38
Sotsiolingvistika tilning ijtimoiy tabiatini, uning ijtimoiy
funksiyalarini, shuningdek, ijtimoiy omillarning tilga ta‘sirini
o‗rganadigan fandir. Ikki yoki uch til amal qilayotgan jamiyatlarda
sotsiolingvist quyidagi savollarga javob
olishi uchun bir necha til
funksiyalari mexanizmini ularning o‗zaro ta‘sirida tadqiq qilishi lozim.
Ular ijtimoiy hayotning qaysi sohalarida qo‗llaniladi? Mavqeyi va
funksiyalariga ko‗ra ular orasidagi o‗zaro munosabat qanday bo‗ladi?
Qaysi til ―hukmronlik qiladi‖, ya‘ni qaysi til davlat tili yoki asosiy
muloqot vositasi sifatida rasman qabul qilingan va qaysi tillar so‗zlashuv
tili hisoblanadi? Ikki tillilik qanday sharoitlarda va qaysi shakllarda
yuzaga
keladi?
Bunga
o‗xshash
savollarga
javob
berish
sotsiolingvistikaning vazifasiga kiradi.
33
Demak, sotsiolingvistikaning obyekti til yoki tillarning ijtimoiy
faoliyatidir. Til muayyan ijtimoiy strukturaga ega bo‗lgan
jamiyatda
faoliyat ko‗rsatadi, shunga ko‗ra, sotsiolingvistikani tilni ijtimoiy
kontekstda o‗rganadigan fan deyish mumkin. Hozirgi kunda soha o‗z
oldiga qanday vazifalarni qo‗yadi? Bu haqida quyidagi fikrlar diqqatga
molikdir: ―O‗z mustaqilligiga erishgan davlatlarning o‗z milliy adabiy
tillarini yaratish, yozuvni asoslash, uni mukammallashtirish ishlari jadal
olib borilmoqda. Fan va texnika taraqqiyoti, xalqaro savdo-sotiqning
kengayib borishi, bir tomondan, tillarda baynalmilal so‗zlar
sonining
oshib borishiga sabab bo‗lsa, ikkinchi tomondan, mahalliy tillar bilan
xalqaro til vazifasini o‗tayotgan tillar o‗rtasidagi to‗qnashuvlarga, til
chatishuvlariga (kreollashtirish, pijinlashtirish) sabab bo‗lmoqda. Bu
masalalar bilan ijtimoiy tilshunoslik shug‗ullanishi, mazkur
hodisalarning qonuniyatlarini ilmiy ravishda ochib berishi zarur‖.
34
Yuqoridagi fikrlardan kelib chiqqan holda,
sotsiolingvistikaning
predmetini qisqacha ―inson va jamiyat‖, deb belgilash mumkin hamda
ushbu soha bugungi kunda davr talabidan kelib chiqqan holda katta
odimlar bilan taraqqiy etayotgan soha ekanligini ta‘kidlab o‗tish zarur.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
33
Беликов В. И., Крысин Л. П. Социолингвистика. –М., 2001. –C. 9.
34
Алиқулов З., Боймирзаева С. Социолингвистика. –Самарқанд, 2010. –Б.75.
39
1.Tilning ijtimoiy mohiyati xususida allomalarimizning fikrlaridan
namuna keltiring.
2. ―Sotsiolingvistika‖ fani qachondan boshlab shakllangan?
3. ―Sotsiolingvistika‖ fanini rivojida kimlarning hissasi bor?
4. ―Sotsiolingvistika‖ atamasi kim tomonidan kiritilgan?
5. ―Sotsiolingvistika‖ fanining predmeti, obyekti,
maqsad va
vazifalari nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: