3-mavzu. Hujjatlarni tahlil qilish metodi Hujjatlar Ijtimoiy ishdama’lumotlarning eng muhim manbai sifatida. Sosiologiyada hujjat tushunchasi. Hujjatlar tasnifi: ma’lumotlarni qayd etilishiga ko’ra; ma’lumotlarni olish usuliga ko’ra; mualliflik xarakteriga ko’ra; ma’dumotlarga “yaqinlik” darajasiga ko’ra. Yozma hujjatlar: davlat va markaziy arxivlvr; tashkilot va korxona arxivlari; hisobot statistikalari; ilmiy nashrlar; matbuot; shaxsiy hujjatlar; empirik ma’lumotlar arxivi. Ikonografik hujjatlar (kino-video va fotohujjatlar). Fonetik hujjatlar. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda hujjatlarni tahlil qilish metodidan foydalanishning ustunlik va kamchilik tomonlari.
Hujjatlarni tahlil qilish metodlari: An’anaviy (klassik) formallashgan (miqdoriy, kontent-analiz). Hujjatlarni tahlil qilishning an’anaviy usullarining umumiy tavsiflari: matnlarning ko’p qirraligi, hujjatlar mazmuni va yaratish maqsadlari; mazmunni sharhlash va obyektivlik. Hujjatlarni klassik tahlil qilish turlari. Hujjatlarni tahlil qilish metodi bilan boshqa birlamchi ma’lumotlar to’plash metodlari o’rtasidagi nisbat. .Hujjatlarni ichki va tashqi tahlil qilish. Huquqiy va psixologik tahlil.
4-mavzu. Superviziya. Kontent-analiz metodi. Kontent analiz hujjatlarlarni formal tahlil qilish vositasi sifatida. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda bu metoddan foydalanish imkoniyatlari. Hujjatlarni formal tahlil qilishning metodologik masalalari. Hujjatlar tili muammosi.
Kontent-analiz mohiyati, uning umumiy tavsifi, kuchli va kuchsiz tomonlari. Semantik, sintaksis, pragmatik va miqdroriy tahlil. konetn-analiz texnikasi. “Mazmun birligi”, “kuzatish birligi”, “o’lchash (hisob-kitob) birligi” tushunchalari. Mazmun birliklarini loyihalashtirish usullari. Kontent-analizni amalga oshirish metodikasi. Hujjatlarni tanlash va hujjat tipidagi ma’lumotlarning sifati. Jamoatchilik fikrini o’rganishda kontent-analiz metodlaridan foydalanishning afzalliklari.
5-mavzu. So’rov metodi So’rov tushunchasi. So’rov ma’lumotlarining sifatiy mezonlari. O’lchov instrumentining ilmiy asoslanganligi: 1) relevantlik, 2) betaraflik (obyektivlik), 3) kira olishlik, 4) farqlantiruvchi qobiliyat. So’rovning asosiy bosqichlari: 1-bosqich adaptasiya (razvedka, mashq, zondaj), 2-bosqich qo’yilgan maqsadga erishish (asosiy ma’lumotlar yig’ish), 3-bosqich so’rovni tugatish. So’rov ko’rinishlari: o’zaro ta’sirning xarakteriga ko’ra (anketa orqali va intervyu), o’tkazish joyiga ko’ra (yashash joyi yok ish joyi), tadqiqotchi bilan respondent o’rtasidagi muloqot vositasiga ko’ra (matbuot, pochta, yakkama-yakka suhbat, telefon). So’rovning turli turlarnining ustunlik va kamchilik tomonlari.