4-mavzu: Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati.
Tilshunoslik va tarix. Tilshunoslik va etnografiya
Reja:
1.Tilshunoslikning ijtimoiy fanlar bilan munosabati. Tilshunoslik va
tarix.
2. Tilshunoslik va etnografiya. Etnolingvistika.
Tayanch tushunchalar: Tilshunoslik, tarix, til tarixi, etnografiya,
etnolingvistika, antropolinvistika, lingvokulturologiya, folklor
Tarix kishilik jamiyatining taraqqiyot bosqichlarini o‗rganuvchi
fandir. Jamiyatimiz, xalqimiz qanday tarixiy jarayonlarni bosib o‗tgan
bo‗lsa, til ham jamiyatning aloqa-aralashuv quroli sifatida ana shu
taraqqiyot bosqichlarini bosib o‗tgan, tarixiy voqealarni, jamiyatdagi
o‗zgarishlarni o‗zida aks ettirgan. Shu sababdan tilshunoslik va tarix
sohasi bir-bilan chambarchas bog‗liq. Bu fanlarning o‗rganish obyekti,
vazifalari har xil bo‗lsa-da, shu vazifalar yechimida biri ikkinchisiga
yordam beradi. Masalan, tarixning muayyan jihatlarini yoritishda tarixiy
hujjatlar, tarixiy yodgorliklar ojizlik qilib qolgan joyda lingvistik
materiallar yordamga kelishi mumkin. Ayni paytda, ma‘lum lingvistik
faktlarni tarixiy materiallarga suyanmasdan turib izohlash yetarli
bo‗lmaydi. Bu esa jamiyat tarixi bilan shu jamiyat tilining va ularni
o‗rganuvchi tarix fani bilan tilshunoslik fanining naqadar aloqador
ekanini ko‗rsatadi.
Tarix fani til tarixini, taraqqiyot bosqichlarini o‗rganishda zarur
bo‗lib, til tarixi jamiyat tarixining tarkibiy qismi, shuning uchun til
tarixini jamiyat tarixidan uzilgan holda o‗rganish mumkin emas. Tilda
mavjud bir qator hodisalar mohiyati jamiyat tarixi asosida ochiladi.
Masalan, tilimiz tarixiy taraqqiyotini davrlashtirish muammolari, til
birliklarining tarixiy shakllari, so‗zlarning ma‘no taraqqiyoti, so‗zlar
etimologiyasi, joy nomlari, millat, urug‗, qabila nomlarining ma‘nosi,
nomlanish tarixini o‗rganishda tarixiy faktlarga tayanamiz: ―Turkiy,
xususan, o‗zbek xalqining etnogenezini aniqlash tarixchilar, etnograflar,
arxeologlar, tilshunoslar va adabiyotshunoslar shunga o‗xshash soha
30
olimlarining birgalikda ish olib borishlarini talab qiladi. Masalan,
hozirgi zamon O‗rta va Markaziy Osiyo xalqlarining etnogenezini bilish
– shu hududda qadimda yashagan xalqlar – saklar(skiflar), massagetlar,
sug‗dlar, kushonlar (yoki toxarlar), xunnlar hamda boshqa qo‗shni
xalqlarning tarixini o‗rganish bilan bog‗liqdir‖.
21
Yuz bergan ijtimoiy-
siyosiy, madaniy, iqtisodiy hodisalar, jamiyat hayotidagi turli xil
yangiliklar shu jamiyat tilining lug‗at tarkibida o‗z ifodasini topgani
tufayli til sistemasining leksik sathi boshqa sath birliklariga nisbatan
ko‗proq jamiyat tarixi bilan bog‗liq bo‗ladi. Agar e‘tibor bersak, har bir
tarixiy evrilishlar tilga o‗z ta‘sirini o‗tkazgan. Masalan, Turk hoqonligi
davri tili, qoraxoniylar davriga qadar juda katta o‗zgarishlarga yuz
tutmagan bo‗lsa, qoraxoniylar sulolasining O‗rta Osiyoda yuqori
mavqega ega bo‗lishi, davlatimiz tarixida alohida o‗rin egallagani tilga
ham ta‘sir ko‗rsatgan. Ushbu davrda tilimiz fonetikasi, leksikasi,
grammatikasida katta o‗zgarishlar ro‗y berib, qadimgi turkiy til eski
turkiy tilga o‗z o‗rnini bo‗shatib bergan. Buning asosiy sabablarini
tushunishda bizga tarix fani ko‗mak beradi. Arab, fors-tojik tilining
ta‘siri, mo‗gullar bosqini, etnik qavmlarning alohida millat bo‗lib
shakllanish jarayoni sabab tilimizning tarixiy taraqqiyotida yana bir
bosqich ―Eski o‗zbek tili‖ davri shakllandi, taraqqiy etdi. Ruslar
istilosidan so‗ng nafaqat tilimiz leksikasida, balki grammatikasida ham
o‗zgarishlar yuz berdi. XX asrning 20-yillaridan ―Hozirgi o‗zbek adabiy
tili‖ shakllandi. Tildagi bu kabi o‗zgarishlarni sharhlashda, albatta, tarix
fani yutuqlariga tayanamiz. Shu bilan bir qatorda tarix fani ham
tilshunoslik materiallariga tayanadi va ayni damda til materiallarini
o‗rganish tarixning uch xil muammosini hal qilishda yordam berishi
mumkin: 1) xalqning kelib chiqishi 2) tarixiy taraqqiyotning turli
bosqichida xalq madaniyati holati 3) boshqa xalqlar bilan munosabati.
Quyidagi fikrlar mulohazalarimizni asoslaydi: ―Tillar xalqning yozuv
va san‘at paydo bo‗lgungacha yaratgan eng qadimgi yodgorliklari
hisoblanadi. Tillar xalqlarning kelib chiqishi, qarindoshligi va joylashuvi
to‗g‗risida eng yaxshi guvohlik beradi‖.
22
21
Abdurahmonov G‗., Shukurov Sh., Mahmudov Q. O‗zbek tilining tarixiy grammatikasi. –Toshkent: O‗zbekiston
faylasuflari milliy jamiyati nashriyoti, 2008. –B.10.
22
Туймабаев Ж. Становление и развитие алтайской теории и алтаистики. –Туркистан, 2006. –Б.46.
31
Xullas, tilshunoslik sohasi bilan tarix sohasi bir-biri bilan uzviy
bog‗liq. Shu bilan barobarida til shu til egasi bo‗lgan xalq bilan uzviy
aloqadadir. Xalq tarixidagi har bir voqea, urf-odatlari, turmush tarzi
uning tilida aks etadi. Tilshunos olim N.Mahmudov ta‘kidlaganidek:
―Xalq tushunchasining toyilmas tirgagi, uning tafakkur va taxayyul
olamining ustuvor ustuni ona tilidir, chunki shu til, avvalo, olomon
shaklidagi odamlarni yaxlit qavm o‗laroq birlashtiradi, bu qavmning
dunyoni bilish, anglash tarziga muntazam shamoyil beradi, shu tariqa
uni tamaddun otlig‗ buyuk ne‘matning oliy arshiga olib chiqadi. Biron-
bir til va xalqni bir-biridan ayro holda tasavvur etish nomumkin
yumushdir. Tilsiz xalq va xalqsiz til tushunchalari mohiyatdan mutlaqo
mahrumdir. Xalq tilning tillo beshigida balog‗atga yetadi, til esa o‗z
sohibi bo‗lmish xalqning qalbidan kuch oladi, uning ardog‗ida tarovat
topadi. Til xalq birligining, xalq esa til barhayotligining poydor
posbonidir‖.
23
Shuning uchun til bilan shu til egasi bo‗lgan etnos
o‗rtasida qanday mustahkam aloqa mavjud bo‗lsa, ularni o‗rganuvchi
tilshunoslik bilan xalq tarixi va etnografiya o‗rtasida ham shunday aloqa
bor.
Tilning shu til egasi bo‗lgan etnos madaniyatiga munosabatini,
tilning funksiyalanish va rivojlanish jarayonida til bilan etnomadaniyat,
etnopsixologik omillar o‗rtasidagi aloqani o‗rganishga ehtiyoj tufayli
etnolingvistika yo‗nalishi vujudga keldi. Sohaning o‗rganish obyekti,
predmeti, maqsadi va vazifalari xususida manbalarda quyidagicha fikrlar
bildirilgan: Etnolingvistika – makrolingvistikaning til bilan xalq
o‗rtasidagi munosabatlarini, tilning faoliyati va taraqqiyotida lingvistik
va etnik omillarning o‗zaro ta‘sirini o‗rganuvchi bo‗limi.
24
Etno... (yun.
ethnos — qabila, elat, xalq) — o‗zlashma qo‗shma so‗zlarning birinchi
qismi; elat, xalq va ularga oidlik ma‘nolarini bildiradi (mas, etnogenez,
etnografiya). …Etnolingvistika (etno... va lingvistika) —
tilshunoslikning til va til egasi bo‗lgan xalq orasidagi bog‗liqlik hamda
munosabatlarni, til rivoji, vazifaviy xususiyatlariga lisoniy, etnik
23
Маҳмудов Н. Тилимизнинг тилла сандиғи. – Тошкент: Ғафур Ғулом номидаги нашриѐт-матбаа ижодий
уйи, 2012. –Б.3
24
Ҳожиев А. Тилшунослик терминларининг изоҳли луғати. – Тошкент: ЎзМЭ, 2002. –Б.178.
32
omillarning birgalikdagi ta‘sirini o‗rganuvchi sohasi. Til bilan etnik
xususiyatlarning o‗zaro munosabati, bir-biriga ta‘siri ikki tomonlama
bo‗ladi: etnik omillar (etnosning urf-odatlari, milliy an‘analari, falsafiy,
diniy qarashlari va b.)ning tip rivojiga ta‘siri va, aksincha, til vazifaviy
imkoniyatlarining etnos va etnik xususiyatlarning shakllanishiga ijobiy
ta‘siri. Etnolingvistika til va uning rivojiga turli etnik guruhlarning
qanchalik hissa qo‗shganini, bu jarayonda etnoslar orasidagi yaqinlik,
mushtaraklik
yoki
ularning
bir-biridan
ajralish,
uzoqlashish
xususiyatlarini tadqiq qiladi. Tilshunoslikning etnik onomastika, areal
lingvistika,
lingvistik
geografiya,
dialektologiya,
til
tarixi,
sotsiolingvistika, xaritashunoslik sohalari etnolingvistika erishgan ilmiy
natijalardan foydalanadi. Etnolingvistika ayniqsa, yozuvga ega
bo‗lmagan xalqlarning etnografiyasini o‗rganishda, ularning tillaridagi
etnik xususiyatlar bilan bog‗liq lisoniy materiallarni to‗plash va tadqiq
qilishda qo‗l keladi.
25
Etnolingvistika mustaqil lingvistik yo‗nalish sifatida XIX asrning
70-yillarida Shimoliy,
keyinroq Markaziy Amerikadagi hindu
qabilalarining tili, madaniyati, urf-odatlarini o‗rganishning kuchayishi
bilan paydo bo‗ldi. Lekin mazkur yo‗nalishning ilk davrida ko‗proq
etnografiya masalalariga diqqat jalb qilindi, faqat asrimizning 20-
yillarida lingvistik tomoniga e‘tibor kuchaytirildi. Etnolingvistikaning
mustaqil yo‗nalish sifatida shakllanishida Amerika tilshunosi va
etnografi F.Boas va uning o‗quvchilarining xizmati katta bo‗ldi.
Tilshunoslikda etnolinvistikaga oid qarashlar, ya‘ni til va madaniyat, til
va inson omili, til va tarix masalalari bilan dastlab Yevropa va rus
tilshunoslari V.fon Gumboldt, A.Vaysgerber, L.Blumfild, E.Sepir,
Boduen de Kurtene, A.Potebnya, A.Shaxmatov, N.Xomskiy, U.Cheyf,
B.Serebrennikov, L.Shcherba, Yu.Stepanov, I.Galperin, N.Karaulov,
N.Jinkin, A.Leontev, J.Lakoff, T. van Deyk, A.Vejbitskaya,
E.Kubryakova, E.Rosh, V.Belyanin, V.Demyankov, V.Maslova,
T.Dridze, K.Sedov, o‗zbek tilshunoslari A.Nurmonov, N.Mahmudov,
E.Begmatov, S.Mo‗minov, Sh.Safarovlar shug‗ullanishgan.
25
Ўзбекистон Миллий Энциклопедияси. 10-жилд. Шарқ – Қизилқум. – Тошкент: ЎзМЭ, 2005. –Б.285.
33
Etnolingvistika sohasining predmeti dastlabki davrlarda tillar
tasnifi bo‗lgan bo‗lsa, keyinchalik tillarning va madaniyatlarning o‗zaro
ta‘siri, bilingvizm masalalari, til taraqqiyotiga ijtimoiy madaniyatning
ta‘siri kabi muammolar ham etnolingvistikaning o‗rganish doirasiga
kiritilgan.
Shuningdek,
turli
etnik
guruhlarda
qo‗llaniladigan
paralingvistik
vositalar,
folklor
materiallarini
o‗rganish ham
etnolingvistika obyekti sanaladi. Xususan, asrimizning 70-80-yillarida
folklor materiallariga e‘tiborning tortilishi til va madaniyat o‗rtasidagi
aloqaning yangi turlarini ochishga imkoniyat yaratdi va bu bilan
etnolingvistikaning o‗rganish doirasini kengaytirdi. Hozirgi kunda
etnolingvistika
dunyoning
deyarli
barcha
mamlakatlarida
tilshunoslikning bir yo‗nalishi sifatida e‘tirof etildi va bu yo‗nalish
bo‗yicha keng tadqiqot ishlari olib borilmoqda.
Mavzuni mustahkamlash uchun savol va topshiriqlar:
1.Tarix fani va tilshunoslikning o‗zaro bog‗liqligini tilshunoslikning
qaysi sohalarida kuzatasiz?
2. Tarixiy manbalar, arxeologik topilmalar til tarixini yoritishda
xizmat qilishi mumkinmi?
3. Etnolingvistika fani nechanchi asrda shakllandi? Uning
shakllanishida qaysi olimlarning xizmati bor?
4. Etnolingvistika fanining predmeti, maqsadi va vazifalari
nimalardan iborat?
Dostları ilə paylaş: |