10-mavzu. Kuzatish metodi Kuzatish sosial voqyelik hodisalarini anglash metodi sifatida. Kuzatish metodining xususiyatlari. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda kuzatishdan foydalanish imkoniyatlari. Uning ustunlik va kamchilik tomonlari. Kuzatishni rejalashtirish. Kuzatish dasturi. Kuzatilayotgan obyektning ish faoliyatini va vaziyatini aniqlash. Kuzatish birligi va belgilarini tanlash. Kuzatish metodini aniqlash.
Kuzatish turlari: 1) rasmiylashganlik darajasiga ko’ra (nostrukturali va strukturali), 2) kuzatuvchining ishtirok etish darajasiga ko’ra (qo’shilib va qo’shilmay), 3) o’tkazish joyiga ko’ra (dalali va laboratoriyali), 4) o’tkazishning davomiyligiga ko’ra (sistemali va tasodifiy). Kuzatish turini aniqlash. Kuzatishni rejalashtirish va uni o’tkazish prosedurasi. Kuzatilayotgan vaziyat strukturasining tavsiflari. Kuzatish birliklarini tanlash. Kuzatish ma’lumotlarining subyektivlik muammosi. Kuzatuvchiga qo’yiladigan talablar. Kuzatuvchilar uchun yo’l-yo’riqlar ishlab chiqish. Kuzatish metodining ishonchliligini oshirish yo’llari. Natijalarni qayd etish shakllari. Texnik vositalardan foydalanish va ma’lumotlarni kodlashtirishning maxsus malakalari. Kuzatish instrumentariysi: kuzatish kundaligi, ma’lumotlarni qayd etish blankalari va kartochkalari. Kuzatish ma’lumotlarini qayta ishlash va tahlil qilish.
11-mavzu. Ekotizimli metod va sosial eksperiment metodi Eksperiment metodining tabiiy va ijtimoiy fanlarda tutgan o’rni. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotlarda eeksperimentdan foydalanishning o’ziga xosligi, uning qo’llanish imkoniyatlari va chegaralari. Eksperiment o’tkazishga qo’yiladigan talablar: eksperiment sharoitlari ustidan nazorat, nazorat omillarini izolyasiya qilish muammosi, eksperimental sharoitlarni tenglashtirish. Eksperimentning mantiqiy strukturasi. Ijtimoiy ishdagi tadqiqotda o’zgaruvchanlik tushunchasi. O’zgaruvchanlik turlari: bog’liq, bog’liq bo’lmagan (mustaqil), neytral. Eksperimentda o’zgaruvchapnliklarni o’lchash vositalari. O’lchash natijalari asosida xulosalar strukturasi. Eksperiment turlari va eksperimental guruhlarni tanlash. Eksperimentlar tasnifi: o’tkazish sharoitlariga ko’ra; dalil va gipotezalarning mantiqiy strukturasining xarakteriga ko’ra; yaratilgan eksperimental holat tipiga ko’ra. Dala va laboratoriya eksperimentlari. Chiziqli eksperiment. Parallel eksperiment. Eksperimentda qutbli tanlash metodi Strukturali identifikasiya metodi. Tasodifiy tanlash metodi. Eksperimentni amalga oshirish rejasi va mantiqi.