O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə9/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50
Samarqand davlat universiteti

8-mavzu. Ekspert baholash metodi
Ekspert baholash metodi ta’rifi. Tadqiqotlarda ekspert baholash metodini qo’llashning metodologik asosi, uning funksiyasi va asosiy vazifalari. Metodni qo’llash sohalari. Birlamchi ma’lumotlar yig’ish metodlari tizimida ekspert baholash metodining o’rni. Ekspert metodlari tasnifi. Ekspert baholash metodi doirasida testlar o’tkazish.
Ekspert baholashni o’tkazish prosedurasi. Tayyorgarlik bosqichi: uning asosiy tavsiflari. O’lchash muammosi: ekspert fikrlari shkalalariga qo’yiladigan talablar. Ekspertlarni tanlab olish bosqichi, ekspertlarning kompetentlik darajasini baholash. Ekspert guruhlari sonini belgilash. Ekspert ma’lumotlar to’plash bosqichi: uning proseduraviy xususiyatlari, ekspertlarning bevosita o’zaro harakatisiz bo’ladigan qayta aloqa proseduralarining (Delfi metodi, sifatli qayta aloqa metodi, individual qayta aloqa metodi) ustunliklari. Ekspert ma’lumotlarini tahlil qilish bosqichi: uning prosedurasi va ahamiyati. Ekspert fikrlarini qayta ishlash metodlari.
Ekspertlar konsepsiyalari integrasiyasi proseduralari: xususiy konsepsiyalarini shakllantirish bosqichi, ularning dolzarbligini ko’rsatadigan baholar mezonlarini ishlab chiqish (imkoniyat va zarurlik omillari tizimini yaratish), konsepsiyalarning amalga oshirish bahosi, “hayot sikllari” konsepsiyasi iyerarxiyasini tuzish, strategik maqsadlar, kompleks konsepsiyalarni aniqlash. Sosiologiyada ekspert baholash metodlarini qo’llashdagi qiyinchiliklar va uchraydigan kamchiliklar.


9-mavzu. Test metodidan foydalanish
Test tushunchasi. Testlarning asosiy diognostik vazifalari. Testlarlarning turli ko’rinishlari: umumshaxsiy va guruhiy; obyektiv va subyektiv; verbal va noverbal; diagnostik va proyektivli. Klassik test metodikalari (REN, MMPI va boshqa). Test metodikalarini ishlab chiqish tamoyillari. Test prosedurasiga qo’yiladigan talablar. Test jarayonida vaziyatli (situasiyali) o’zgaruvchanliklar. Testda shkalalar. To’la va qisqartirilgan shkalalar. Testda tanlash. Birlamchi ma’lumotlarni tahlil qilish. Testda asosiy statistik tushunchalar. Testda faktorli tahlil tamoyillari. Umumiy, xususiy va xarakterli faktorlar. O’lchashning sifat darajasiga erishish. Test turlari: shaxsning qadriyatli-me’yoriy strukturalardagi yo’nalish, yo’l-yo’riq, qiziqish, motivasiyalarni o’rganishga qaratilgan testlar. Testlarning ishonchliligi. O’lchashda standart xatolar. Test natijalari interpretasiyasi. Testlarni tuzish jarayonida mazmunli assosiasiyalar metodidan foydalanish. Ostudning semantik differensiali: qo’llash imkoniyatlari va loyihalashtirish texnologiyasi. Testlarning indikatorlarni tuzish. Test ko’rsatkichlarini korrelyativ va faktorli tahlili.



Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin