
tahlili, til me‟yori, variantlilik, diglossiya, bilingvizm
1.Sotsiolingvistika. Sotsiolingvistika fanining shakllanish tarixi.
Har qanday jamiyat hayoti va taraqqiyotida tilning o‗rni katta
34
ahamiyatga ega ekanligi, har qanday jamiyatning ilmiy asoslangan til
siyosatiga ehtiyoji barchaga ma‘lum. Shu bilan bir qatorda tilning
yashashi va rivojlanishi shu jamiyat bilan uzviy bog‗liq. Chunki til
o‗zining muloqot, bilish, ifoda vazifalarini bajarishi uchun uning o‗z
hududi, bu hududda yashovchi jamiyat, jamiyatning iqtisodiy bazasi
bo‗lishi kerak, zero, bu hudud, sodir bo‗layotgan barcha ijtimoiy-
iqtisodiy o‗zgarishlar, ma‘naviy-mafkuraviy siljishlar tilga o‗z ta‘sirini
o‗tkazmay qolmaydi. Bundan tashqari fan-texnika taraqqiyoti,
globallashuv jarayoni ham tilga ta‘sir qiladi. Mana shu kabi tilning
jamiyat bilan bog‗liq jihatlarini o‗rganuvchi soha sotsiolingvistika
sohasi bo‗lib, sotsiolingvistika termini lotincha socialic – jamiyat va
lingua – til so‗zlaridan tashkil topgan. Bu termin fanga birinchi marta
1952-yilda amerikalik sotsiolog G.Karri (Currie 1952) tomonidan
kiritildi. J.A.Fishmanning ―Til jamiyatidagi ma‘ruzalar‖ (―Readings in
the Society of Language‖) nomli to‗plamiga kirgan. 50-yillarning
lingvistlari, sotsiologlari, madaniyatshunoslari, dialektologlari va
kommunikatsiya (muloqot) sohasi mutaxassislarining maqolalarida
sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‗tarib chiqildi.
Sotsiolingvistika o‗z o‗rganish obyekti bilan ―sof‖ lingvistikadan
farqlanadi. ―Sof‖ lingvistika lisoniy belgilarni, chunonchi, tovush va
uning yozma ifodasini, uning boshqa belgilar bilan o‗zaro munosabatini,
vaqt va zamonda o‗zgarishini tahlil qilish bilan shug‗ullansa,
sotsiolingvistika insonlar mazkur lisoniy belgilarni ularning yoshi, jinsi,
ijtimoiy holati, bilimi va madaniyatlilik darajasiga ko‗ra qanday
qo‗llashlarini, ya‘ni ijtimoiy muhitning ularning nutqiy muomalasiga
qanday ta‘sir qilishini o‗rganadi. Masalan, ―sof‖ lingvistikada tomi
ketmoq iborasi ot va fe‘ldan tarkib topgan frazeologik birlik sifatida
talqin qilinsa, sotsiolingvistikani mazkur ibora qaysi tabaqa vakilining
so‗zlashuv nutqida qo‗llanilgani qiziqtiradi.
Sotsiolingvistika sohasi shakllanishi va bu sohada ilmiy tadqiqotlar
olib borilishi XX asrning 50-yillariga tog‗ri kelsa-da, tilning
jamiyatdagi o‗rni, ijtimoiy turli-tumanligi haqidagi fikrlar qadimdan
bo‗lgan. Bu haqida sharq mutafakkirlari, jumladan A.N.Forobiy,
35
A.R.Beruniy, M.Koshg‗ariy, Yusuf Xos Hojib, A.Navoiy kabi
allomalarimiz o‗z qarashlarini bayon qilgan va o‗z asarlarida til odobi,
nutq madaniyati, tilning kommunikativ xususiyatlari haqida fikr-
mulohazalarini bildirganlar.
26
Tilning jamiyatdagi o‗rni haqida
―Kultegin‖ bitiktoshida ham o‗ziga xos qarash bor, ya‘ni unda turkiy
xalqning Tabg‗ach xalqiga aldanib qolishida ularning shirin so‗ziga
ishonganliklari ham sabab etib ko‗rsatiladi va dushmanning tiliga
ishonib, aldanib qolmaslik uqtiriladi: Tabg‗ach budun so‗zi chuchuk,
og‗izi yumshoq ermish, suchuk so‗zi, yumshoq qiliq-la aldab, yiroq
budunni ancha yaqinlatar ermish.
27
Abu Nasr Forobiy tilning ijtimoiy
mohiyati xususida: ―Inson insoniy kamolotga erishuvi uchun so‗zlashga
muhtojdir, har bir insonning tabiatida boshqa bir kishi yoki ko‗pchilik
bilan fikrlashish, o‗zaro lisoniy aloqa qilish xususiyati bor‖, - degan
fikrlarni keltirsa, Abu Rayhon Beruniy: ―Til so‗zlovchi istagini
eshituvchiga yetkazuvchi tarjimondir. Shuning uchun til zamonning bir
onidek, turg‗un qismi kabi cheklanib qoladi‖, – deydi.
28
Алишер Навоий ―Muhokamatul-lug‗atayn‖ asarida tilning
ijtimoiy vazifalarini juda to‗g‗ri belgilagan: ―Va bu so‗zning (Alloma til
ma‘nosida so‗z atamasini qo‗llagan) tanavvui taaqquldin nari va
tasavvurdin tashqaridadur. Agar mubolag‗asiz ijmol yuzidin qalam
surulsa va ixtisor jonibidin raqam urulsa, yetmish ikki nav‘ bila taqsim
toparida xud hech so‗z yo‗qturki, yetmish ikki firqa kalomig‗a dalolat
qilg‗ay; ammo ulcha tafsiliydur. Uldurki, rub‘i maskunning yetti
iqlimidan har iqlimda necha kishvar bor va har kishvarda necha shahr va
qasaba va kent va har dashtda necha xayl-xayl sahronishinin ulus va har
tog‗ning qo‗llarida va qullalarida va har bahrning jazoyirida va
savohilida ne tavoyif bor. Har jamoat alfozi o‗zgalaridin va har guruh
iborati yonalaridin mutag‗ayyir va bir necha xususiyat bila
mutammayizdurki, o‗zgalarda yo‗qtur‖.
29
Tillarning turli-tumanligi,
milliy tillardan tashqari sheva, jamoa, guruh tillari mavjudligi haqidagi
26
Исломов Ў. Алишер Навоий асарларида нутқ маданияти талқини: Филол.фан.номз. ...дисс.автореф. –
Тошкент, 2011. –Б.7-12.
27
Қаюмов А. Қадимият обидалари. –Тошкент: Адабиѐт ва санъат нашриѐти, 1972. –Б.135.
28
Абу Райҳон Беруний. Ҳикматлар. –Тошкент: Ёш гвардия, 1973. –Б.22.
29
Aлишер Навоий. Муҳокамату-л-луғатайн. –Тошкент: Akademnashr, 2017. –Б.29-30.
36
Navoiyning ushbu fikrlari Yevropa olimlarining bu boradagi fikrlari
bilan hamohangdir. Jumladan, Ispaniya Salaman universiteti professori
Gonsalo de Korreas tilning ijtimoiy turli-tumanligi xususida shunday
yozgan: ―Tilda viloyatlardagi dialektlardan tashqari, mazkur viloyatlarda
yashovchilarning yoshi, mavqeyi, mol-mulki bilan bog‗liq ayrim
shakllar ham mavjud bo‗ladi. Bular: qishloq aholisi, avom xalq,
shaharliklar, zodagonlar, saroy ahli, tarixchi olimlar, din arboblari,
qariyalar, erkaklar, ayollar va hatto, bolalarning tillaridir‖.
30
Yuqorida keltirilganidek, bu soha ildizlari tarixga borib taqalsa-
da, fan sifatidagi rivoji o‗tgan asrga borib taqaladi. Bu sohaning alohida
yo‗nalish sifatida shakllanishida rus tilshunoslari I. A. Boduen de
Kurtene, Y.D.Polivanov, L.P.Yakubinskiy, V.M.Jirmunskiy, B.A.Larin,
A.M. Selishev, G.O.Vinokur, fransuz tilshunoslari F.Bruno, A.Meye,
P.Lafarg, M.Koen, shved tilshunoslari Sh.Balli, A.Seshe; belgiyalik
tilshunos J.Vandries, chex tilshunoslari B.Gavranek, A.Mateziuslarning
ilmiy g‗oyalari turtki bo‗ldi. Binobarin, A. Meyening til – jamiyat hayoti
bilan bevosita aloqada bo‗lgan ijtimoiy hodisa bo‗lgani uchun uning
rivojlanishida differensiatsiya va unifikatsiya jarayonlari mavjudligi;
Sh.Ballining tilning barcha vositalari muloqot doirasiga ko‗ra
taqsimlanishi, bunday taqsimlanishda ijtimoiy o‗zaro bog‗liqlikning
salmoqli o‗rin tutishi; rus va chex tilshunoslarining yagona milliy til
egalarining ijtimoiy mavqeyiga bog‗liq bo‗lgan ijtimoiy differensiatsiya;
Y.D.Polivanovning jamiyatning tilga ta‘siri to‗g‗ridan to‗g‗ri
bo‗lmasligi,
jamiyatdagi
o‗zgarishlarning
til
evolyutsiyasini
tezlashtirishi yoki sekinlashtirishi mumkinligi haqidagi, shuningdek,
hududiy dialektologiya bilan birga, ijtimoiy dialektologiyaning ham
muhimligini
asoslash;
B.A.
Larin,
V.M.Jirmunskiy,
D.S.Lixachevlarning milliy til ichki tizimini tushunishda jargonlar,
argolar va tilning boshqa kodlashmagan sohalarini o‗rganishning
muhimligi to‗g‗risidagi g‗oyalari shular jumlasidandir.
31
30
Степанов Г. В. Типология языковых состояний и ситуаций в странах романской речи. -М., 1976. –C. 22.
31
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. – C. 7.
37
XX asrning birinchi yarmidagi sotsiolingvistika diaxron jihatdan
talqin qilingan bo‗lsa, ya‘ni unda til evolyutsiyasi bilan jamiyat
rivojlanishining bog‗liqligiga e‘tibor qaratilgan bo‗lsa, XX asrning
ikkinchi yarmidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar sinxron xarakterga ega
bo‗lib, ularda til strukturasi unsurlari bilan jamiyat strukturasi unsurlari
orasidagi bog‗liqlik tahlil qilindi.
Dostları ilə paylaş: |