Jamoalardagi shaxslararo munosabatlarni o’rganish SO’ROVNOMASI
Yo’riqnoma: Sizdan sizni xizmatingiz(ishingiz) va jamoangiz bilan bog’liq bo’lgan bir qator savollar bo’yicha o’zingizni fikringizni ma’lum qilishingizni so’raymiz. Har bir savolga javob berishingizdan oldin uni diqqat bilan o’qing va Sizning fikringizga to’g’ri kelgan javobni belgilang.
1. Sizga xizmatingiz (ishingiz) yoqadimi? a) juda yoqadi;
b) yoqadi desam ham bo’ladi;
v) men xizmatimga (ishim) befarqman;
g) yoqmaydi desam ham bo’ladi;
d) juda yoqmaydi.
2. Siz boshqa joyga xizmatga (ishga) o’tishni xohlarmidingiz? a) ha;
b) yo’q;
v) bilmadim.
3. Sizning jamoangizda kimlar hamkasbalaringiz orasida ko’proq hurmatga sazovorlar? Bitta yoki ikkita familiyani yozing:_______________________________________________________
4. Qo’yida keltirilgan iboralardan qaysi biriga siz qo’shilasiz. a) jamoamiz a’zolarining ko’pchiligi – samimiy va yoqimli insonlar;
b) jamoamizda xar xil odamlar bor;
v) jamoamiz a’zolarining qo’pchiligi - menga yoqmaydi.
5. Siz, jamoa a’zolaringiz bir birlariga yaqin yashasalar yaxshi bo’lardi deb hisoblaysizmi? a) yo’q, albatta;
b) ha dan ko’ra, yo’q;
v) bilmadim, bu to’g’risida o’ylamaganman;
g) yo’qdan ko’ra, ha;
d) ha, albattda.
6. Berilgan shkala asosida xizmat qilayotgan (ishlayotgan) jamoangizni baholang 1-raqami sizga juda yoqayotgan jamoani bildiradi, 9-esa, aksi. Siz xizmat qilayotgan (ishlayotgan) jamoangizni qaysi katakka joylashtirgan bo’lardingiz.