O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


O’quv fanining maqsadi va vazifalari



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə2/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Samarqand davlat universiteti

O’quv fanining maqsadi va vazifalari
Mazkur fan talabalarga empirik Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar to’g’risida to’la tasavvur beradi va olingan bilimlar asosida konkret Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar o’tkazish imkoniyatini beradi. Shu bilan birga tadqiqot dasturi tuzish, ma’lumotlarni qayta ishlash va olingan ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyatini rivojlantiradi. Ushbu maqsaddan quyidagi vazifalar kelib chiqadi:
- Talabalarda amaliy ijtimoiy ishning nazariy-metodologik asosi, predmeti, vazifalari va strategik tahlil hamda bashorat qilish uchun ularning amaliy ahamiyati to’g’risida tasavvur o’yg’otish;
- talabalarda konkret Ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’tkazish va nazariy bilimlarini amaliy maqsadlar uchun qo’llash malakalarini shakllantirish;
- Ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi tuzish, dala tadqiqoti o’tkazish, olingan ma’lumotlarni maxsus Ijtimoiy ishdadasturlar asosida kompyuterda qayta ishlash, olingan ma’lumotlarni tahlil qilish usuli, texnikasi va malakasini o’rgatish;
- kishilar, xonadonlar, xududlarni tanlab olish usuli, fikrlarni o’lchash mantig’i va yo’llari, tamoyillarini chuqur o’rgatish;
- jamiyatda ro’y berayotgan ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy jarayonlarni o’z vaqtida tahlil qilish va bashoratni ilgari surish imkoniyatini beradigan amaliy ijtimoiy ishda usullar bilan qurollantirish.
Fan bo’yicha bilim, malaka va ko’nikmaga qo’yiladigan talablar
Sosial voqyelikni ijtimoiy ish nuqtai nazardan tahlil qilish, jamiyatdagi voqyea, jarayon va hodisalarni ilmiylik va mantiqiylik asosida o’rganish, Ijtimoiy ish o’quv soxasi sifatida va amaliy Ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’rtasidagi uyg’unlikni ta’minlash, mustaqil va zamonaviy fikrlash, kundalik faoliyatda ilmiylikni ta’minlash, yetuk shaxs bo’lishda sosial me’yor ko’nikmalarini hosil qilishdan iborat. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotning mohiyati va mazmuni, ijtimoiy ishdagi tadqiqot bosqichlari va turlari, ijtimoiy ishdagi tadqiqot dasturi, uning tarkibi, gipoteza, uning turlari, gipotezani ilgari surish, tanlash, Tadqiqot dasturini tuzishni, tadqiqot muammosini nazariy tahlil qilishni, tadqiqot byudjeti hisob-kitobini tuzishni, strategik rejani ishlab chiqishni, ijtimoiy ishdagi tadqiqotning tashkiliy-prosedurasini ishlab chiqishni, tanlashni amalga oshirishni, yo’nalish xaritasi tuzish va undan foydalanishni, so’rov varaqasi tuzishni, so’rov varaqasi orqali tadqiqot o’tkazishni, ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’tkazish, sosial monitoring olib borish, tashkilot, muassasa, korxonalar bilan ijtimoiy ishdagi tadqiqot o’tkazish uchun buyurtmalar olish, ijtimoiy ishdagi tadqiqotlar asosida bashorat qilish va loyihalashtirish ko’nikmalariga ega bo’lishi kerak.


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin