O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti psixologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti


-rasm. Ekspertli so’rov texnologiyasining mantiqiy chizmasi



Yüklə 0,51 Mb.
səhifə28/50
tarix08.06.2023
ölçüsü0,51 Mb.
#126802
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50
Samarqand davlat universiteti

3-rasm. Ekspertli so’rov texnologiyasining mantiqiy chizmasi

Zarur bo’lgan hollarda shuningdek ma’lumot darajasi va uning xarakteri, ma’lumoti va boshqalar inobatga olinadi. Ekspertlar tanlovining markaziy mezoni sifatida ularning kompetentligi ko’rib chiqiladi. Uni aniqlash uchun ekspertlarning o’zini o’zi baholashi va ularning obro’-e’tiborini jamoaviy baholash metodlari qo’llaniladi.


Shunday qilib, tadqiqot obyektining u yoki bu tomonlari haqida baho beruvchi sosiologik ma’lumot manbai sifatida aynan o’sha obyektning vakillari ishtirok etishadi. Amaliyotda shunday vaziyatlar yuzaga keladiki, obyektni – muammo egasini ajratib ko’rsatish, natijada uni axborot manbai sifatida qo’llash juda qiyin yoki umuman imkonsiz bo’ladi.
Ko’pincha bunday vaziyatlar u yoki bu ijtimoiy hodisa, jarayonlar o’zgarshini prognozlashga urinish bilan bog’liq vaziyatlar; tadqiqotchini qiziqtirgan predmet holatining bir yil, ikki, besh va undan ortiq yillardan so’nggi holatini ko’rsatish yoki o’zini o’zi baholash noto’g’ri bo’lishi mumkin bo’lganda insonlarning sifatlari va faoliyati jihatlariga obyektiv baho berish zaruriyatiga bog’liqdir.
O’zini o’zi baholashning nisbatan oddiy va qulay shakli ekspertlar tomonidan o’z bilimi, tajribasi va qobiliyatlarini rang shkalasi asosida «yuqori», «o’rta», «past» pozisiyada baholash asosida hisoblanuvchi – majmuaviy indeks hisoblanadi. Bunda birinchi pozisiyaga 1, ikkinchisiga – 0,5, uchinchisiga 0 ball beriladi. Bu holatda majmuaviy indeks – ekspert kompetentligi darajasi koeffisiyenti quyidagi formula asosida hisoblab chiqiladi:
bunda k1 – ekspert tomonidan o’zining nazariy bilimlarini baholashning sonli ko’rsatkichi; k2 – o’z amaliy tajribasini baholashning sonli ko’rsatkichi; k3 – o’zining prognozlash qobiliyatini baholashning sonli ko’rsatkichi.
Kompetentlik darajasining koeffisiyenti 1 dan (to’liq kompetentlik, ya’ni koeffisentlarning baholi ko’rsatkichi k1=k2=k3 = 1) 0 gacha (to’liq kompetentsizlik: k1= k2 = k3 = 0). Odatda ekspertlar guruhiga kompetentlik indeksi o’rta (0,5) va yuqori (1) bo’lganlar kiritilishi qabul qilingan. Ekspertlar kompetentlik indeksini hisoblash chiqish uchun o’zini o’zi baholashning dastlabki sonli ko’rsatkichlarini (k1, k2, k) jadval shaklidagi savollar yordamida to’plash mumkin (3-jadval).


Yüklə 0,51 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin