O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə23/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50
Samarqand davlat universiteti

2-jadval
Anketa tuzilishi

Bo’limlar

Tuzilishiga talablar

Kirish

Mazkur so’rov qanday maqsadda o’tkazilishi, uning tashkilotchisi kim ekanligi ko’rsatilishi, respondentga nisbatan murojaatning eng maqbul, ularni hamkorlikka, yordam berishga chaqirish shaklining topilishi, kirish savollari bilan qiziqtirishi lozim. Shu yerda ulardan olinadigan ma’lumotning anonimligi va maxfiyligi (konfidensialligi) saqlanishiga kafolat berilishi va anketani to’ldirish tartibi tushuntirilishi zarur.

Asosiy

Ushbu qism dasturiy-tematik bloklardan tuzilib, ular ilgari surilgan taxminlarni tekshirish imkonini beradi. Bu o’rinda tematik bloklarning joylashuvida imkoni boricha quyidagi tartibga (sxema)ga rioya qilish tavsiya qilinadi:
1) oddiy faktologik savollar bloki; 2) voqyeaviy, baholovchi savollar bloki; 3) motivasiyaga doir savollar bloki; 4) voqyeaviy faktologik savollar bloki; 5) motivasiyaviy, prognozlovchi savollar bloki.

Yakuniy

Bu qism «pasport» qismidan iborat bo’lib, ushbu tushuncha ostida tadqiqot vazifalarini inobatga olgan holda respondentning ijtimoiy-demografik tavsifini (ijtimoiy kelib chiqishi, ijtimoiy holati, kasbi, lavozimi, ma’lumoti, oilaviy ahvoli, yoshi, jinsi, turar joyi va boshqalar) qayd etuvchi savollar bloki anglanadi.

Odatda «pasport» qismi so’rovnomaning oxirida joylashtiriladi. Asosiy savollarga kelinadigan bo’lsa, ularning ketma-ketligi respondentning submadaniyati va anketachi (intervyuyer) bilan aloqasining psixologik muhiti xarakterini inobatga olishi lozim. Eng maqbul variantni tanlash uchun o’xshash mavzuda o’tkazilgan tadqiqotning yoki takroriy va panel tadqiqotlarda qo’llanilgan metodik instrumentariyga murojaat qilish foydalidir. Tadqiqot mavzusining qandayligidan qat’iy nazar savollar, agar ommaviy so’rov haqida so’z boradigan bo’lsa, ommaviy tasavvur leksikasi qo’llanilgan holda yoki ekspertlar so’rovi mo’ljallangan bo’lsa, ular kasbiy faoliyatiga mos keluvchi atamalar qo’llanilgan tarzda aniq, bir ma’noda ifodalangan bo’lishi lozim.
So’rovnomaning tashqi tuzilishi ham muhim ahamiyatga ega bo’lib, unga nisbatan bir qator talablar belgilanadi:
a) ommaviy so’rovga mo’ljallangan so’rovnoma qog’ozi uning rasmiy hujjat ko’rinishiga aylanib qolmasligi uchun eng yuqori sifatli qog’ozdan bo’lmasligi kerak, biroq respondentda o’ziga nisbatan hurmatsizlarcha munosabatda bo’linganligi hissini uyg’otmasligi uchun eng sifatsiz ham bo’lmasligi shart;
b) ekspertlar so’roviga mo’ljallangan qog’oz esa aksincha eng yuqori sifatli bo’lishi lozim. Bu bilan ekspert asosiy shaxs sifatida ishtirok etayotgan baholash jarayonning muhimligi ta’kidlab o’tiladi;
v) bosma nashr aniq, ravshan bo’lishi, shirift bo’yalmagan, oqarmagan bo’lishi, ommaviy nashrlar shiriftiga muvofiq bo’lishi - bu uning odatiy sifatida qabul qilinishiga va oson o’qilishiga imkon beradi; savollarni yarim qora shiriftda, javoblar variantini esa oddiy shiriftda chop etish maqsadga muvofiqdir; satrlar o’rtasidagi masofa kichkina bo’lmasligi lozim – bu savollarni idrok etishni qiyinlashtiradi va respondentga ta’sir ko’rsatib, xato javoblar berilishiga olib keladi;
g) anketada maxsus shiriftlar bilan (masalan, kursiv) bajarilgan izoh, belgi, tafsilot, nisbatan «uzoqlashgan» savollarga o’tish uchun ko’rsatkichlar, ramkalar, belgilar, grafikli timsollarni qo’llash tavsiya etiladi. Bunday ko’rinishda anketani rasmiylashtirish uni jonlantirib, bir xillikni bartaraf qiladi va respondentning tezda charchashini oldini olish imkonini beradi.
So’rovnoma mazmunini tuzishga ham bir qator talablar belgilanadi:
- anketada «sarlavha» bo’lishi va unda so’rovni amalga oshirayotgan tashkilotning nomi (ekspertlar so’rovida albatta tashkilotning manzili, telefon, faks raqami va pochta indeksi) ko’rsatilishi lozim;
- so’rov mavzusining nomi;
- respondent yoki ekspertga tadqiqotning maqsadi va anketani to’ldirish tartibi bo’yicha qiqsqacha murojaat;
- anketa oxirida respondent (ekspert)ga so’rovda ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirish.
Tuzilgan anketa va xuddi shuningdek intervyu blankasini ham o’rganilayotgan muammoni to’liq qamrab olishi, tuzilishining mantiqiyligi, savollar ifodalanishining aniqligi va bir ma’nodaligi, qo’llanilgan o’lchov shkalalarining validligi nuqtai nazaridan aprobasiya (sinov)dan o’tkazish lozim bo’ladi. Bu maqsadda so’rovnomani hamkorlikda muhokama qilish, mutaxassislarga uni eksperli baholashni o’tkazishlarini so’rab murojaat qilish, pilotaj, ya’ni katta bo’lmagan (20-30 kishi) massiv bilan anketa o’tkazish mumkin bo’ladi.
Bundan tashqari pilotaj tadqiqot anketaning respondent yoki intervyuyer tomonidan to’ldirilishining «o’rtacha» vaqtini o’lchash, savollarning mazmunan takrorlanishini va o’xshashligini yoki muhim ma’lumotni to’plash uchun zarur bo’lgan bir qator savollarning mavjud emasligini aniqlash imkonini beradi. Pilotaj jarayonida anketa yoki intervyu blankasi haqida so’z borishidan qat’iy nazar ularning aprobasiyasi faqat og’zaki tarzda amalga oshirilishi lozim.
Murakkab metodik insturmentariy qo’llaniluvchi ko’p sohali tahliliy tadqiqotlarda ikki yoki uchta pilotaj o’tkazish ehtiyoji yuzaga kelishi mumkin. Ularning amalga oshirilishini so’rovnomani ishlab chiqqan mutaxassislarga yuklash maqsadga muvofiq bo’ladi. Chunki aynan ular u yoki bu savollarning kichik kamchiliklarini ilg’ab olish, ularni anglashdagi psixologik to’siqlarni aniqlash imkoniga ega bo’ladilar.
Pilotaj jarayonida respondentning har bir savolga nisbatan javob reaksiyasi, mulohazalari qayd etib boriladi. Agar u javob berishga qiynaladigan bo’lsa, buning sababini aniqlashga urinib ko’rish lozim. Agar qaysidir savol tushunarsiz bo’lsa, unda u qaytadan ifodalanadi.

Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin