b) ma’naviy-ma’rifiy va jangovar tayyorgarlik mashg’ulotlari
064
065
066
067
v) maishiy shart-sharoitlar
064
065
066
067
g) ma’naviy rag’batlantirish
064
065
066
067
d) moddiy (pul) ta’minot
064
065
066
067
Shkalali savollar rangli (balli) yoki intervalli shkalalar tuzishni nazarda tutib, bular kattalik-o’lchamni (yosh, oylik maosh va boshqalar), qaytalanish-chastotani (tadbirlarda ishtirok etish, nimanidir xarid qilish, telekanal, radio orqali muloqot va boshqalar), vaqt intervali-oraliqini (istemolning mavsumiyligi, teleko’rsatuvlarning ko’rib borilishi va boshqalar), munosabatlar (siyosiy partiyalarga, tovar turlariga nisbatan va boshqalar)ni o’lchash imkonini beradi. Bunday o’lchovlarda turli shkalalar: sonli ko’rsatkichlar (ballar, foizlar, graduslar), shartli gradasiyalar qo’llanilishi mumkin.
Masalan: Odatda Sizning jamoangizda qanday muhit hukumronlik qiladi? Quyida berilgan shkalada «1» raqami nosog’lom muhitga ega jamoani, «9» esa, aksincha o’zaro hurmat, o’zaro tushunish muhitiga mos keladi. Siz xizmat qilayotgan (ishlayotgan) jamoangizni kataklardan qaysi biriga joylashtirgan bo’lardingiz?.