O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-mavzu. Anketa (so’rov varaqasi) orqali so’rov o’tkazish



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə8/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50
Samarqand davlat universiteti

6-mavzu. Anketa (so’rov varaqasi) orqali so’rov o’tkazish
So’rov varaqasi orqali so’rov o’tkazish spesifikasi birlamchi Ijtimoiy ishdama’lumotlar yig’ish metodi sifatida. Anketali so’rovning turli ko’rinishlari. Anketali so’rovning ustunlik va kamchiliklari.
Anketali so’rov bosqichlari va proseduralari. Ijtimoiy ishdaso’rov varaqasi (anketa) so’rovning asosiy instrumenti sifatida. So’rov varaqasining mantiqiy va tashkiliy tuzilishi, uni loyihalashtirishning asosiy tamoyillari va qoidalari. Kirish qismining o’rni va ahamiyati: tadqiqot maqsadlarini tushuntirish, javob berish qoidasini bayon etish, anonim xarakterda ekanligini kafolatlash. So’rov varaqsining asosiy qismi: dasturli savollarni tadqiqot savollariga o’tkazish; mazmun bloklarini loyihalash; so’rov varaqasining mantiqiy chizmasini tuzish. So’rov varaqsining yakuniy qismi: “pasport savollar” qo’yiladigan talablar. So’rov varaqasi kompozisiyasi va uni rasmiylashtirish. Anketali so’rovni muvaffaqiyatli o’tkazish uchun zarur shart-sharoitlar. Pilotaj tadqiqot tushunchasi. So’rov varaqasini tarqatish va yig’ib olish texnikasi.
So’rovning faza va bosqichlariga ko’ra savollarning ketma-ketlik tamoyili. Savollarning joylashtirish mantiqi. Savollarni qo’yish texnikasi. Anketani respondent xarakteriga mos kelishi. Savol shakllarini tanlash mezonlari. Savollar mazmuni. Faktlar haqidagi savollar. Bilim haqidagi savollar. Nuqtai-nazar, yo’l-yo’riq, hatti-harakat motivlari haqidagi savollar. Bilimni aniqlash uchun ishlatiladigan savollar. Yopiq, ochiq, yarim ochiq yoki yarim yopiq savollarni tuzish. Ochiq savollarni qayta ishlash. Anketada savollarning turli turi va ko’rinishlarini joylashish tamoyili. Maqsadiga ko’ra savol turlari: mazmunli (yoki natijali) va funksional. Funksional-psixologik savollar. Filtr savollar. Nazorat savollar. Ochiq va yopiq savollar (dixotomik, trixotomik, alternativ va “menyu-savol”). Dialog-savollar. Illyustrasiya savollari. Shkalali savollar.
7-mavzu. Intervyu metodi
Intervyu informasiya yig’ishning o’ziga xos metodi sifatida. Intervyuning so’rov varaqasi (anketali) orqali so’rov o’tkazishdan umumiy farqi. Ijtimoiy ishdava jurnalistik intervyuning xarakterli xususiyatlari. Intervyu tasniflari: maqsad va vazifalariga ko’ra (terapevtik, sosiologik, jurnalistik), texnikasiga ko’ra (fokuslashgan, fokuslashmagan, ochiq, yopiq); prosedurasiga ko’ra (direktiv, nodirektiv, formallashgan, erkin); respondentlarning xarakteriga ko’ra (guruhiy, yakka).
Intervyu prosedurasida ma’lumotlar olishda sifatiy metodikalarning hukmronligi. Yo’naltirilmagan intervyu va uning imkoniyatlari. Narrativ hikoya sosial informasiya olish asosi sifatida. Interpretasiya muammosi. Intervyu mobaynida semantik noaniqlikni bartaraf etish vositalari.
Intervyu sosiolog bilan respondent sosial-psixologik o’zaro munosabatining jarayoni sifatida. Suhbat yo’nalishining texnik usullari va respondentni javob berishga undash. Intervyu kartochkasi va uning qo’llanilishi. “Intervyuyer ta’siri”.
Intervyu usuli orqali olingan ma’lumotlarni qayd etish, qayta ishlash va tahlil qilish xususiyatlari.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin